Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi
Download 104.53 Kb.
|
ALIMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT Fakulteti IQTISODIYOT (tarmoqlar va sohalar) Yo'nalishi Q ishloq xo'jaligi iqtisodiyoti Fanidan 20-24 guruh talabasi Alimov Ahadjonning QISHLОQ ХO`JАLIGIDА INVЕSTITSIYALАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH SАMАRАDОRLIGI. mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHi QISHLОQ ХO`JАLIGIDА INVЕSTITSIYALАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH SАMАRАDОRLIGI. Reja:
1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.2. Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari.3. Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini vasamaradorligini oshirish yo’llari.XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI KIRISH “Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so’zidan olingan bo’lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo’ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug’urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag’lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo’jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir. Shularni e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi va “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Barcha sohalar singari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ham investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy binoinshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo’jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim. Hozirgi davrda investitsion mablag’lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu masalaning to’g’ri, samarali hal etilishi ma’lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag’lari tarmoqda doimiy va o’zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo’ljallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo’jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’ladi. U asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo’jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi. Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kapital investitsiyalar; innovatsion investitsiyalar; - ijtimoiy investitsiyalar. Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi. Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o’zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir. Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag’lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi. Download 104.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling