Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqishda xalqaro global gap standartlarining talablari. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligi


Download 53.79 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi53.79 Kb.
#1485926
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sa 4


4-ma`ruza

4-mavzu. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqishda xalqaro GLOBAL GAP standartlarining talablari.


Reja:
Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqishda xalqaro global gap standartlarining talablari.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligi So‘nggi yillarda er va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 2016 — 2019-yillar davomida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi — 171,2 foizga, jumladan meva-sabzavotchilik — 172,6 foizga, chorvachilik mahsulotlari — 170 foizga, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish — 177,5 foizga oshdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 mln tonnadan oshib, 2016-yilga nisbatan 1,5 barobarga o‘sishga erishildi.
SHu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borishi, respublikamizda etishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
2020 — 2025-yillarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi erlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o‘tishning prognoz ko‘rsatkichlari ;
2020 — 2025-yillarda maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari bo‘yicha sertifikatlanadigan er maydonlarining asosiy eksportbop ekin turlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi korxonalari va klasterlari tomonidan organik paxta xomashyosi etishtirish hamda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
Respublika hududlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tasdiqlansin.
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi subektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi zaruriy ma’lumotlarni olish;
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash va avtorizatsiyalash tizimini yaratish huquqi beriladi.
SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan er uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi va ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar organik qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqsin va 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu yo‘nalishda talabalar qabul qilishni yo‘lga qo‘ysin;
v) bir oy muddatda vazirlik tuzilmasida belgilangan shtatlar doirasida 4 ta shtat birligidan iborat organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etsin;
d) 2021-yil 1-yanvarga qadar qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida mavjud laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlasin va birlamchi organik urug‘ etishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
e) 2020-yil 31-dekabrga qadar Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kredit mablag‘lari hisobidan “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni etishtirish (ishlab chiqish), qayta ishlash, saqlash va qadoqlashga hamda organik urug‘chilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan besh yillik davlat ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqsin va loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirsin.
O‘z.agentligi:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kodeks Alimentarius Komissiyasi standartlari talablariga muvofiq Evropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar ISO 28000 etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari xalqaro standartlari seriyalarini qabul qilsin;
uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shimcha qiymat zanjirini tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar faoliyatlarida bajariladigan jarayonlarni ISO 28000 “Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari” xalqaro standarti talablariga muvofiqligini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni zararsizlantirish bo‘yicha xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan usullar va vositalar ro‘yxatini shakllantirsin hamda eksportga yo‘naltirilayotgan organik mahsulotlarni zararsizlantirish ishlarining xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.

Download 53.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling