Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi Reja
Download 425.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi
UFF = AFF + MFD – MFX
Bunda: UFF – umumxo’jalik faoliyatdan olingan foyda; MFD – moliyaviy faoliyat daromadlari; MFX – moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: - olingan royaltilar va sarmoya transferi; - O’zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo’yicha olingan dividendlar hamda obligatsiyalar va xo’jalikka tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar; - mol-mulkni uzoq muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar; - chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs tafovuti; - qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va boshqalarga sarflangan mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar; - moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: - olingan kreditlar bo’yicha to’lovlar; - mol-mulkni uzoq muddatga ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari; - chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar; - qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va boshqalarga sarflangan mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; - o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar; - moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlar. 4) soliq to’langungacha bo’lgan foyda. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydaga tasodifiy (ko’zda tutilmagan) daromadlarni qo’shish va tasodifiy zararlarni ayirish orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: STF = UFF + TD – TZ Bunda: STF – soliq to’langungacha bo’lgan foyda; TD – tasodifiy (ko’zda tutilmagan) daromadlar; TZ – tasodifiy zararlar. Tasodifiy foyda - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan, xo’jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Tasodifiy zararlar - bu xo’jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. U yoki bu xarajat moddasining favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: - korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga mos emaslik; - bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; - boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emasligi. Tegishli xarajat moddalarini favqulodda zararlar moddasiga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qaror qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi ishlamasdan turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerakligi to’g’risidagi mezonga mos kelmaydi. 5) sof foyda. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun soliq to’langungacha bo’lgan foydadan to’lanadigan soliqlar summasini ayirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: SF = STF – ST Bunda: SF – sof foyda; ST – to’lanadigan soliqlar va boshqa to’lovlar summasi. Sof foyda xo’jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoluvchi foyda bo’lib, u muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlikka baho berishda asosan sof foyda summasiga e’tibor berish kerak. Iqtisodiy samaradorlikka baho berishda mutlaq ko’rsatkichlar bilan bir qatorda nisbiy ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan biri rentabelluk darajasidir. Rentabellik darajasi korxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda qo’llaniladigan asosiy mezon ko’rsatkich hisoblanadi. Rentabellik darajasi qilingan xarajatlarning samaradorligini tavsiflaydi, ya’ni qilingan har bir birlik xarajat evaziga qancha sof foyda olinganligini ko’rsatadi. Uning darajasini aniqlash uchun sof foydani tannarxga kiritilga xarajatlarga taqsimlab, natija 100 ga ko’paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi: Bunda: Rd – rentabellik darajasi, foizda. Bu ko’rsatkich yordamida korxona, tarmoq miqyosida yoki alohida mahsulotlar turlari bo’yicha xarajatlarning iqtisodiy samaradorlik darajasi aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bu iqtisodiy samaradorlik darajasi ham shunchalik yuqori ekanligidan dalolat beradi. Masalan, rentabellik darajasi 20 foiz bo’lsa, bu korxonada sarflangan har 1000 so’m xarajat evaziga 200 so’m sof foyda olinganligini anglatadi. Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda rentabellik me’yori ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun sof foyda summasi xo’jalikda foydalanilayotgan barcha ishlab chiqarish fondlari umumiy qiymatiga taqsimlanadi va natija 100 ga ko’paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi: Bunda: Rm – rentabellik me’yori, foizda; OFq – aylanma fondlarning o’rtacha yillik qiymati, ming so’mda; AFq – asosiy fondarning o’rtacha yillik qiymati, ming so’mda; Bu ko’rsatkich korxonada sarflangan barcha ishlab chiqarish fondlarining bir birligi evaziga qancha sof foyda olinganligini anglatadi. Hukumatimiz tomonidan barcha tarmoqlarda bo’lgani singari qishloq xo’jaligida ham iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo’yicha islohotlar izchil amalga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling