Dehqon xo’jaligi – oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo’jaligi boshlig’iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan oilaviy mayda tovar xo’jaligidir. Dehqon xo’jaliklaridagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo’jaligi a’zolarining istagiga ko’ra yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xo’jaligi o’z faoliyati yo’nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Ushbu tadbirkorlik shakli moddiy manfaatdorlikning yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Dehqon xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari 3jadvalda keltirilgan.
3-jadval Dehqon xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari
-
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Tasarrufidagi qishloq xo’jaligi yerlari, ming gektar
|
500,5
|
500,8
|
500,9
|
524,7
|
Qishloq xo’jaligi mahsuloti
(amaldagi narxlarda), mlrd. so’m
|
78658,6
|
101376,3
|
133534,3
|
147625,9
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |