Qishloq Qurilish Bank
Download 0.58 Mb.
|
Mundarija
2014 yil
Yanvar oyida «Qishloq qurilish bank» «Zolotaya Korona – Xalqaro pul o’tkazmalari» xizmatiga ulandi. Shu bilan birga, 25 yanvarda O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o’tdi. "Aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi banki" nominatsiyasida OATB "Qishloq qurilish bank" uchinchi o’rinni egallab tanlov g'olibi sifatida e'tirof qilindi. Bundan tashqari, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi mini-banki" nominatsiyasida uchinchi o'rinni - Qishloq qurilish bankning Sariosiyo filiali "Denov" mini-banki, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi jamg'arma/maxsus kassasi" nominatsiyasida uchinchi o'rin - Qishloq qurilish bankning Yangiyer filiali 1-sonli jamg'arma kassasiga berildi. Mart oyida OATB “Qishloq qurilish bank” Banklararo universal netting informatsion tizimiga ulandi (Mejbankovskaya universal'naya nettingovaya informatsionnaya sistema (MUNIS)). 9-10 aprel kunlari “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuasida Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari VII yillik BANKEXPO-2014 milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma so‘ngida “Qishloq qurilish bank” tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi marotaba “Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra omonatlar, kreditlar, bank-servis xizmati, ishonchli hamkor va ommabop bank nominatsiyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” 8000 ga yaqin ovoz to‘pladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan “So‘rov natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan bank” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling