Qishloq qaltisliklari sug‘urtasining mohiyati va iqtisodiy ahamityati 2
Download 31.17 Kb.
|
QISHLOQ XO
QISHLOQ XO‘JALIGINI SUG‘URTALASH Reja:
2. O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari 3. Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashning xorijiy tajribasi 1. Qishloq xo‘jaligi aholining oziq-oqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tayyorlanadi. Qishloq xo‘jaligi bozori uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarni hamda paxtani qayta ishlash, yog‘-moy sanoatiga xom ashyo etkazib berishi bilan birga, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kafolatli bozor hamdir. Qishloq xo‘jaligi tabiat shart-sharoitlariga qattiq bog‘liqligi uning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli dehqonlar uchun tijorat xavf-xatarlaridan kam bo‘lmagan holda (mahsulot va resurslar narxlari o‘zgarishi tufayli foyda olmaslik, xaridorlar va etkazib beruvchilarning insofsiz faoliyati, qonunchilik o‘zgarishi va hokazolar) turli tabiat hodisalari bilan bog‘liq xavf-xatarlar muhimdir. Qishloq xo‘jaligiga tabiiy ofatlar etkazadigan zararlar sektor barqarorligini sezilarli darajada kamaytiradi va uning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Favqulodda vaziyatlarga olib kelmaydigan, biroq shu bilan birga hosildorlikning qattiq kamayishiga, binobarin, qishloq xo‘jaligidan tushadigan daromadlarning yo‘qolishiga olib keladigan noqulay tabiiy shart-sharoitlar natijasida katta zarar ko‘radi. Xavf-xatarlarni sug‘urta qilish ularni boshqarishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining etakchi eksportchilari hisoblangan xorij mamlakatlarida (AQSH, Kanada va bir qancha EI mamlakatlarida) sug‘urta qilish tajribasi qishloq xo‘jaligi faoliyatining samaradorligini va barqarorligini ta’minlashda yuqori rolini ko‘rsatmoqda. Bunda ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish xavf-xatarlarini sug‘urta qilishda davlatning faol ishtirokida sug‘urta mukofotlarini yoki sug‘urta zararlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlar qismiga qarz ajratish va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bilan birga ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. Qurg‘oqchilik, do‘l, to‘fon, epidemiya kabi noqulay tabiiy hodisalar tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hosil yoki chorva bilan bog‘liq yo‘qotishlarini qisman yoki to‘liq qoplash qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlarini sug‘urta qilishning birinchi va asosiy maqsadidir. SHunday qilib, sug‘urta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning, eng avvalo, tabiiy xavf-xatarlar bilan bog‘liq daromadlarining keskin o‘zgarishining oldini olish uchun safarbar etilgan. Kredit to‘lash qobiliyati nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchisining moliyaviy holatini yaxshilash sug‘urtaning ikkinchi maqsadi hisoblanadi. Barcha turdagi kredit tashkilotlari – banklar, kredit uyushmlari, xususiy shaxslar tabiiy ofat yuz berganda, hosil yoki chorva yo‘qotilganda o‘z daromadining muayyan darajasini saqlash kafolatiga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisini ma’qul ko‘radi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining rivojlangan tizimi investitsiya imkoniyatlarini oshiradi, chunki investorlarning foyda olish kafolatlarini oshiradi. Katta miqdordagi investitsiyalarsiz zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va tarmoqni texnik qurollantirish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samaradorligini jiddiy oshirish shunchaki mumkin emas. Mamlakatimizda hali ham davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi, u tijorat banklari orqali fermerlarga imtiyozli kreditlar ajaratadi, kimyoviy preparatlar, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boshqa resurslarning etkazib berilishini tashkillashtiradi. Biroq ishlab chiqaruvchilarning imtiyozli kreditlar va resurslardan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish imkoniyatidan samarali foydalanayapti deb bo‘lmaydi. Kredit tarixi, qadrli garov yo‘qligi (er garov ob’ekti bo‘lishi mumkin emas), qishloq joylarida bank infratuzilmasining sust rivojlanganligi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tijorat kredit resurslaridan foydalanishi ham ancha cheklangan. SHu sababli kafolatli sug‘urta himoyasining ta’minlanganligi dehqonlarning kredit resurslaridan foydalanishida muhim shart hisoblanadi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklarning moliyaviy barqarorligining oshishiga olib keladi, demak, qishloq xo‘jaligi loyihalarining investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari oshadi. Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriyotgan islohotlar natijasida erdagi xo‘jalik shakllari tuzilmasida sifat jihatidan o‘zgarishlar yuz berganini nazarda tutish zarur. Fermerlikning gurkirab rivojlanishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasida va ushbu faoliyatni moliyalashtirish tizimida o‘zgarishlar yuz berishini talab qiladi. Qishloq xo‘jalik sohasida ishlab chiqarish mavsumiy tusga ega bo‘lib, kuzda erni shudgorlashdan to keyingi yili hosilni yig‘ishtirib olingunga qadar bo‘lgan jarayon juda murakkabdir. Murakkabligi shundaki, qishloq xo‘jalik ekinlari ekishga mo‘ljallangan erlarni haydash, unga ekinlarni ekish va parvarishlash bir tomondan dehqonchilikning sir-asrorlarini chuqur egallashni hamda zaruriy agrotexnika qoidalariga rioya etilishini talab etsa, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining tabiat injiqliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘rishini taqoza etadi. Aytaylik, erga agrotexnika talablariga rioya etmasdan ishlov berish, pirovardida, hosildorlikni keskin kamayishiga olib keladi va bunda aksariyat hollarda aybdorlarni aniqlash mumkin. Ammo, qishloq xo‘jalik sohasiga tabiiy ofatlar rahna solsa, ko‘rilgan zararni miqdoriy jihatdan aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Insoniyat ming yillar davomida tabiatning beshafqat munosabatlariga qarshi kurashib kelgan va ta’kidlash zarurki, hamma vaqt ojizlik qilgan. 2. Qishloq xo‘jalik sohasida yuzaga keladigan qaltisliklarni ularni ro‘y berish xarakteriga qarab ichki va tashqi qaltisliklarga ajratish mumkin. Tashqi qaltisliklar, asosan, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmaydi, aksincha, ularning hohish-irodasiz sodir bo‘ladi. Bunga zilzila, suv toshqini, dovul, do‘l yog‘ishi, qurg‘oqchilik, kuchli jala va shunga o‘xshash tabiiy qaltisliklarni misol sifatida keltirish mumkin. Zilzila - er qa’rida to‘plangan energiyaning ta’siri ostida paydo bo‘ladigan er osti silkinishlari va tebranishlari bo‘lib, insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Jahon tajribasida zilzilalarning ro‘y berishi natijasida katta miqyosdagi qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari ham zarar ko‘rganligi uchraydi. Qishloq xo‘jalik sohasida yuzaga keladigan qaltisliklar haqida to‘xtalib yana shuni ta’kidlash zarurki, ular ichida qurg‘oqchilik o‘zining xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Qurg‘oqchilik havo va tuproqda namlikning uzoq davr mobaynida etarli miqdorda bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasi davrida yog‘ingarchilik miqdoriga qarab qurg‘oqchilik: kuchli (yog‘ingarchilik me’yori 50 foizdan kam), o‘rtacha (yog‘ingarchilik me’yori 50-70 foiz darajasida), zaif (yog‘ingarchilik me’yori 75 foizdan yuqori) kabi turlarga bo‘linadi. Ichki risklar qishloq xo‘jaligining bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, ular ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega bo‘ladi. Ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan risklar tarkibiga yong‘in, uchinchi shaxslarning hatti-harakati kiradi. Qishloq xo‘jaligi qaltisliklari quyidagi guruhlarga ajratiladi: ekologiya qaltisliklari; transport qaltisliklari; siyosiy qaltisliklar; maxsus qaltisliklar. Qishloq xo‘jaligi sohasida qaltisliklarning yuzaga kelish sabablarini, ko‘rilgan zararlar miqdorini aniqlash, ayniqsa, sug‘urta hodisalarini qayd etib borish, ya’ni sug‘urta statistikasini yaratish borasida muammolar yig‘ilib qolgan. Bu muammolarni hal etish qishloq xo‘jaligida qaltisliklarni boshqarish uslubiyotini takomillashtirishda va eng muhimi ehtimol tutilgan zararlar miqdorini kamaytirishda katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvani sug‘urta qildirishda hisob-kitoblar uchun asos bo‘lib mahalliy bozor narxlari xizmat qiladi. Boshqa sug‘urta turlarida, ko‘rib o‘tganimizdek, sug‘urta qildiruvchi hisob-kitoblar uchun asos qilib boshqa bozorlardagi narxlar xizmat qilgan hollarda olishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foyda huquqiga ega emas. Buning sababi shundaki, sanoat tovarlariga xarid narxlari ulgurji xaridorlar tomonidan belgilanadi va mos ravishda, sotuv narxi qimmatroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun tovarning sotilishi yoki xarid qilinishidan qat’i nazar, har bir kun uchun bitta umumiy narx belgilanadi. Bu esa shuni anglatadiki, kompensatsiya hajmi sotuv narxi asosida hisoblab chiqiladi. Agar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yoki chorva mollari sotuv uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, qayta ishlash, saqlash va transport xarajatlarini chiqarib tashlagan holdagi bozor qiymatiga teng bo‘ladi, chunki mulk bu xarajatlar sarflanishidan oldin qo‘ldan ketgan bo‘ladi. Agar yo‘qotilgan mulk joyida iste’mol uchun mo‘ljallangan (sog‘in sigirlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo‘lsa, u tiklanishi lozim. Bunda bozor narxi o‘rni to‘ldiriladigan mulkni fermaga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan miqdorga oshirilishi lozim.1 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishini qishloq xo‘jalik tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi mana shu tarmoqda yaratiladi va aholining katta qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning ushbu sohasidagi eng muhim xususiyalarni ajratib ko‘rsatamiz. 1. Tizimli xususiyat (boshqacha so‘zlar bilan aytganda – juda og‘ir tabiat) xavf-xatarlarning ko‘pchiligi. Barcha xavf-xatarlarni mahalliy (alohida xo‘jalik birliklariga dax qiladi) va tizimli xavf-xatarlarga bo‘lish mumkin, ular bir vaqtda ko‘p sonli xo‘jalik sub’ektlariga daxl qiladi. Tizim xavf-xatarlari ularning yuz berishi ehtimolini taxmin qilish murakkabligi bilan ifodalanadi va eng katta yo‘qotishlar manbai hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida, odatda, sug‘urta voqealari bir vaqtda katta hududdagi (mintaqa yoki bir guruh mintaqalar) ko‘p yoki deyarli barcha sug‘urtalanuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish va narx bilan bog‘liq xatarlarning ko‘pchiligi tizimli bo‘gani sababli xavf-xatarlarni boshqarish metodi sifatida sug‘urta, bu erda, eng avvalo, xavf-xatarlarning ushbu toifalariga qaratilgan. 2.Ikkita xavf-xatarlar toifasining mavjudligi: oldini olish mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va biror-bir xatti-harakatlardan qat’i nazar yuzaga keladigan xavf-xatarlar. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar xavf-xatarlarning ba’zi turlariga mustaqil ravishda ancha samarali qarshi kurashashlari mumkin. Masalan, qulay texnika alohida noqulay ob-havo hodisalarining salbiy oqibatlarini ancha kamaytirish, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish (turli ekinlar etishtirish, o‘simlik va hayvonlar mahsulotlarini etishtirishni birga qo‘shish), alohida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari o‘zgarishi natijasida yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi, veterinariya tadbirlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi chorva qirilishini kamaytirishga ko‘maklashadi. Xavf-xatarlarning ba’i turlari bo‘yicha ularning yuz berish ehtimoli samarali davlat siyosati evaziga kamaytirilishi mumkin. Masalan, davlat inflyasiya tufayli mahsulot sotishdan tushgan pul mablag‘larining narxi qadrsizlanishi, bitimlarning kuchsiz huquqiy himoya qilinishi tufayli hamkorlarning insofsizligi bilan bog‘liq tijorat xavf-xatarlarini kamaytirishga qodir (mulk va bitimlarning huquqiy himoyasini mustahkamlagan holda). Biroq qishloq xo‘jaligining katta qismi ob’ektiv xususiyatga ega va dehqonlar, sug‘urta kompaniyalari va davlat tomonidan bevosita nazorat qilinishini talab qilmaydi (tabiiy ofatlar, jahon bozorlarida konyunkturalarning noqonuniy o‘zgarishlari bilan bog‘liq xavf-xatarlar). Bunday holatlarda dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga noqulay omillar ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish mexanizmlarini yaratishga qaratiladi. Ushbu omillar ta’sirlarining oldini olish (profilaktika qilish) deyarli mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi qaltisliklari vaqt e’tibori bilan namoyon bo‘lishning teng emasligi bilan tavsiflanadi. Ayniqsa bu o‘simlik etishtirish sohasiga daxldor, u erda etishtirish natijalari ob-havo omillari ta’siriga qattiq bog‘liq. Bunda ob-havo sharoitlari bo‘yicha qulay va noqulay yillar noma’lum ketma-ketlikda almashadi (ko‘pchilik mintaqalarda ketma-ket ikki-to‘rt yil davomida yoki zarar ko‘rilgan yillar orasida vaqtida zararlar hosil bo‘lishi mumkin, shu bilan birga bir necha yillar davomida zararlar bo‘lmasligi ham mumkin). Mahalliy bozor yoki hudud o‘ziga xosligining katta ahamiyati, bu esa ushbu o‘ziga xoslikni hisobga oladigan sug‘urta dasturlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Masalan, G‘arbiy Evropa va Avstraliya mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘l va yong‘indan sug‘urta qilish juda ommabop (ba’zan esa yagona yo‘li) hisoblanadi. Rossiyada bunday sug‘urtani ommaviy tatbiq qilishga urinishlar bu erda u juda ham katta talabga ega emasligini ko‘rsatdi. G‘arbiy Evropa va Avstraliya mamlakatlarida ancha iliq (subtropik) iqlim hukmroq bo‘lib, u erda do‘l yog‘ish tezligi ancha yuqori. Rossiya va Ukrainaning ancha sovuq kontinental iqlimi sharoitlarida do‘l kamdan-kam yog‘dadi va kamroq zarar etkazadi. SHu sababli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun bunday sug‘urtani xarid qilish har doim ham maqbul emas. SHu bilan birga ukrainalik va rossiyalik dehqonlar qishni o‘tkazish xavf-xatarlariga qarshi sug‘urta xarid qilishdan juda manfaatdor, bu esa aksincha, G‘arbiy Evropada katta muammo hisoblanmaydi. 3. Turli mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan fermerlar uchun «kafolatlangan» narxlar joriy qilinadi. Agar fermer tovarning yo‘q qilinishi sababli uni sota olmasa, bu holatda bozor narxi va «kafaolatlangan» narx o‘rtasidagi farqni yo‘qotadi. Bu holatda kompensatsiya payti bu farq hisobga olinadi. O‘rnini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan summada, tabiiyki, qimmatroq narx aks ettiriladi.2 Download 31.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling