Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi Reja
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari
Download 425.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi
3. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari.
Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar: • qishloq xo’jaligi yerlarining holati, ulardan foydalanish darajasi; • xo’jaliklarning ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish darajasi; • mehnat resurslaridan foydalanishning holati va mehnat unumdorligi darajasi; • ishlab chiqarishning intensivlashganlik darajasi; • qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva hayvonlarining mahsuldorligi; • baholar, soliqlar va to’lovlar darajasi; • suv resurslaridan foydalanishning holati; • qishloq xo’jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik holati; • xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorlik darajasi; • davlat, mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablag’ va boshqalar. Qishloq xo’jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini kelajakda yanada ko’paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi hayotga o’z vaqtida, sifatli tatbiq etilishini obyektiv ravishda taqozo etadi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarga e’tibor berish lozim: 1) Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotinini ko’paytirish va uning sifatini yaxshilash tadbirlari: • ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul zotlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash; • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minoti tadbirlarini rivojlantirish, sug’orishning tejamkor usullarini joriy etish; • chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta’minlash va oziqlantirishni talab darajasida amalga oshirish; • ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida mahalliy va mineral o’g’itlardan hamda kimyoviy vositalardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta’minlash; • mahsulotlarning sifatini, ularni tashish va saqlash jarayonlarini yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar. 2) Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari: • ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil etishni jadallashtirish; • yangi texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, mavjud ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini to’liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish; • ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish tizimini rivojlantirish; • davr hamda moliyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar. 3) Qishloq xo’jaligi tarmog’iga bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish tadbirlari: • sanoat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari baholari o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish; • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish; • investitsiyalar jalb etilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish; • qishloq xo’jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish; • qishloq xo’jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish; • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni qo’llab-quvvatlash va hokazo. Bu tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab darajasida ko’paytirishga va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lishi zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytirish hamda ularning hosildorligini oshirish hisobiga ko’paytirilishi mumkin. Ekin maydonlarini ko’paytirish uchun yangi yerlarni o’zlashtirish talab etiladi, lekin buning imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun asosiy e’tiborni ekinlarning hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning uchun ekinlarning yangi, serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish natijasida tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy asoslangan holda keng joriy etish maqsadga muvofiq. Alohida e’tibor ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga qaratilishi zarur. Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy xarajatlarni tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni hayotga joriy etish natijasida mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, agrosanoat integratsiyasining rivojlantirilishi bilan bevosita bog’liqdir. Chorva hayvonlari mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning uchun naslchilik ishlarini rivojlantirish zarur. Chorva hayvonlarini to’yimli ozuqa bilan ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham barcha xarajatlarni tejash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar sifatli amalga oshirilishini ta’minlash zarur. Korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda iqtisodchi kadrlarning ham o’rni bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning biznes rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda korxonaning xo’jalik faoliyatini tahlil qilib borishi lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijasida korxonada samaradorlikni oshirish borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqib, korxona rahbariyatiga taqdim etishi lozim. Yalpi foydaning ko’payishi mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi. Shuning uchun mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni takomillashtirish lozim. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish qishloq xo’jaligi tarmog’ining iqtisodiy samaradorligi oshishini ta’minlaydi. Download 425.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling