Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
Download 287.14 Kb.
|
10-mavzu Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaylovlarning turlari Ozuqa birliklarida hosildorligi, kg/ga Bug’doyning ekvivalent
Manba: qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom. 1 gektar ozuqa ekin maydonlarining me’yoriy qiymati haydov yerga o’xshash tarzda aniqlanadi, bunda ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi ular bilan bog’liq bo’lgan balandlik mintaqalarida joylashganligiga qarab foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi: cho’l mintaqasida – 3,2 foiz; tog’oldi mintaqasida – 4,1 foiz; tog’ mintaqasida – 7,0 foiz. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati faqat belgilangan mezonlarga muvofiq yer solig’ining to’lovchilari hisoblangan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo’yicha aniqlanadi. Bunda imoratlar, inshootlar va xonadonlar deganda ularning faoliyat ko’rsatishi va xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari, bostirmalar, xonadonlar va maydonlar tushuniladi. Baliqchilik hovuzlari bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati tuman bo’yicha sug’oriladigan haydov yerlarning o’rtacha me’yoriy qiymati bo’yicha aniqlanadi. Imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab asosiy qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati bo’yicha 2 koeffitsiyentini qo’llagan holda aniqlanadi. Tuman bo’yicha hisobotlar yer-kadastr axboroti sifatida har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha elektron shaklda me’yoriy qiymat taqdim etilgan holda tuman yer resurslari va davlat kadastrining tegishli bo’limlariga topshiriladi. Har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning me’yoriy qiymati to’g’risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun tuman yer resurslari va davlat kadastri bo’limlariga taqdim etiladi. Tumanlar bo’yicha dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o’rtacha yillik narxlar va sotish hajmlari, shuningdek paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlariga o’rtacha xarid narxlar davlat statistika kuzatishlari ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish natijalari bo’yicha olingan foydaning miqdori O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yil yakunlariga binoan tumanlar bo’yicha yalpi daromadga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Download 287.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling