Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish


Download 94.81 Kb.
bet5/10
Sana21.04.2023
Hajmi94.81 Kb.
#1368479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi Mohinur (3)

Joriy etish – innovasiyalarning shunday texnologiyasiki, unda innovasiya kiritish jarayoni bevosita ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi. Innovasiyaviy xizmatlarning butun majmuasini talab qilmaydigan innovasiyalar uchun qo'llaniladi.
Trening – innovasiyalarning kadrlarni tayyorlash bosqichini ta'minlovchi texnologiya. Maxsus ixtisoslashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi (inkubatorlar, texnologik parklar va h.k).
Konsalting – innovasiyaviy faoliyat strategiyasi va biznesrejasini tanlash bosqichini ta'minlovchi innovasiyalar texnologiyasi. Ekspertiza va maslahatlar sohasiga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Konsalting, innovasiyaviy faoliyatga ikkita asosiy yo'nalish bo'yicha xizmat ko'rsatadi:

  • texnologik konsalting – tashkilotning strategik va taktik maqsadlariga optimal erishishi uchun texnologik va boshqaruv maslahatlari, shuningdek‚ rejalashtirish, sifatni boshqarish, sertifikatlashtirish, avtomatlashtirilgan konstruktorlik va texnologik loyihalashtirish, texnologiyalar uzatish;

  • biznes-konsalting – biznes-g'oya va loyihalar ekspertizasi, biznes-rejalashtirish, marketing, moliyaviy menejment, potensial hamkor va investorlarni izlash, innovasiyalarni tijoratlashtirish, shartnomaviy munosabatlar.

Ilmiy asoslangan ishbilarmonlikning turli jihatlari bo'yicha pullik maslahatlarga bo'lgan talab doimiy oshishi munosabati bilan maslahat xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalar sonining ko'payishi kuzatilmoqda.
Innovasiyaviy korxona va ishlab chiqarishlarning ko'pchiligi yirik sanoat korxonalari, ilmiy yoki ta'lim muassasalari negizida tashkil topgan. O'z faoliyatining boshlang'ich bosqichlarida innovasiyaviy korxona xodimlari ushbu muassasalar mutaxassislari bilan maslahatlashadilar. Ammo innovasiyaviy korxonalar rivojlanib borishi bilan mustaqil faoliyat yuritishga kirishadi va har bir maslahat ham bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holda baholanadi. Bundan tashqari, boshlang'ich tashkilotlarning mutaxassislari boshqaruv yoki marketing sohasidagi ko'plab savollarga javob bera olmasliklari ham mumkin. Shu bilan birga kichik innovasiyaviy korxona va hattoki ko'pgina sanoat korxonalari ham barcha sohalar bo'yicha malakaviy mutaxassislarga ega bo'la olmaydi.
Innovasiyaviy sohada amalga oshirilayotgan konsalting faoliyati tajribasini ko'rsatishicha, potensial mijozlar duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarning ko'pchiligini tizimlashtirishi mumkin. Misol uchun, ilmiy-texnik soha korxonalari oldida paydo bo'ladigan asosiy muammolarni quyidagicha ta'riflash mumkin: marketing muammolari, xodimlarni boshqarish va boshqaruvchilar malakasi, ishlab chiqarish muammolari, sifatni boshqarish, moliyaviy menejment, qonunchilik muammolari. Albatta, innovasiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida boshqa turdagi muammolar mavjud emas deb bo'lmaydi, lekin konsalting xizmatlarini asosiy qismi aynan ushbu muammolar bilan bog'liq.

Download 94.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling