Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqishda xalqaro global gap standartlarining talablari. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligi
Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish doirasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish
Download 53.79 Kb.
|
sa 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik ishlab chiqarish doirasidagi hisob-kitoblar va hisobotlar
- Organik ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro tizimlarga integratsiyalashtirish
Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish doirasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish
Mintaqa va mahalliy darajalarda organik ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitlari uchun qishloq xo‘jaligi er turlarining yaroqliligini kompleks baholashdan o‘tkazish. Kompleks baholash natijasida organik ishlab chiqarishni tashkil etish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, viloyatlar va tabiiy-qishloq xo‘jaligi tumanlarining yaroqliligi bo‘yicha xo‘jaliklar sonini aniqlash. Organik ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologik omillar va biologik vositalardan kompleks foydalanishga tayanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish, o‘g‘itlar va biopreparatlar qo‘llashning yaxlit tizimlari, tuproqlarga ishlov berish va almashlab ekish (dala va em-xashak, sabzavot hamda kartoshka) usullarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalarida organik ishlab chiqarishni tasarruf etishning asoslarini shakllantirish. Klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun organik standartlar va organik qishloq xo‘jaligining asosiy tamoyillari bo‘yicha organik dehqonchilik tizimlariga bosqichma-bosqich o‘tish usullarini ishlab chiqish. Organik chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish. Organik mahsulotlar bozorlarini samarali shakllantirish, ularni sertifikatlashtirish va tamg‘alash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish. Organik paxtachilik va organik to‘qimachilik sohasining ilmiy asoslarini rivojlantirish. Organik urug‘chilikni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va jadallashtirish. Organik ishlab chiqarishga asoslangan o‘simlikshunoslik va chorvachilik sohasidagi fermerlar, dehqonlar va boshqa kichik tadbirkorlik subektlarini o‘qitish uchun amaliy namoyish maydonchalarini yaratish. Organik ishlab chiqarish doirasidagi hisob-kitoblar va hisobotlar Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reestrlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni va sotishni amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etish va organik mahsulot (xomashyo)larni ishlab chiqaruvchilar reestrini yuritish. Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini taqdim etish usullarini ishlab chiqish. Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni chop etish. Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida amaldagi davlat statistika hisoboti shakllarini takomillashtirish, zarur hollarda yangi hisobot shaklini ishlab chiqish va joriy etish. Organik ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro tizimlarga integratsiyalashtirish Organik qishloq xo‘jaligi doirasidagi sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining IFOAMda ishtirokini, Markaziy Osiyo va global darajada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishini tashkil etish. Xalqaro organik forumlarda (ilmiy-tadqiqot masalalari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha) ishtirok etish. Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish. Download 53.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling