Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari
Download 45 Kb.
|
QISHLOQ XO`JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALIY FOYDALANISHNI TA’MINLASH YO‘LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari” tushunchasi, uning tarkibi
QISHLOQ XO`JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALIY FOYDALANISHNI TA’MINLASH YO‘LLARI Reja: 1. “Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari” tushunchasi, uning tarkibi 2. Mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari 3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari 4. Qishloq xo`jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish yo`nalishlari “Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari” tushunchasi, uning tarkibi Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos xususiyat. Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar, mashinalar, ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko`p jihatdan mehnatning holatiga bog`liq. Agarda qilinayotgan bo`lsa, uning unumdorligi yuqori bo`ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi uning mehnat resurslarini tashkil etadi. O`zbekiston aholisining 50 foizidan ko`prog`i mehnat qilish qobiliyatiga ega. Aniqrog`i, mehnat resurslarining soni 2002 yilda 12346 ming kishini, shundan iqtisodiy faol aholi 9333,2 ming kishini tashkil etdi. Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o`smirlar ham aholining kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar hisoblanadi. Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo`lganlarni, ya`ni 22 yoshdan 33 yoshgacha bo`lgan kishilarni alohida o`rganadi. Qishloq xo`jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga bo`linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 yoshdagi o`smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo`jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o`ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Eng avvalo qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining bo`sh qolish holati yuz beradi. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos tushmasligi ham mehnat resurslarining vaqtinchalik bekor qolishiga sabab bo`ladi. Masalan, paxta chigiti ekilgandan keyin to u unib chiqguncha 15-20 kun o`tadi. Bu davrda ishchi xodimlar bekor qoladi. Qishloq xo`jaligida yer asosiy vosita bo`lganligiuchun ishlab chiqarishni joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta`sir qiladi. Bu esa, o`sha ishlab chiqarish turi talab qiladigan mehnat resurslarini talab etadi. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish yirik maydonlarda tashkil etiladi. Shunga yarasha mehnatni tashkil etish ham ma`lum talablarga javob beradigan qilib tanlanadi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko`chib o`tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor joyda ishlab chiqarishni, turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil etishni talab qiladi. Mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi davlat sektorida,73 foizi esa nodavlat sektorda xizmat qilmoqdalar. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling