Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari Reja


Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, sentner/gektar


Download 0.61 Mb.
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1806299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakllari

Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, sentner/gektar


2016

2017

2018

2019

Fermer xo’jaliklari




Don va dukkakli don

43,7

37,9

37,0

43,4

Kartoshka

212,9

178,1

154,9

168,2

Sabzavotlar

258,9

212,0

178,9

200,5

Poliz

197,4

169,8

139,6

134,1

Dehqon xo’jaliklari




Don va dukkakli don

56,9

54,6

51,9

39,3

Kartoshka

228,7

225,3

238,2

237,9

Sabzavotlar

280,8

272,8

266,3

253,1

Poliz

226,7

233,3

243,3

229,4

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar


Don va dukkakli don

27,7

27,1

25,9

35,8

Kartoshka

205,0

91,4

118,0

150,8

Sabzavotlar

171,6

206,4

106,0

125,3

Poliz

145,9

67,9

67,5

82,8

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida agrofirmalarning ham alohida o’rni bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo’yicha 200 dan ortiq agrofirmalar faoliyat yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi “Surxondaryo viloyatida dehqon xo’jaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 382-sonli qarorida Surxondaryo viloyatining har bir tumanida Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer xo’jaliklari eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi va “O’zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalar 2016-yilning 10dekabrigacha tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda yangidan tashkil etiladigan agrofirmalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan edi:
-dehqon xo’jaliklarining yer va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ular bilan o’zaro hamkorlikni tashkil etish, eksport salohiyatini ko’paytirish va qishloq aholisi bandligini oshirish;

  • ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga buyurtmalarni joylashtirish;

  • dehqon xo’jaliklarini urug’lik fondi, ekish materiallari. mineral o’g’itlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash;

  • meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, saralash, kalibrlash, o’rab-joylash, shuningdek, eksportdan oldin tayyorlash;

  • dehqon xo’jaliklari bilan birgalikda issiqxonalar va sovutish kameralari, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi quvvatlarni tashkil etish;

  • “O’zbekoziqovqatxoding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda respublika shaharlarida va tashqi sotish bozorlarida meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish.

Mazkur qarorda tashkil etilayotgan agrofirmalarning har biriga ular tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda ularning samarali faoliyat ko’rsatishi, shu jumladan aylanma mablag’lar shakllantirilishi uchun TIF Milliy banki tomonidan ikki milliard so’mdan kam bo’lmagan miqdorda imtiyozli kredit ajratilishi nazarda tutilgan edi. Shuningdek, import bo’yicha asbob-uskunalar, texnologiyalar xarid qilish va qo’shimcha xizmatlar uchun haq to’lashga kreditlar berish uchun hukumatlararo shartnomalar va davlat dasturlari doirasida O’zbekiston
Respublikasining davlat kafolatlari berilmasdan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari mablag’larini yo’naltirish mo’ljallangan edi.
Qarorda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi hamda Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer xo’jaliklari eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi birgalikda dehqon xo’jaliklarida 2 sotixdan 10 sotixgacha maydonda yengil konstruksiyalardan foydalanib issiqxonalar tashkil etish bo’yicha namunaviy biznes-rejani ikki oy muddatda ishlab chiqishi, unda Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda eksportga yo’naltirilgan meva-sabzavot ekinlarini joylashtirishga, navlarni sifatli tanlashga e’tibor berish, urug’lik va ekish materiali yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash nazarda tutilishi ko’rsatib o’tilgan edi.
Viloyatda tashkil etilayotgan agrofirmalarga ularning ustav fondi miqdoridan qat’i nazar, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari va uzum bilan ulgurji savdo qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan bo’lib, bu mintaqada qishloq xo’jalik mahsulotlari narxi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kuni xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog’ida “Paxta va to’qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari surdi. Unda O’zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari ko’rsatib berildi.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo’lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg’unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo’naltirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, moddiy manfaatdorlik oshdi. 2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat yuritmoqda.
Respublikamizda mustaqillikkacha bo’lgan davrda qishloq xo’jalik tarmog’ida xorijiy kapital asosida tashkil etilgan korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalar mavjud bo’lmagan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng erkin bozor munosabatlari barpo etilishi mulkchilikning shu turini va unga asoslangan tadbirkorlik shaklini tashkil etish hamda faoliyat yuritishi uchun huquqiy, iqtisodiy asoslar yaratib berildi. Ularda qo’shma tadbirkorlik mulkdorlarning moddiy va pul mablag’larini birlashtirish yo’li bilan tashkil etilishi ta’kidlangan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo’jaligida qo’shma korxonalarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritishi talab darajasida emas. Vaholanki hukumatimiz tomonidan xorijiy investorlar uchun barcha huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, chet ellik tadbirkorlarning qonun doirasida erkin faoliyat yuritish va mulkiga egalik qilish kafolati ta’minlangan. Respublikamizda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi chet ellik tadbirkorlarga soliq hamda bojxona to’lovlariga oid ko’plab imtiyozlar ham joriy etilgan. Xorijiy investorlarni mazkur imkoniyat va shart-sharoitlar bilan tanishtirish orqali ularni mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga kengroq jalb etishga erishish lozim.
Kelajakda mamlakatimizda chet ellik tadbirkorlarga yanada qulay investitsion muhitni yaratib, ularni qishloq xo’jaligi tarmog’iga kengroq jalb etish va ularning sarmoyalari evaziga mazkur tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash hajmini keskin oshirish muhim vazifalardan biridir. Qishloq xo’jaligik mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta ishlash, ularni iste’mol uchun tayyor bo’lgan mahsulotlarga aylantirish uchun turli xildagi qo’shma korxonalarni tashkil etish mumkin. Bu jarayon mamlakat qishloq xo’jaligiga yangi texnikalar, ilg’or, samarali
texnologiyalar kirib kelishini ta’minlaydigan chet el valyutalari oqimini ko’paytiradi. Natijada tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va maqsadga muvofiq joylashishi ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligida qo’shma korxonalarning tashkil etilishi xalqaro miqyosda mehnat taqsimotini rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ular tufayli qo’shimcha ish joylari tashkil etilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosi hal qilinishiga ma’lum darajada ulush qo’shiladi. Bu korxonalarda faoliyat ko’rsatayotganlarning moddiy sharoiti yaxshilanishini ta’minlaydi. Pirovard natijada aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanish darajasi yuksalib, turmush darajasi oshadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling