Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
Download 287.14 Kb.
|
10-mavzu Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlari, 1-yanvar holatiga, ming gektar
- Jami ekin ekilgan maydonlar tarkibi (barcha toifadagi xo’jaliklar)
- 2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlari to’g’risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadval Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlari, 1-yanvar holatiga, ming gektar
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlari miqdori 2020yilda 2017-yilga nisbatan 14,0 ming gektarga kamaygan. Mamlakatimiz miqyosida faqatgina Jizzax (1300 gektar), Buxoro (200 gektar) va Navoiy (100 gektar) viloyatlarida sug’oriladigan maydonlar 2020-yilda 2017-yilga nisbatan ko’paygan. Qolgan barcha viloyatlarda sug’oriladigan maydonlar kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa Sirdaryo (2500 gektar) va Namangan (2400 gektar) viloyatlarida ushbu ko’rsatkich yuqori bo’lgan. Mamlakatimizda aholi sonining ko’payishi evaziga oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarida xomashyoga bo’lgan talabning ortib borayotganligini inobatga olgan holda ushbu holatga e’tibor berilishi lozim. Qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan sug’oriladigan ekin maydonlari hajmini monitoring qilib borish, uning boshqa maqsadlarga ilmiy asoslanmagan holda ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va tejamkor sug’orish texnologiyalarini joriy etish evaziga sig’oriladigan ekin maydonlarini ko’paytirish maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda ekin maydonlarining boshqa maqsadlarga ajratilishi natijasida ularning umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2016-yilda barcha turdagi xo’jaliklarda umumiy ekin maydoni 3706,7 ming gektarni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2019-yilda 3309,4 ming gektarni tashkil etgan (5-jadval). 5-jadval Jami ekin ekilgan maydonlar tarkibi (barcha toifadagi xo’jaliklar)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan so’nggi yillarda mamlakatimizda kartoshka va sabzavotlar ekin maydonlari ko’payganligini ko’rishimiz mumkin. Ekin maydonlarining kamayishiga ikki turdagi omillar sabab bo’lmoqda: obyektiv omillar. Bunda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi yerlarining boshqa toifaga o’tishi obyektiv zaruriyat yuzasidan yuz bermoqda, ya’ni urbanizatsiya jarayonining amalga oshishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari qurilishi, magistral yo’llar o’tishi, ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etilishi natijasida ekin maydonlarining miqdori kamaymoqda. subyektiv omillar. Bunda joylardagi mutasaddilarning aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlari aholiga tomorqa sifatida noqonuniy berilishi, turli obyektlarning ekin maydonlarida ilmiy asoslanmagan holda joylashtirilishi natijasida ham ekin maydonlari kamayishiga olib kelgan. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish va mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish uchun sabzavotlar va poliz ekin maydonlarini, chorvachilikni barqaror rivojlantirish uchun esa ozuqa ekinlari maydonini ko’paytirish maqsadga muvofiq. 2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Yerning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini inobatga olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan nazorat qilib borish zarur. Bunda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin: a) umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti. Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin: Bunda: YFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti (foizi); FY - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; FMY - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga. Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uning darajasi 1 dan ortiq bo’lmaydi, imkon qadar 1 ga teng yoki 1 ga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi aniqlanadi. Shundan so’ng bunday holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choratadbirlari ishlab chiqiladi. b) yer maydonidan foydalanishlar soni. Uni aniqlash uchun haqiqatda urug’ ekilgan maydonni mavjud ekin maydoniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: UEM YFS = UМ Bunda: YFS - yerdan foydalanishlar soni, ya’ni xo’jalikda mavjud yer maydonlaridan foydalanishlar soni; UEM - bir yil mobaynida urug’ ekilgan maydon, ga; UM - umumiy ekin maydoni, ga; Bu ko’rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanilganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni birdan ko’p bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo’lgan yerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim. d) ekin maydonlarining mahsuldorligi. Bu ko’rsatkich asosan ekin turlari hamda umumiy maydon bo’yicha, natura va qiymat ko’rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular yordamida 1 gektar foydalanilgan maydondan qancha miqdorda (sentner, tonna) hamda necha so’mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin: Bunda: EMM - ekin maydonlarining mahsuldorligi, sentner/ga. YH - ekin maydonidan olingan yalpi hosil miqdori, sentner yoki tonnada; EM - ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga. Bu ko’rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo’yicha alohidaalohida aniqlanadi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlashda quyidagi qiymat ko’rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin: YMQ YD SF YM = ; ; QXY QXY QXY Bunda: YM - foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi, ya’ni, bir gektar qishloq xo’jalik yer maydonidan necha so’mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi; YMQ - olingan yalpi mahsulot qiymati, ming so’mda; QXY - qishloq xo’jalik yerlari, ga; YD - olingan yalpi daromad summasi, ming so’mda; SF - olingan sof foyda summasi, ming so’mda. Yer mahsuldorligi ko’rsatkichi muhim ahamiyatga ega bo’lib, agrar sohani intensiv rivojlantirish uchun ushbu ko’rsatkichga alohida e’tibor berish lozim. Download 287.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling