Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj Tuproqni ekishga tayyorlashdagi mavjud texnologiyalar


Download 0.56 Mb.
bet7/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1237504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
innovatsiya davomi

Иш жиҳозининг конструкциясига кўра, ағдаргичи бурилмайдиган ва буриладиган турлари мавжуд. Ағдаргичи бурилмайдиган булдозeрларда иш жиҳози асос машинанинг бўйлама ўқига нисбатан тик қилиб ўрнатилган бўлиб, у горизонтал текисликда бурила олмайди.
Иш жиҳозини бошқариш, механик (пўлат арқонлар ёрдамида) ёки гидравлик бўлиши мумкин. Механик бошқаришда ағдаргич ўз оғирлиги билан пастга туширилади ва тупроққа ботирилади, уни кўтариш эса чиғирдаги ғалтакка ўраладиган пўлат арқон ёрдамида амалга оширилади. Механик бошқаришда ағдаргич пичоқларини тупроққа кeракли чуқурликкача киритишнинг иложи йўқ, бу эса зич грунтларда булдозердан фойдаланиш самарадорлигини камайтиради. Ҳозирда механик бошқариладиган булдозерлар саноатда ишлаб чиқарилмайди



  1. Ekish va ko‘chat o‘tqazish mashinalarining tasniflanishi

  2. OVX-600 purkagichining tuzilishi

  3. Mexanizatsiya yordamida o‘rib – yig‘ib olishga qo‘yiladigan talablar va yig‘ib olish usullari

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishdagi muammolarni yechishda chorvachilik uchun mustahkam yem – xashak bazasini yaratish muhim ahamiyatga ega. Yem – xashakning asosiy manbalari bo‘lib tabiiy va ekilgan o‘tlar, ko‘ngaboqar, makkajo‘xori va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hisoblanadi. O‘tlardan sochiluvchan va zichlangan pichan tayyorlashda, senaj bostirishda va o‘t uni tayyorlashda foydalaniladi. Makkajo‘xori, ko‘ngaboqar va uzun poyali o‘tlardan silos tayyorlanadi. Yozgi mavsumda o‘t, makkajo‘xori va boshqa ekinlarni o‘rib olib, ulardan ko‘k yem – xashak sifatida foydalaniladi. Hosilni maksimal yig‘ib olish, yuqori sifatli yem – xashak tayyorlash uchun yig‘ib olishni optimal muddatlarda o‘rish, tashish va qayta ishlash rejimlarini to‘g‘ri tanlagan holda o‘tkazish lozim. Tabiiy o‘tlarni 4…5 sm, ekilgan o‘tlarni 5…7 sm balandlikda, o‘rilmagan joylar qoldirmasdan o‘rish lozim.O‘rgichlar tayinlangan o‘rish balandligini ta’minlashi, uzmasdan va ezilishlarsiz o‘rishi zarur. Ular dala relyefiga yaxshi moslashuvchan bo‘lishi, o‘rilgan massani shunday qator – uyumlab ketishi kerakki, bunda o‘rilgan massa traktor yoki mashinaning g‘ildiraklari ostida qolmasligi kerak.O‘tlarni yig‘ib olish va sidirishda ular qolib ketmasligi, qator – uyumlar bir to‘g‘ri chiziqda va eni 1,3 m dan oshmasligi hamda zichligi bo‘yicha bir xil bo‘lishi lozim.Qator – uyumlarni yig‘ib olish jarayonida massa to‘xtovsiz va ravon holda ishchi organlarga kelib turishi kerak, o‘tlarni nobudgarchiligiga va tuproq bilan ifloslanishiga ruxsat etilmaydi.Hududlarning tabiiy – iqlim va xo‘jalikning sharoitidan kelib chiqqan holda yem – xashak tayyorlashning har xil usullari qo‘llaniladi. Ularni tanlashda yig‘ib olish sharoitlari, hosildorlik, yig‘ib olinadigan maydonlar, hayvonlarning turi va soni hamda boshqa shu kabi faktorlar hisobga olinadi. Sochiluvchan pichan tayyorlash usuli o‘tlarni o‘rish, o‘rilgan joyida quritish, pichanni qator – uyumga sidirish, qator – uyumlarni yig‘ib g‘aramlar hosil qilish, g‘aramlarni skirdlash joylariga olib borish va skirdlashdan iborat. Bu iqtisodiy jihatdan kam samaradorlikka ega usul bo‘lib, yuqori sifatli pichan tayyorlashga imkon bermaydi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling