Qirqquloqsimonlilar
Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi
Download 55.19 Kb.
|
Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasiQabila bitta qarag`aydoshlar (Pinaseae) oilasiga ega bo‟lib, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o‟z ichiga oladi. Shimoliy Evrosiyo va Shimoliy Amerikada «Tayga» deb ataladigan o‟rmonlarni hosil qiladi. Qarag`aydoshlar asosan doim yashil, qisman bargini to‟kuvchi daraxt, hamda ayrim yotib o‟suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag`aydoshlarning barglari asosan ko‟p yillik 2-7 yilgacha to‟qilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli. Erkaklik (changchi) qubbasidagi mikrosporofillarda 2 tadan mikrosporangiy (changdon) joylashgan. Changlar shamol yordamida tarqalishga moslashgan. Urg`ochi (urug`chi) qubbasining qoplag`ich tangacha barglari qo‟ltig`ida urug` tangachalar o‟rnashgan bo‟lib, ularning yuzasida urug` kurtak joylashgan. Urug`lari qanotchali. Qarag`aydoshlarning tabiatdagi va xalq xo‟jaligidagi ahamiyati beqiyos katta. Ulardan qurilishlar uchun yog`och, mebellar tayorlashda, qog`oz sanoati uchun xom ashyo, smola, kanifol, kipidar, glyukozidlar va b. olinadi. Kendrlarning urug`i tarkibida 59 % moy bor. Undan oziq-ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Barglari S vitaminga boy. Qarag`aydoshlar vakillari manzarali daraxtlar sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qarag`ay turkumi (Pinus)-100 ga yaqin turga ega. Tabiiy sharoitda Azarbayjon bilan Gruziyada o‟suvchi (eldar qarag`ayi) qurg`oqchilikka chidamliligi uchun O‟zbekistonning ko‟pchilik shaharlarida manzarali daraxt sifatida o‟stirilmoqda. Qarag`ay bir uyli doim yashil daraxt bo‟lib, ba‟zan butalari ham uchraydi. Qarag`ayning ko‟p turi qimmatbaho hisoblanadi. U ayrim jinsli o‟simlik hisoblanadi. Uning ko‟payish organlari qubba shaklida, erkak qubbalar bilan urg`ochi qubbalar har xil tuzilgan. Erkak qubbalar juda mayda bo‟lib, bahorgi novdalar asosida boshoqqa o‟xshash cho‟ziq, sariq rangli to‟pgulga yig`ilgan. To‟pgulda erkak qubbalar bir biriga taqalib, zich joylashadi, har qaysi qubbaning bittadan o‟qi bo‟lib, mikrosporafillar (changchilar) unda baliq tangachasiga o‟xshab joylashadi. Tangachalarning pastki tomonida ikkita chang xaltachasi, ya‟ni mikrosporangiy bo‟lib ularda chang hosil bo‟ladi. Tinim holatida har bir chang donachasi stitoplazma va yadrodan iborat. chang xaltachalik vaqtidayoq o‟lchami ikki xil mayda va yirik hujayraga bo‟linadi. Yirigi vegetativ hujayra deyiladi. Maydasi keyin yana bir necha hujayraga bo‟linadi va bu hujayralar ustma ust taxlanib ustun hosil qiladi. Ularning yuqoridagisi anteridiy hujayrasidir. Changning tashqi qobig`ida ikki tomonda ichiga havo to‟lgan ikkita pufakcha bor. Shuning uchun chang juda engil bo‟lib, uni shamol tez uchirib ketadi. Qarag`ayning urg`ochi qubbalari yakka va erkak qubbalarga qaraganda yirik bo‟ladi. Ular bahorgi yosh novdalarning uchida – shamol uchirib kelgan changlarni tutib qolish qulay bo‟lgan erda joylashadi va birinchi yili qizg`ish rangda bo‟ladi. Urg`ochi qubba tashqi va ichki tangachalar bilan qoplangan kalta o‟qdan iborat. sirtqi tangacha yupqa bo‟lib, pardaga o‟xshaydi. Bu tangachalar qo‟ltig`ida yirik va seret tangalar rivojlanib, ular urug` tangachasi (makrosporafill) deyiladi. Qarag`ay gullaganda qizil rangli urg`ochi qubbalarning tangachalari bir biriga zich taqalib turmaydi, ular orasida tirqish hosil bo‟lib, chang tirqish orqali qubba ichiga kiradi. Urug` tangachasi asosida oval tanacha shaklida ikkita urug`kurtak hosil bo‟ladi. Urug`kurtakka tushgan chang keyingi yilgacha saqlanadi va bahorda o‟sib naycha hosil qiladi. Bu vaqtda naychaning uchida ikkita sperma rivojlanadi. Naycha chang yo‟li orqali urug`kurtak ichiga o‟sib kiradi va uchi erib ketib, ularning biri hujayraning yadrosi bilan qo‟shiladi, ikkinchisi nobud bo‟ladi. Tuxum hujayra urug`langandan keyin undan urug` murtagi rivojlanadi. Urug`kurtak esa butunligicha urug`ga aylanadi. Qarag`ay urug`i ikki yil davomida etiladi. Bu paytda qubba juda o‟sib ketadi, urug` etiladigan vaqtda qubbaning tangachalari qurib, jigarrang tusga kiradi, tangachalar orais biroz ochiladi va urug` osongina to‟kilishi mumkin bo‟lib qoladi. Shunday qilib, qarag`ayning gullashdan to urug`i etulguncha bo‟lgan to‟liq jinsiy ko‟payish stikli ikki yilga cho‟ziladi. Bu vaqt ichida qubbalarning morfologik tuzilishi va rangi anchagina o‟zgaradi. Qarag`ayda har yili qubbalarning uch xilini 1)changlanish jarayonida hosil bo‟ladigan qizil rangli, mayda qubbalar, 2) urug`lanish jarayoni boradigan yashil rangli, birmuncha yirik qubbalar 3) urug` etiladigan jigarrang qubbalarni uchratish mumkin. qarag`ay urug`lari qanotsimon bo‟lib, yupqa o‟simtalari bor, ular shu o‟simtalar yordamida shamolda uzoq joylarga tarqaladi. Oddiy qarag`aydan tashqari pista qarag`ay (Pinus sibirica) ham uchraydi. Pista qarag`ayning urg`ochi g`uddalari yirik, qattiq po‟stli, seryog` urug`li bo‟ladi. Ular “kedr yong`og`i” deb ataladi va ovqatga ishlatiladi. O‟zbekistonda va O‟rta Osiyoda boshqa respublikalarida qarag`ay yovvoyi holda o‟smaydi. Lekin ba‟zi turlari ekib o‟stiriladi. El (qizil daraxt) turkumi (Picea) ga 30-50 ga yaqin tur kiradi, ular soyasevar o‟simliklar bo‟lib, Shimoliy, Sharqiy Evropada, g`arbiy va Sharqiy Sibirda, Kavkazda, O‟rta Osiyo tog`larida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. El turlarining ayrimlari 50-60 m dan to 80 m gacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. O‟rta Osiyoning Tiyanshan va Jung`or Olatog`ida hamda Xitoy chegarasigacha bo‟lgan xududlarda Shrenk eli o‟sadi. El daraxti shoxlari yanvar oyida o‟tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi. Qora qarag`ay (Picea excelsa) Evropa o‟rmonlarida keng tarqalgan. U O‟rta Osiyo tog`larida (Jung`oriya Olatovi, Tyan - Shanda) tyan – shan qoraqarag`ayi o‟sadi. Bu daraxtning bo‟yi 40 m, diametri 2 m keladi. Shox shabbasi ingichka konussimon bo‟lib, pastga egilib turadi va tog`larni yuvilishdan saqlaydi. Download 55.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling