Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari Reja


Download 0.61 Mb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1806299
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari


Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari


Reja:
1. Qishloq xo’jaligida mavjud mulk shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

2. Qishloq xo’jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning tashkil etilishi va rivojlanishi.

3. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish


yo’llari.


  1. Qishloq xo’jaligida mavjud mulk shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

Bozor munosabatlari sharoitida barcha sohalarda bo’lgani singari qishloq xo’jaligida ham tadbirkorlik faoliyatiga e’tibor berish va unga keng imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlik – foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik subyektlarining qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko’rsatish sohalarida faoliyat ko’rsatishidir. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida tadbirkorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda ular O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi, “Korxonalar to’g’risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunlar talablariga rioya etishlari zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bob 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli ekanligi ko’rsatilgan. XII bobning 53moddasida esa “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” – deb ta’kidlangan. Ushbu bobning 54-moddasida mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi ko’rsatib qo’yilgan. Bundan tashqari ushbu moddada mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi ta’kidlab o’tilgan.
1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan va 1993-yil 7-mayda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga binoan mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday hattiharakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Ushbu qonunning 5-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida, shu jumladan qishloq xo’jaligi tarmog’ida quyidagi mulk shakllari mavjud:

    • xususiy mulk. Bu shakldagi mulk egasi o’z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlariga ega. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida o’z mehnati va yollanma mehnatni qo’llashi orqali shakllanadi.

    • jamoa mulki. Bu mulk fuqarolarning va yuridik shaxslarning molmulkini kooperativlar va boshqa xo’jalik jamiyatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashishi orqali shakllanadi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmaga qarashli mo-mulkdan foydalanish va tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.

    • davlat mulki. O’zbekiston Respublikasining, shuningdek ma’muriyhududiy tuzilmalarning budjet yoki boshqa mablag’lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag’lari hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda davlat mulki bo’ladi. Bunga asosan davlat ahamiyatiga molik korxonalar, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari kiradi. Davlat mulki bo’lgan va davlat korxonasiga biriktirib qo’yilgan mol-mulk to’la xo’jalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir. Korxona o’z mol-mulki bilan to’la xo’jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan o’z xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi.

    • aralash mulk. Bu mulk ikki yoki undan ortiq turdagi mulkchilik shakllarining o’zaro manfaatli uyg’unlashishi natijasida shakllanadi.

Jumladan, davlat va jamoa mulkining o’zaro birikishi natijasida aralash mulk tashkil bo’ladi. Aralash mulk mulkdorlarning moddiy va pul mablag’larini birlashtirish yo’li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish tamoyili asosida ham, shuningdek o’z mablag’larini birlashtirgan mulkdorlar o’rtasida daromadlarni qo’shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirish mumkin. Aralash mulkning o’z mablag’larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashishidan aralash mulk shakllanadi.

    • boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki. Chet el fuqarolari O’zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o’tkazilishini kafolatlaydi. Chet el yuridik shaxslari O’zbekiston Respublikasi hududida xo’jalik faoliyatlarini va O’zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan o’z mulklariga ega bo’lishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Shuningdek, mulkni ko’paytirish va boshqa davlatlarga o’tkazish qonunan ta’minlanadi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidir.

Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida sobiq ittifoq davrida asosan davlat mulki va qisman jamoa mulki mavjud bo’lgan. Lekin jamoa mulkiga asoslangan jamoa xo’jaliklarida ham davlatning ta’siri kuchli bo’lib, ushbu xo’jaliklarning mulki tom ma’noda jamoa mulki bo’lmagan. Mustaqillikka eishganimizdan so’ng mamlakatimiz iqtisodiyotida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu jumladan, qishloq xo’jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga alohida e’tibor berildi. Chunki davlat mulki bozor munosabatlari talablariga javob bermaydi, ya’ni iqtisodiyot subyektlarida o’z faoliyatlarini rivojlantirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, mahsulot sifatini oshirish kabi jarayonlarga undovchi mexanizm mavjud emas. Shu sababdan mamlakatimiz qishloq xo’jaligida mustaqillikning ilk davridan boshlab davlat mulkini xususiylashtirishga va bozor munosabatlari sharoitiga mos mulk shakllarini joriy etishga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda mamlakatimiz qishloq xo’jaligi tarmog’ida jamoa mulki va xususiy mulkchilikka ustuvorlik berildi.


  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling