Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi Reja
Download 425.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi
Qisqacha xulosalar Bozor munosabatlari sharoitida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’z faoliyatidan ko’zlagan pirovard maqsadi – iqtisodiy samaradorlikka erishishdir. Iqtisodiy samaradorlik korxonada sarflangan investitsiyalarning foydalilik darajasini anglatadi. Bunda mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi, ushbu ko’rsatkichlar ichida rentabellik darajasi mihim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy samaradorlikni oshirib borishga e’tibor berishlari lozim. Iqtisodiy samaradorlik qanchalik yuqori bo’lsa, korxonani rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag’batlantirish, kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo’yicha imkoniyatlari shunchalik yuqori bo’ladi. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Iqtisodiy samaradorlik deganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodiy samaradorlik darajasini qanday ko’rsatkichlar ifodalaydi? 3. Yalpi daromad deganda nimani tushunasiz? 4. Yalpi daromad summasi qanday aniqlanadi? 5. Sof foyda nima va u qanday aniqlanadi? 6. Rentabellik darajasi nima va u qanday aniqlanadi? 7. Foyda me’yori deganda nimani tushunasiz va u qanday aniqlanadi? 8. Qanday tadbirlar qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi? 9. Qanday tadbirlar moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini ta’minlaydi? 10. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling