Mavzu: Qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotida yalpi tovar va mahsulotlari. Reja: - Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining tarkibi.
- Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotini aniqlashda yetishtirilgan mahsulotlar
- Qishloq xo‘jalilc mahsulotlarining turlari bo‘yicha jami yalpi mahsulot qiymatidagi salmog‘ini aniqlab, tahlil qilish
- Qishloq xo‘jaligidagi barcha korxonalar ishlab chiqarish jarayonida
- turli mahsulotlami yetishtiradi, ishlar va xizmatlami bajaradilar. Jumladan,
- paxta, bug‘doy, sholi, makkajo'xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut,
- go'sht va boshqa mahsulotlami yetishtiradilar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida
- ma’lum davr mobaynida, odatda bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha
- mahsulotlar, bajarilagn ish va xizmatlar yig‘indisi tarmoqning yalpi mahsuloti
- deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining alohida turlari bo‘yicha natural
- holidagi yalpi mahsulotni aniqlash mumkin. Masalan, 2009-yilda
- mamlakatimizda 6 million 600 ming tonna bug'doy yetishtirilgan. Natural
- holidagi yalpi mahsulot qishloq xo'jalik mahsulotlari turlari bo'yicha alohida
- hisoblanadi. Lekin, natural o‘lchov birligida barcha qishloq xo'jalik
- mahsulotlarini bir-biriga qo'shib bo‘lmasligi sababli tarmoqning yalpi
- mahsulotini mazkur o'ichov birligida aniqlab bo'lmaydi. Shuning uchun
- qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymat o'ichov birligida aniqlanadi. Buning
- uchun bir yil mobaynida tarmoqda yetishtirilgan barcha mahsulotlar va
- ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlarining yig‘indisi aniqlanadi.
- Yalpi mahsulot tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini
- ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichdir. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining
- tarkibi quyidagilardan iborat bo'iadi:
- - tayyor mahsulot;
- - tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida
- yetishtirilib, yig‘ ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor
- bo‘lgan mahsulotlar qishloq xo‘jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |