Qirqquloqsimonlilar
Lignopterisnamolar - Lyginopteridales Medullosnamolar - Medullosales Keytoniyanamolar - Caytoniales Glossopteisnamolar – Glossopteridales
Download 55.19 Kb.
|
Lignopterisnamolar - Lyginopteridales Medullosnamolar - Medullosales Keytoniyanamolar - Caytoniales Glossopteisnamolar – Glossopteridales.Sagovniksimonlar (Cycadopsida) Bu sinfga bitta qabila va bitta Sagovnikdoshlar (Cycadaseae) oilasi 9 ta turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jixatdan bu sinfga qarag`aytoifa bo‟limda qarag`aysimonlar sinfidan keyingi o‟rinda turadi. Sinfning nomi sagovnik turkumidan olingan bo‟lib, sagovnik yoki stikas(Cycas) yunoncha kukas - palma degan ma‟noni bildiradi. Sagovniklar Evropa, Antarktida va boshqa qit‟alarda tarqalgan. Ular tabiatda yakka – yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o‟sadi. Sagovniklarning ayrim turlari o‟rmonlarda o‟ssa, masalan Avstraliyada evkalipt o‟rmonlari orasida yoki Amerikada doim yashil eman o‟rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika savannalarida akastiyalari bilan birgalikda uchraydi. Sagovniklarning tropik va subtropik hududlarda tarqalgan turlari ularning eng qadimgi turlari sanaladi va ular mezozoy erasida keng tarqalgan bo‟lib, bizning davrimizgacha etib kelgan. Keyingi ma‟lumotlar bo‟yicha sagovniklar quyi karbonda paydo bo‟lib, ular kelib chiqishi jihatdan urug`li qirqquloqlar bilan bog`liq deb qaraladi. Sagovniklar hayotiy shakliga ko‟ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to‟liq er ostida yoki tanasining bir qismigina er ustida joylashgan turlari ham bor. Er ustida esa asosan barglari joylashgan. Ba‟zi birlarida er usti poyalari tugunaksimon shaklda bo‟ladi. Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug`li qirqquloqlarning barglariga o‟xshab ketadi. Ularning barglari ham har xil. Masalan: pakana (karlik) zamiyalarning barglari 5-6 sm uzunlikda bo‟lsa, sagovnik turkumi va sterotazamiya turkumlarining vakillarida 3 m gacha, enstefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha etadi. Sagovniklarning barglari kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin qattiq kutikula bilan qoplangan. Sagovniklarning poyasi sekin o‟sadi. Ko‟pincha poyasining uchida mikro megostrobil hosil bo‟lgandan so‟ng, o‟sishdan to‟xtaydi. Chunki, tepa kurtak strobila bilan tugaydi. Sagoniklarning poyasi o‟ziga xos tuzilishga ega. Poyaning markazida o‟zak hujayralari bo‟lib, ularni parinxima o‟rab turadi, undan so‟ng kambiy qavati joylashgan, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan, po‟stloq parinximasi va nihoyat tashqi qavati ikkilamchi qoplovchi to‟qima joylashgan. Sagovniklarda o‟tkavzuvchi bog`lam kaloterial tipda uchraydi. Po‟stloq parenximasi va o‟zak qismida shilimshiq modda yo‟llari bo‟ladi. Yuksak o‟simliklarda sagovniklardan boshlab, evolyutstiya jarayonida o‟q ildiz taraqqiy eta boshlagan. Ayrim vakillarida u qisqa yo‟g`on, ayrimlarida esa 10-12 m ga etadi. Ba‟zan bosh ildiz ma‟lum vaqtdan so‟ng o‟sishdan to‟xtab, uning o‟rniga bir qancha qo‟shimcha ildizlar taraqqiy etadi. Ildizning uchki qismida ildiz qinchasi bor. Ildizni tashqi tomondan periderma o‟rab olgan. Po‟stloq qavati bir necha qavat tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Undan ichkarida endoderma va ko‟p qavatli peristikl joylashgan. Ildizning ichki qismida murakkab o‟tkazuvchi bog`lamlar bo‟lib, unda 1-3 ta radial cho‟zilgan kselemalar, floema bilan navbatlashib joylashgan. Ko‟pchilik sagovniklarning sporafillari qubbalarda to‟plangan. Megosporangiya urug`chi o‟simlikning megosporafil deb ataluvchi generotiv barglarning qo‟ltig`ida joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o‟simlikdir. Ularning changchi (erkaklik) va urug`chi (urg`ochi) qubbalari boshqa boshqa o‟simliklarda taraqqiy etadi. Strobilalar (qubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi. Sagovniklarning ko‟payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yaponiyada) o‟suvchi, balandligi 3 m gacha etadigan revlluta stikasi misolida ko‟rish mumkin. Ularning uzunligi 2 m gacha etadi. Changchili o‟simlik tupining uchki qismida joylashgan changchili qubbalari hosil bo‟ladi. Ularning uzunligi 50-70 sm. Qubbaning uchida mikrosporafillar o‟rnashgan. Mikrosporafillarning pastki qismida bir qancha mikrosoruslar joylashgan bo‟lib, ularning har qaysisida 2 tadan 4 tagacha mikrosporangiylar o‟rnashgan. Mikrosporangiylar etilgandan so‟ng uzunasiga chatnab, ulardan ellipsimon mayda sporalar to‟kiladi. Urug`kurtaklarda urug`lanish jarayoni quyidagicha ro‟y beradi. Mikrospora (chang) chang yo‟li orqali chang kamerasiga tushgandan so‟ng uning ichidagi vegetativ hujayrasi o‟sib uzun naychani (gaustoriyani) hosil etadi va u nukleus to‟qimasiga qadar o‟sib boradi va anteridial hujayra bo‟linib spermogen hujayrani hosil qiladi. Spermagen hujayra tez kattalashib so‟ngra bo‟linadi va ko‟p xivchinligi 2 ta spermatazoidni hosil etadi. Spermatazoidlar esa chang naychasi orqali kelib arxegoniyning tuxum hujayrasi bilan qo‟shiladi. Urug`langan tuxum hujayradan zigota, zigotadan esa keyinchalik urug`ning murtagi taraqqiy etadi. Shunday qilib urug` kurtakdan urug` hosil bo‟ladi. Urug` uzilib erga tushgach etiladi. Sagovniklardan har xil maqsadlarda: oziq-ovqat, manzarali o‟simlik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi. Ochiq urug`li o‟simliklar bir tomonidan yuqori sporali o‟simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug`li o‟simliklarga o‟xshaydi. Ochiq urug`li o‟simliklar urug` beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug`li o‟simliklar ochiq urug`li o‟simlik-lardan kelib chiqqan. Ochiq urug`li o‟simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug`li o‟simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o‟tli o‟simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o‟simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi. Yopiq urug`li o‟simliklar esa monopodial,simpodial va dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq urug`li o‟simliklarda suv naylari bo‟lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug`li o‟simliklarning to‟qimasida esa suv naylari xamda traxeidlar bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarning urug` kurtagi ochiq erda taraqqiy etadi. Yopiq urug`li o‟simliklarni urug`i mevaning ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug`li o‟simliklarda esa urug` g`uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo‟lmaydi. Ochiq urug`li o‟simliklardagini aksi, yopiq urug`li o‟simliklarni mevasi bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarning endosperma to‟qimasi otalanish prostessidan oldin hosil bo‟ladi. Yopiq urug`li o‟simliklarda esa endosperma to‟qimasi otalanishdan keyin hosil bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarda qo‟shaloq otalanish bo‟lmaydi, yopiq urug`li o‟simliklarda esa qo‟shaloq otalanish bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarning ko‟pchiligi doimo yashil o‟simlik hisoblanadi. Ochiq urug`li o‟simliklar 7 ta sinfga bo‟linadi: Urug`li paporotniklar 2. Sagovniklar 3. Bennetitlar 4. Kordaitlar 5. Ginkgolar 6. Igna barglilar 7. Ignacha barglilar Urug`li qirqquloqlar Ular o‟zining tashqi tashqi ko‟rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o‟xshar, lekin har xil sporali bo‟lib, urug` yordamida ko‟payishi bilan ulardan farq qiladi. Uning poyasida qo‟sh patsimon yirik - yirik murakkab barglar bo‟lar, ularning asosiy bandlari ko‟pincha dixotomik shoxlanar edi. Poya o‟zak qismining juda rivojlangan bo‟lishi va kambiy xalqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq urug`lilardagiga o‟xshash, traxeidlardan tuzilgan, po‟stlog`i ancha qalin bo‟lgan. Liginoptenis mikro-makrosporalar xosil qilgan. Sagovniklar Sagovniklar hozir yashab turgan o‟simliklar bo‟lib, eski (Cycas, Macrozamia, Bowenia, Encephalarthos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning (zamia,Microcycas, Ceratoramia, Pioon avlodlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida tarqalgan 9 ta avlodi o‟z ichiga oladi. Sagovniklar - ustunsimon oddiypoyali daraxtlardan; poyasi axayon - axyonda shoxlangan bo‟ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin-qattiq barglar tojdek bo‟lib turadi. Mikrosporangiylari tangachasimon mikrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon makrosporofillardan joy olgan, mikrosporofillari to‟p-to‟p bo‟lib, otalik qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug`kurtaklar) makrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo‟lgan onalik qubbalaridan joy oladi. Bu tartib Cucas (yoki sagovnik) misol bo‟la oladi. Barcha ochiq urug`liklar singari, Cucas har xil sporali o‟simlik bo‟lib, makro- va mikrosporalar bilan ko‟payadi. Ko‟pchilik Sagovniklar Cucas ga o‟xshash, aksari shoxlanmaydigan to‟g`ri poyali o‟simliklar bo‟lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik - yirik barglar chiqaradi. Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o‟lchanadi. Eng qayta qoplovchi barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gul qo‟rg`onini eslatadi. Ularning cheklanishi shamol va hashoratlar yordamida sodir bo‟lishi kerak. Bennetgetlarning urug`ida murtak to‟la rivojlangan, oziq moddalar ikki pallada to‟plangan. Download 55.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling