Tarmoqdagi ishchixizmatchilaming - Tarmoqdagi ishchixizmatchilaming
- bilimlari, malakalari, tadbirkorlik qobiliyatlari
- yuksaltirilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi
- mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
- 2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti
- yetishtirish 2007-yilga nisbatan 4,5 foizga, 2009-yilda esa qishloq xo‘jalik
- mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2008-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
- Mamalakatimiz viloyatlarining yalpi hududiy mahsulotida qishloq
- xo‘jaligi tarmog‘ining salmog‘ida sezilarli o‘zgarishlar yuz bemioqda
Sirdaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida yalpi hududiy mahsulot - Sirdaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida yalpi hududiy mahsulot
- tarkibida qishloq xo'jaligi tarmog‘i ancha yuqori salmoqni tashkil etmoqda.
- Ushbu viloyatlarda iqtisodiyotning sanoat, xizmat ko‘rsatish kabi boshqa
- tarmoqlarini ustuvor rivojlantirishga e’tibor berish lozim.
- Qishloq xo'jaligi tarmog‘ining mamlakatimiz yalpi ichki
- mahsulotidagi salmog‘i 2000-yildagi 30,1 foizdan 2010-yilda 17,5 foizga qadar
- pasayishi mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish
- hajmining kamayganligini anglatmaydi, balki yalpi ichki mahsulot tarkibining
- takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat ko'rsatish sohalarining ulushi
- yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi.
2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 10479,6 - 2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 10479,6
- mlrd. so‘m bo‘lib, uning 5605,5 mlrd. so‘mi (2007-yilga nisbatan 102,8 foiz)
- dehqonchilik tarmog'ida, 4874,1 mlrd. so‘mi (2007-yilga nisbatan 106,7 foiz)
- esa chorvachilik tarmog‘ida yaratilgan. Mazkur tarmoq yalpi mahsuloti
- tarkibida dehqonchilik 53,5 foizni, chorvachilik tarmog‘i esa 46,5 foizni tashkil
- etgan.
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqonchilik
- tarmog‘i 57,1 foizni, chorvachilik tarmog'i esa 42,9 foizni tashkil etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |