Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari Reja


Download 0.61 Mb.
bet8/9
Sana03.12.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1806299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari

Qisqacha xulosalar
Qishloq xo’jaligida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlarning negizi hisoblangan yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer, dehqon xo’jaliklari va qo’shma korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda.
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida jamoa, xususiy va aralash mulkchilik shakllari bosqichmabosqich barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilik asosida fermer va dehqon xo’jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilinib, taraqqiy ettirilmoqda.
Qishloq xo’jaligida dehqonlarning moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg’otuvchi xo’jalik yuritish shakllarini joriy etishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Qishloq xo’jaligida davlat ahamiyatiga molik bo’lgan ayrim masalalarni hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan xo’jalik yuritish shakli ham saqlab qolingan. Kelajakda xususiy hamda qo’shma mulkchilikka asoslangan korxonalarni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Nazorat va muhokama uchun savollar:



  1. Tarmoqda mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslari qaysi qonunlarda o’z aksini topgan?

  2. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosqichlarini ko’rsating.

  3. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlarini ko’rsating.

  4. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning qanday o’ziga xos jihatlari mavjud?

  5. Qishloq xo’jaligida mulkchilikning qanday shakllari mavjud?

  6. Qishloq xo’jaligida qanday xo’jalik yuritish shakllari mavjud?

  7. Agrofirmalar haqida tushuncha bering.

  8. Fermer xo’jaliklari ta’rifini izohlab bering.

  9. Dehqon xo’jaliklari ta’rifini izohlab bering.

  10. Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini tushuntiring.

  11. Mamlakatimiz hukumati tomonidan fermer xo’jaliklarini qo’llabquvvatlash borasida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

  12. Qishloq xo’jaligida klasterlar haqida tushuncha bering.

  13. Qishloq xo’jaligida xorijiy investorlar ishtirokidagi tadbirkorlik shakllarini tashkil etish imkoniyatlarini tushuntiring.

  14. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni takomillashtirishning qanday yo’nalishlari mavjud?



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling