Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi - Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi
- omillar ta’sir ko‘rsatadi:
- - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi;
- - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining baholari darajasi;
- - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi.
- Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishida ishlab
- chiqarish tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yuqori baholi mahsulotlaming jami
- ishlab chiqarishdagi salmog‘i o'zgarishi yalpi mahsulot hajmining ham
- o‘zgarishiga olib keladi.
- Tarmoqdagi yoki xo‘jalilcdagi qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining bir
- necha yillik o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda haqiqiy baholar orqali chuqur
- tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki haqiqiy baholar har yili o -zgarib turadi. Masalan,
- 1 tonna paxta xomashyosining davlat xarid bahosi 2002-yilda 104,7 ming so‘m
darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0 ming so‘mga yaqin bo‘lgan. - darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0 ming so‘mga yaqin bo‘lgan.
- Shu yillar ichida uning mutlaq miqdori 5 marta oshgan. Yalpi mahsulotning
- umumiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi bunday holatning oldini olish uchun
- yalpi mahsulot qiymatining yillar bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda
- qiyosiy baholarda aniqlanadi. Bunda baho o'zgarishining yalpi mahsulot
- o'zgarishiga ta’siri bartaraf etilib, yalpi mahsulotning haqiqiy o‘zgarishini
- aniqlash imkoniyati yaratiladi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar sifatida 1996-
- yildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqiqiy baholarining o‘rtacha yillik
- miqdori olingan. Keyinchalik boshqa yilning o‘rtacha baholari qiyosiy baho
- sifatida olinishi mumkin.
- Qishloq xo‘jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini
- e’tiborga oigan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo‘jaligida ham tovar-pul
- munosabatlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |