Reja: Qishloq qaltisliklari sug‘urtasining mohiyati va iqtisodiy ahamityati


Download 91.62 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi91.62 Kb.
#238690
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QISHLOQ XO‘JALIGINI SUG‘URTALASH


12-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGINI SUG‘URTALASH

REJA:

1. Qishloq qaltisliklari sug‘urtasining mohiyati va iqtisodiy ahamityati

2. O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari

3. Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashning xorijiy tajribasi

1. Qishloq qaltisliklari sug‘urtasining mohiyati va iqtisodiy ahamityati

Qishloq xo‘jaligi aholining oziq-oqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tayyorlanadi. Qishloq xo‘jaligi bozori uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarni hamda paxtani qayta ishlash, yog‘-moy sanoatiga xom ashyo etkazib berishi bilan birga, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kafolatli bozor hamdir.

Qishloq xo‘jaligi tabiat shart-sharoitlariga qattiq bog‘liqligi uning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli dehqonlar uchun tijorat xavf-xatarlaridan kam bo‘lmagan holda (mahsulot va resurslar narxlari o‘zgarishi tufayli foyda olmaslik, xaridorlar va etkazib beruvchilarning insofsiz faoliyati, qonunchilik o‘zgarishi va hokazolar) turli tabiat hodisalari bilan bog‘liq xavf-xatarlar muhimdir.

Qishloq xo‘jaligiga tabiiy ofatlar etkazadigan zararlar sektor barqarorligini sezilarli darajada kamaytiradi va uning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Favqulodda vaziyatlarga olib kelmaydigan, biroq shu bilan birga hosildorlikning qattiq kamayishiga, binobarin, qishloq xo‘jaligidan tushadigan daromadlarning yo‘qolishiga olib keladigan noqulay tabiiy shart-sharoitlar natijasida katta zarar ko‘radi.

Xavf-xatarlarni sug‘urta qilish ularni boshqarishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining etakchi eksportchilari hisoblangan xorij mamlakatlarida (AQSH, Kanada va bir qancha EI mamlakatlarida) sug‘urta qilish tajribasi qishloq xo‘jaligi faoliyatining samaradorligini va barqarorligini ta’minlashda yuqori rolini ko‘rsatmoqda. Bunda ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish xavf-xatarlarini sug‘urta qilishda davlatning faol ishtirokida sug‘urta mukofotlarini yoki sug‘urta zararlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlar qismiga qarz ajratish va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bilan birga ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi.



Qurg‘oqchilik, do‘l, to‘fon, epidemiya kabi noqulay tabiiy hodisalar tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hosil yoki chorva bilan bog‘liq yo‘qotishlarini qisman yoki to‘liq qoplash qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlarini sug‘urta qilishning birinchi va asosiy maqsadidir. SHunday qilib, sug‘urta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning, eng avvalo, tabiiy xavf-xatarlar bilan bog‘liq daromadlarining keskin o‘zgarishining oldini olish uchun safarbar etilgan.

Kredit to‘lash qobiliyati nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchisining moliyaviy holatini yaxshilash sug‘urtaning ikkinchi maqsadi hisoblanadi. Barcha turdagi kredit tashkilotlari – banklar, kredit uyushmlari, xususiy shaxslar tabiiy ofat yuz berganda, hosil yoki chorva yo‘qotilganda o‘z daromadining muayyan darajasini saqlash kafolatiga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisini ma’qul ko‘radi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining rivojlangan tizimi investitsiya imkoniyatlarini oshiradi, chunki investorlarning foyda olish kafolatlarini oshiradi. Katta miqdordagi investitsiyalarsiz zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va tarmoqni texnik qurollantirish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samaradorligini jiddiy oshirish shunchaki mumkin emas.

Mamlakatimizda hali ham davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi, u tijorat banklari orqali fermerlarga imtiyozli kreditlar ajaratadi, kimyoviy preparatlar, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boshqa resurslarning etkazib berilishini tashkillashtiradi. Biroq ishlab chiqaruvchilarning imtiyozli kreditlar va resurslardan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish imkoniyatidan samarali foydalanayapti deb bo‘lmaydi. Kredit tarixi, qadrli garov yo‘qligi (er garov ob’ekti bo‘lishi mumkin emas), qishloq joylarida bank infratuzilmasining sust rivojlanganligi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tijorat kredit resurslaridan foydalanishi ham ancha cheklangan. SHu sababli kafolatli sug‘urta himoyasining ta’minlanganligi dehqonlarning kredit resurslaridan foydalanishida muhim shart hisoblanadi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklarning moliyaviy barqarorligining oshishiga olib keladi, demak, qishloq xo‘jaligi loyihalarining investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari oshadi.

Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriyotgan islohotlar natijasida erdagi xo‘jalik shakllari tuzilmasida sifat jihatidan o‘zgarishlar yuz berganini nazarda tutish zarur. Fermerlikning gurkirab rivojlanishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasida va ushbu faoliyatni moliyalashtirish tizimida o‘zgarishlar yuz berishini talab qiladi.

Qishloq xo‘jalik sohasida ishlab chiqarish mavsumiy tusga ega bo‘lib, kuzda erni shudgorlashdan to keyingi yili hosilni yig‘ishtirib olingunga qadar bo‘lgan jarayon juda murakkabdir. Murakkabligi shundaki, qishloq xo‘jalik ekinlari ekishga mo‘ljallangan erlarni haydash, unga ekinlarni ekish va parvarishlash bir tomondan dehqonchilikning sir-asrorlarini chuqur egallashni hamda zaruriy agrotexnika qoidalariga rioya etilishini talab etsa, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining tabiat injiqliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘rishini taqoza etadi. Aytaylik, erga agrotexnika talablariga rioya etmasdan ishlov berish, pirovardida, hosildorlikni keskin kamayishiga olib keladi va bunda aksariyat hollarda aybdorlarni aniqlash mumkin. Ammo, qishloq xo‘jalik sohasiga tabiiy ofatlar rahna solsa, ko‘rilgan zararni miqdoriy jihatdan aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Insoniyat ming yillar davomida tabiatning beshafqat munosabatlariga qarshi kurashib kelgan va ta’kidlash zarurki, hamma vaqt ojizlik qilgan. Bunga tarixdan etarli darajada misollar keltirish mumkin. Iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan O‘zbekiston uchun tabiiy iqlimni doimo qulay bo‘lib turishi suv va havodek zarur. Afsuski, insoniyat tomonidan o‘ylab topilgan va tabiiy ofatlarni oldini olishga qaratilgan har qanday choralar kutilgan ijobiy natijani beravermaydi.

Mutaxassislarning fikricha, har yili tabiiy hodisalar ro‘y berishi tufayli jahon qishloq xo‘jaligi tizimiga katta ziyon etkaziladi. SHu jumladan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ham tabiiy ob-havoning noqulay kelishi va suv resurslarining taqchilligi natijasida vujudga keladigan qaltisliklardan biri - qurg‘oqchilik tufayli katta miqdorda zarar ko‘rgan.

SHu o‘rinda ta’kidlash zarurki, fermer va dehqon xo‘jaliklarining faoliyati boshqa tarmoq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga qaraganda nisbatan qaltislikka ta’sirchan bo‘ladi. Turli qaltisliklar, xususan, qurg‘oqchilik, garmsel, sel, yog‘ingarchilikning haddan ziyod ko‘p yog‘ishi, zararkunanda hashoratlar, yong‘in va boshqa shunga o‘xshash risklar doimo fermer va dehqon xo‘jaliklarining moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.



Download 91.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling