Qirqquloqsimonlilar


Urug`li qirqquloqsimonlar


Download 55.19 Kb.
bet8/14
Sana19.06.2023
Hajmi55.19 Kb.
#1620852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Urug`li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae.

  • Sagoniksimonlar - Cycadopsida.

  • Bennettitsimonlar - Bennetittopsida.

  • Gnetumsimolar - Gnetopsida.

  • Ginkgosimonlar - Ginkgoopsida.

  • Qarag`aysimonlar - Pinopsida.

    Yuqoridagi 6 ta sinfdan birinchi va uchinchi sinflarning vakillari faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan sinflarning vakillari esa er yuzasida ancha keng tarqalgan.


    Urug`li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae sinfi (ajdod).
    Bu sinfga mansub turlar to‟liq qirilib ketgan. Ular qadimiy va eng sodda tuzilgan ochiq urug`li o‟simliklardir. Ular yuqori devon davrida paydo bo‟lib, toshko‟mir davrida er yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari perm davrining oxirlarigacha o‟sgan.
    Urug`li qirqquloqlar daraxt, liana va o‟t o‟simliklarni o‟z ichiga olgan. Barglari yirik, murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning barglariga o‟xshash bo‟lgan. Xarakterli xususiyatlari ular urug` hosil qilgan. Urug`li qirqquloqlar urug`lari yordamida ko‟paygan. Biroq urug`lari juda sodda tuzilishga ega bo‟lib, urug` murtagi bo‟lgan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug`li o‟simliklar emas, balki urug`kurtakli o‟simliklar deb atashgan.
    Urug`li qirquloqsimonlar ikki xil mikro va makrosporasi bo‟lgan. Sporafill shoxchalarining uchida mikro yoki makrosporangiylar hosil bo‟lgan. Makrosporalar makrosporangiy ichida rivojlanib, urg`ochi o‟simta hosil qilgan. Urug`langandan keyin urug`kurtak uruqqa aylanib, maxsus o‟simlta - kupula ichiga joylashgan, kupula urug`kurtakka tutashib ketmay uning ichki qismida ajralgan xolda turadi. kupula boshchali tukchasimon bezlar bilan qoplangan. Urug` 6-7 mm uzunlikda bo‟lib, unda murtak topilmagan.
    Urug`kurtakning tuzilishi ham o‟ziga xos, uning mag`zi uchida changkamerasi, kamera ichida esa qobig`i teshik mikrosporalar bo‟lgan. Shunga asoslanib urug`li qirqquloqlarda ham hozirgi ginkgo va sagovniklardagi kabi harakatchan spermatozoidlar bo‟lgan deyish mumkin.
    Urug`li qirqquloqsimonlar poyasining anatomik tuzilishi ularning po‟sti ikkilamchi yo‟g`onlashganligi o‟zagi kuchli rivojlanganligi va kollateral to‟dalar barglargacha tarqalganligini ko‟rsatadi. Urug`li qirqquloqlarning poyasi dastlab protestel tipda bo‟lib, keyinchalik sifonestel tipga o‟tgan. Poyasining o‟zak qismi atrofida bir qancha o‟tkazuvchi bog`lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo‟lgan. Urug`li qirqquloqlar o‟simliklarning qirqquloqlar bilan ochiq urug`lilarning belgi xususiyatlarini o‟zida mujassamlashtirgan aloxida gruppasidir.
    Mikrosporangiyalari tuzilishi jihatdan hozirgi qirqquloqlarnikiga o‟xshash bo‟lgan. Urug`li qirqquloqlarning mikrosporalari kattaligi va tuzilishi jihatdan har xil bo‟lgan.
    Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat:

    Download 55.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling