Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati


Download 0.58 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1048371
Bog'liq
Shamshod


Mavzu:Qishloq xo`jaligida
investitsiya jozibadorligini
oshirish yo`llari

Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning mohiyati va ahamiyatiQishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zаrur shаrti ularni yеtаrlichа investitsiyalаshdir. Agrar siyosаtning muhim vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalаsh darajasini oshirish uchun qulаy shаrоit yaratishdan iborat.

Investitsiya – daromad (foyda) olish maqsadida pul mаblаg‘lari (kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzоq muddatga qo‘yishdir.

Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval oʻsha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi.


Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya’ni siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog’liqdir.

Kuchli biznes va investitsiya muhitini qoʻllab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni yaratishning zaruriy omillari quyidagilar: − xavfsizlik; − xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati; − qonunchilikning barqarorligi; − shaffoflik; − korruptsiyadan holi boʻlishlik; − hukumatning yaxshi boshqaruvi.

Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromda saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismini xususiy investorlar qo‘lida shakllantirish .

Ikkinchidan, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishini taʼminlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish.

Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va cheklovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar optimallashtirish. Shaffoflikni maksimal darajada taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ishlashni tashkil etish.

To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish.

E`tiboringiz uchun rahmat


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling