Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari Reja
Jami ekin ekilgan maydon, ming gektar
Download 0.61 Mb.
|
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ming tonna
- Chorva mollari bosh soni (yil oxiriga), ming bosh
- Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda
- Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi, foizda
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, dehqon xo’jaliklari tasarrufidagi qishloq xo’jaligi yerlari miqdori so’nggi yillarda oshmoqda. Dehqon xo’jaliklarida 2019-yilda 2016-yilga nisbatan donli, texnik va ozuqa ekinlari maydoni qisqargan, boshqa turdagi asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni esa ortgan. Donli ekinlar maydoni qisqargani hisobiga dehqon xo’jaliklarida don ishlab chiqarish hajmi qisqargan, boshqa barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa oshgan. Mamlakatimizda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi to’g’risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadval Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, dehqon xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi keyingi yillarda kamaymoqda. Mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi, foizda
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibida dehqon xo’jaliklari yuqori salmoqqa ega bo’lmoqdalar. Jumladan, 2019-yil holatiga mamlakatimizda yetishtirilgan jami qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 68,3 foizi dehqon xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelgan. Ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi juda yuqori. 2019-yilda chorvachilik mahsulotlarining 91,2 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, qishloq o’jalik mahsulotlari yetishtirishda, ayniqsa chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning tarkibini takomillashtirish lozim. Fermer xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ham chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda yirik ishlab chiqaruvchilar quyidagi ustunliklarga ega bo’ladi: ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va shu orqali mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda mahsulot sifatini yanada yaxshilash mumkin; ishlab chiqarish jarayoniga fan yutuqlarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlar (R&D – Research and Development) bilan shug’ullanish uchun mablag’lar ajratish hamda shu orqali o’z faoliyatini takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish imkoniyatining mavjudligi; chorvachilik tarmog’ida chorva mollarini ilmiy asoslangan ratsionlar asosida ozuqa bilan ta’minlash uchun zarur miqdordagi ozuqani g’amlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar. So’nggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi o’sish tendensiyasidadir. Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi 6-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, dehqon xo’jaliklarida deyarli barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi boshqa turdagi xo’jaliklarga nisbatan yuqori. Chunki ushbu tadbirkorlik shaklida mulkka egalik hissi va moddiy manfaatdorlik ancha yuqori, ular o’z mehnatlari natijalariga o’zlari egalik qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda barcha turdagi tadbirkorlik shakllarida moddiy manfaatdorlikni oshirish, mulkdorlik hissini rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash kabi choratadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, dehqon xo’jaliklarida deyarli barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi boshqa turdagi xo’jaliklarga nisbatan yuqori. Chunki ushbu tadbirkorlik shaklida mulkka egalik hissi va moddiy manfaatdorlik ancha yuqori, ular o’z mehnatlari natijalariga o’zlari egalik qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda barcha turdagi tadbirkorlik shakllarida moddiy manfaatdorlikni oshirish, mulkdorlik hissini rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash kabi choratadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. 6-jadval Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling