Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqishda xalqaro global gap standartlarining talablari. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligi


Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorlarni rivojlantirish va eksport geografiyasini kengaytirish


Download 53.79 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1485926
1   2   3   4   5
Bog'liq
sa 4

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorlarni rivojlantirish va eksport geografiyasini kengaytirish
Mahalliy organik mahsulotlarni sotish uchun salohiyatli eksport bozorlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazish va ichki bozorlarni rivojlantirish.
Talab yuqori va istiqbolli organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari turlarini aniqlash uchun organik mahsulotlar bozorlari konyunkturasini o‘rganish, yirik savdo tarmoqlarida organik mahsulotlarni qadoqlash va tamg‘alash turlarini tahlil qilish.
Organik mahsulot turlari bo‘yicha ichki bozor hajmi va eksport salohiyatini aniqlash.
Salohiyatli investorlarni jalb qilish orqali Evropa Ittifoqi mamlakatlari, YAponiya, Janubiy Koreya va AQSH kabi davlatlarga organik mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan klasterlar, kooperativ va logistika markazlarini tashkil etish.
Organik qishloq xo‘jaligi bilan aloqador subektlarning sohaga tegishli respublika va xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash.
Organik mahsulotlarni iste’mol qilish orqali aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va uni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish. Bunda, aholining keng qatlamlari bilan birga manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari, meva-sabzavot klasterlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining ishtirokini ta’minlash.
Organik qishloq xo‘jaligi harakatlarining xalqaro federatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish uchun organik tovar ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishga tashkiliy jihatdan ko‘maklashish.
Organik paxta xomashyosini etishtirish, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilish bo‘yicha Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSH va YAponiya kabi ushbu yo‘nalishlar rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, GIZ, USAID, KOPIA, JICA va boshq.)ning texnik ko‘maklari doirasida o‘quv tanishuv safarlarini tashkil etish. Bunda, manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari bilan birgalikda organik paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish imkoniyatiga ega tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etishini ta’minlash.
Global organik to‘qimachilik standarti (Global Organic Textile Standard — GOTS) talablarini hamda xalqaro tajribani chuqur tahlil qilgan holda:
milliy standartlar ishlab chiqish va ular talablariga muvofiq eksportga yo‘naltirilgan organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi;
eksport geografiyasini kengaytirish hamda to‘qimachilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Textile exchange faoliyati o‘rganiladi va u bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Turkiyaning eGEDENIZ TEKSTIL A.S bilan hamkorlikda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish choralarini ko‘rish.
Aholi ixtiyoridagi sut mahsulotlarini qabul qilish, qayta ishlash va sotishni o‘z ichiga olgan kooperatsiya tashkil etish bo‘yicha ilg‘or chet el tajribalarini o‘rganish va ushbu yo‘nalishda kooperativlar tashkil etish choralarini ko‘rish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarining ixtisoslashgan tumanlarida tashabbuskorlar tomonidan aholi xonadonlarida organik kurka etishtirish tajribasini yaratish va etishtirilgan mahsulotlarni organik sertifikatlashtirib, eksportga yo‘naltirish.
Respublikamizning kimyoviy ishlov berilmaydigan tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida etishtirilayotgan yong‘oq va boshqa danakli mevalar va rezavorlarni kooperatsiyalar orqali organik sertifikatlashtirish va eksportga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish.

Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling