Reja: Qishloq qaltisliklari sug‘urtasining mohiyati va iqtisodiy ahamityati


O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari


Download 91.62 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi91.62 Kb.
#238690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QISHLOQ XO‘JALIGINI SUG‘URTALASH

2. O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari

Qishloq xo‘jalik sohasida yuzaga keladigan qaltisliklarni ularni ro‘y berish xarakteriga qarab ichki va tashqi qaltisliklarga ajratish mumkin. Tashqi qaltisliklar, asosan, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmaydi, aksincha, ularning hohish-irodasiz sodir bo‘ladi. Bunga zilzila, suv toshqini, dovul, do‘l yog‘ishi, qurg‘oqchilik, kuchli jala va shunga o‘xshash tabiiy qaltisliklarni misol sifatida keltirish mumkin. Zilzila - er qa’rida to‘plangan energiyaning ta’siri ostida paydo bo‘ladigan er osti silkinishlari va tebranishlari bo‘lib, insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Jahon tajribasida zilzilalarning ro‘y berishi natijasida katta miqyosdagi qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari ham zarar ko‘rganligi uchraydi.

Qishloq xo‘jalik sohasida yuzaga keladigan qaltisliklar haqida to‘xtalib yana shuni ta’kidlash zarurki, ular ichida qurg‘oqchilik o‘zining xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Qurg‘oqchilik havo va tuproqda namlikning uzoq davr mobaynida etarli miqdorda bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasi davrida yog‘ingarchilik miqdoriga qarab qurg‘oqchilik: kuchli (yog‘ingarchilik me’yori 50 foizdan kam), o‘rtacha (yog‘ingarchilik me’yori 50-70 foiz darajasida), zaif (yog‘ingarchilik me’yori 75 foizdan yuqori) kabi turlarga bo‘linadi.

Ichki risklar qishloq xo‘jaligining bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, ular ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega bo‘ladi. Ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan risklar tarkibiga yong‘in, uchinchi shaxslarning hatti-harakati kiradi.

Qishloq xo‘jaligi qaltisliklari quyidagi guruhlarga ajratiladi:


  • ekologiya qaltisliklari;

  • transport qaltisliklari;

  • siyosiy qaltisliklar;

  • maxsus qaltisliklar.

Qishloq xo‘jaligi sohasida qaltisliklarning yuzaga kelish sabablarini, ko‘rilgan zararlar miqdorini aniqlash, ayniqsa, sug‘urta hodisalarini qayd etib borish, ya’ni sug‘urta statistikasini yaratish borasida muammolar yig‘ilib qolgan. Bu muammolarni hal etish qishloq xo‘jaligida qaltisliklarni boshqarish uslubiyotini takomillashtirishda va eng muhimi ehtimol tutilgan zararlar miqdorini kamaytirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvani sug‘urta qildirishda hisob-kitoblar uchun asos bo‘lib mahalliy bozor narxlari xizmat qiladi. Boshqa sug‘urta turlarida, ko‘rib o‘tganimizdek, sug‘urta qildiruvchi hisob-kitoblar uchun asos qilib boshqa bozorlardagi narxlar xizmat qilgan hollarda olishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foyda huquqiga ega emas. Buning sababi shundaki, sanoat tovarlariga xarid narxlari ulgurji xaridorlar tomonidan belgilanadi va mos ravishda, sotuv narxi qimmatroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun tovarning sotilishi yoki xarid qilinishidan qat’i nazar, har bir kun uchun bitta umumiy narx belgilanadi. Bu esa shuni anglatadiki, kompensatsiya hajmi sotuv narxi asosida hisoblab chiqiladi. Agar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yoki chorva mollari sotuv uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, qayta ishlash, saqlash va transport xarajatlarini chiqarib tashlagan holdagi bozor qiymatiga teng bo‘ladi, chunki mulk bu xarajatlar sarflanishidan oldin qo‘ldan ketgan bo‘ladi. Agar yo‘qotilgan mulk joyida iste’mol uchun mo‘ljallangan (sog‘in sigirlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo‘lsa, u tiklanishi lozim. Bunda bozor narxi o‘rni to‘ldiriladigan mulkni fermaga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan miqdorga oshirilishi lozim.1



Download 91.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling