Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari
Qishloq xo`jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unimdorligini oshirish yo`nalishlari
Download 45 Kb.
|
QISHLOQ XO`JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALIY FOYDALANISHNI TA’MINLASH YO‘LLARI
Qishloq xo`jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unimdorligini oshirish yo`nalishlari
O`zbekiston qishloq xo`jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri bo`lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masala hisoblanadi. Mamlakat qishloq xo`jaligida band bo`lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakalidir. Bu, o`z navbatida, juda katta muamolarni yuzaga keltiradi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko`taradi. Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining o`tishi uchun zarur sharoitlar tug`diradi. Chunki mehnat unimdorligi o`sishi natijasida mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo`jaligidan ozod bo`ladi. Bu rivojlanishning umumiy obyektiv tendensiyasi hisoblanadi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo`jaligi aholisi, ishchi – xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi – xizmatchi daromadlari iqtisodiyotning past bo`lmasligini ta`minlash ham ulardan foydalanish darajasini oshirgan bo`lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart –maroitlar natijasida qishloq aholisi, ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o`troq bo`lgan aholi va ishchi xodimlarni o`sha joyning o`zida ish bilan ta`minlash muammosini yechish bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo`lmasligi kerak. Shunga qaramasdan sanoatni, xizmatlarni qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham chuqurlashib boraveradi. Qishloq xo`jaligi mehnat resursdarini mexnatining qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llaridan biridir. Qishloq xo`jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo`yicha texnologiyani hisobga olgan xolda zarur vositalar bilan ta`minlanishi kerak. Shu sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab chiqarini yoki sotib olishni yo`lga qo`yish talab qilinadi. Qishloq xo`jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat resurslarinidan foydalanish samarasadorligini oshirishning bir yo`nalishidir. Fan- texnika taraqqiyoti qishloq xo`jaligi mehnat resurslaridan foydalanish etibor yangi, serhosil ekin navlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining sermahsul zotlarini ko`paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Moliya, kredit tizimi, soliq tizimi va boshqa ko`plab iqtisodiy dastaklarning rivojlanishi ham mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Xulosa Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo`lib, konkret sarflangan mehnatning natijaviyligi yoki samaradorligidir. Ayrim iqtisodchilar mehnat unumdorligini vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, deb biladilar. Boshqalari esa mehnat unumdorligi deganda mahsulot birligi uchun sarflangan vaqtni tushunadilar. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mehnat unumdorligi konkret sarflanayotgan mehnatning ma`lum vaqt ichida mahsulot yarata olish qobiliyatidir, degan tushunchalar ham berilgan. Konkret sarflanayotgan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir, degan tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi. Vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat unumdorligining asosiy ko`rsatkichini ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat unumdorligining ikkinchi ko`rsatkichini ifoda etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling