Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer
uchastkalari mavjud bo‘lgan va ushbu soliq
turini to‘lovchi yuridik shaxslar diqqatiga!
XABARNOMA.
Hurmatli soliq to‘lovchi!
Xalq deputatlari hududiy Kengashlari
qarorlari asosida
2022-yil uchun
qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i
stavkalari
qayta ko‘rib
chiqilganligi hamda
ushbu qayta ko‘rib
chiqilgan stavkalar
elektron soliq hisobotlarida aks ettirilganligi
munosabati bilan,
yuridik shaxslardan
olinadigan yer solig‘i aniqlashtirilgan hisobot yuborishingiz lozim bo‘ladi.
Buning uchun, 2022-yil uchun qaysi paket kod bilan yer solig‘iga (53-kodga) oldin
hisobot berilgan bo‘lsa, shu paket kod tanlanib, aniqlashtirilgan hisobot taqdim qilishingiz
mumkin.
Agar qayta hisobot yuborilganidan so‘ng "
aniqlashtirish zarur
" degan yozuv chiqib,
qayta hisobot avtomat tarzda qabul qilinmasa, barcha hisobotlar tegishli mas’ul davlat
soliq xizmati organi xodimlari tomonidan qabul qilinishi ta’minlanadi.
ESLATMA:
Qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa viloyat davlat soliq boshqarmasining
93-727-27-
62 raqami orqali tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Soliq xizmati - insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!
Boshqarma
boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari
F.Axmedjanov
Ijrochi: D.Quvondiqov
ID: 29142071
Sana: 13.05.2022
2022 yil “13” may
19/1-39410 - son