Qishloq Qurilish Bank
Download 0,58 Mb.
|
Mundarija
2015 yil
Yanvar oyida 2014 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra bankning Xorazm viloyati Xonqa filiali - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali ” nominatsiyasida, bankning Surxondaryo mintaqaviy filiali "Boysun" minibanki - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida birinchi o‘rin sovrindori deb e’tirof etildi. Mart oyida o‘tkazilgan Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari YIII yillik BANKEXPO-2015 milliy ko‘rgazmasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan "Qishloq qurilish bank" to‘rtinchi marotaba "Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bundan tashqari, “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” hamda “Eng yaxshi stend personali xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Avgust oyida ATB “Qishloq qurilish bank”ning Farg‘ona va Xorazm mintaqaviy filiallari yangi binolarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. May oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi bank reytingini qayta tasdiqladi: Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi - V1/NP; Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi - V2/NP; Bankning barcha reytinglari prognozi - «Barqaror». Sentyabr oyida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan ATB «Qishloq qurilish bank»iga milliy shkala bo‘yicha «Barqaror» prognozi bilan «uzA + » kredit reytingi berildi. Oktyabr oyida Avtomatlashtirilgan bank tizimi va Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi o‘rtasida elektron ma’lumot almashuv tizimi amaliyotga joriy qilindi. Noyabr oyida yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan 40,0 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi. Download 0,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling