Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar Reja: Qishloq xo’jaligi
Qishloq xo’jaligi va uning yetakchi tarmoqlari
Download 21.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqQishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.
Qishloq xo’jaligi va uning yetakchi tarmoqlari.
Respublika xo’jaligining muhim tarmoІi bo’lib, u aholini oziq-ovqat bilan taminlaydi, moddiy farovonligini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakat qishloq xo’jaligi intensiv rivojlangan, texnikalashgan dehqonchilik madaniyatini yuksak darajada ko’targan ixtisoslashtirishni ichki geografik rayonlararo yo’lga qo’ygan va chuqurlashtirgandi. Biroq O’zbekiston qishloq xo’jaligi “O’zbekiston mamlakatining asosiy paxta bazasi” shiori amalda edi. Ya'ni qishloq xo’jaligida bittagina uzoq soha bor edi. U ham bo’lsa paxta edi. Endilikda mustaqil O’zbekiston xalq xo’jaligining muhim sohasi qishloq xo’jaligidagi bir tomonlama ish tutishning oІir asoratini boshidan kechirmoqda. Ziroatchilik qilinadigan yerlar tuproqning teng yarimining sho’rlanib ketganligi, ziroatchilik qilish madaniyatida, yani paxtadan boshqa soxalar bo’yicha agrotexnika tadbirlarining unum bo’lganligi aholini birlamchi qishloq xo’jalik mahsulotlari (birinchi navbatda don va un) bilan taminlashdagi qiyinchiliklar paxta yakkahokimligining asoratidir. Zikr qilingan ob'yektiv holatlar Respublika hukumati tomonidan chuqur tahlil qilinadi, qishloq xo’jaligi, uning tarmoq tuzilishi qayta ko’rib chiqiladi. Paxta yakkohokimchiligiga nuqta qo’yildi, aholini birlamchi ehtiyojini qondirishga xizmat qiladigan tarmoq (va birinchi navbatda bug’doy yetishtirish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Ayni paytda O’zbekiston qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, unga paxtachilik bilan birga g`allachilik, kanopchilik, mevachilik, uzumchilik, sabzavot va polizchilik, qoramolchilik, qo’ychilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik sohalari kiradi. Mazkur tarmoq ham bug`doychilik, arpachilik, makkajo’xorichilik, chorvachilikning qo’ychiligida qoramolchilik, hisori qo’ychilik va ho. Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda. Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir. Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi. Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchilarning har qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat -beradi. Xalqaro ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanishiga, balki aholi turmush darajasi va sifati tobora yaxshilanishiga xizmat qilayotir. Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin. http://fayllar.org Download 21.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling