Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning bo’yicha prezident va vazirlar maxkamasining qarorlarini o’rganish


Download 36.46 Kb.
bet2/5
Sana23.02.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1223490
1   2   3   4   5
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING BO’YICHA PREZIDENT VA VAZIRLAR MAXKAMASINING QARORLARINI O’RGANISH

Annotatsiya: ushbu maqolada qishloq xo`jaligini rivojlantirish va mamlakt
oziq-ovqat xavfsizligini taminlashada banklarning ro`li hamda qishloq
xo`jaligiga ko`satilayotgan bank xizmatlarini takomillashtirish yo`llari
to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
kalit so`zlar: bank xizmatlari, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi,
fermer xoʼjaliklari, kreditlar va lizing.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oziq-ovqat dasturi qishloq
xoʼjaligini zamonaviylashtirish va uning samaradorligini oshirish, mahsulot
ishlab chiqarishni koʼpaytirish, turi va sifatini yaxshilashni koʼzda tutadi hamda
bu borada olib borilayotgan ishlarni moliyalashtirish uchun banklar kiridit berish
tizimlarini soddalashtirish yo`llarini ishlab chiqishi lozim bo`lib qoladi.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, 2014 - yilning birinchi yarim yilligida
mamlakatimizda qishloq xoʼjalik mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 15
311,6 mlrd. soʼmni tashkil etdi yoki 2013 - yilning shu davridagi koʼrsatkichdan
6,9 foiz koʼp boʼldi. Dehqon va fermer xoʼjaliklarining agrotexnik tadbirlarni oʼz
vaqtida olib borishi uchun banklar tomonidan yetarli miqdorda moliyalashtirilishi
natijasida gʼalla rekord hajmda – 8 mln. tonnadan ortiq miqdorda yetishtirilib,
yigʼib olindi. Fermer xoʼjaligining faoliyatiga qishloq xoʼjaligi mahsulotlari
yetishtirish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.04.2022
22-son www.academics.uz
bozorlarda, shu jumladan oʼz savdo shahobchalari orqali sotish, tijorat faoliyati
va marketinng tadqiqotlarini tashkil qilish, faoliyatning qonun hujjatlarida
taʼqiqlanmagan boshqa turlarni amalga oshirish kiradi.
2014 – yilning Yanvar-iyun oylarida tijorat banklarining 131,4 mlrd.
soʼmlik kredit mablagʼlari hisobiga joylarda 1430 ta chorva mollari sonini
oshirish, parrandachilik sohasida 155,3 mlrd. soʼmlik 660 ta, baliqchilik va
asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan 12,9 mlrd. soʼmlik 1 477 ta loyiha
moliyalashtirildi.
Hozirgi paytda tijorat banklari tomonidan qishloq hoʼjaligini
rivojlantirishga ajratilgan kredit mablagʼlari 778,6 mlrd. soʼmnidan ortiqni tashkil
etmoqda. Ushbu kreditlar asosan qishloq xoʼjaligi texnikasini sotib olishga, mevasabzavotchilik, uzumchilik, yangi bogʼ va tokzorlar yaratish, chorvachilik,
parrandachilik, asalarichilik, baliqchilikni rivojlantirish, tadbirkorlik
subʼektlariga issiqxonalar tashkil qilish va tomchilab sugʼorish tizimini joriy
etishga yoʼnaltirilgan.
Bank tizimining qishloq xoʼjalik korxonalari bilan uzviy hamkorligi
Prezidentimizning «Oʼzbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning
muhim zaxiralari» mavzusidagi xalqaro konferentsiyada: «...qishloq xoʼjaligini
isloh etish va modernizatsiya qilish, yerlarning meliorativ holatini va irrigatsiya
tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan
keng koʼlamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur...»ligi toʼgʼrisida
bildirgan koʼrsatmalariga uygʼundir.
Mamlakatimizda agrar soha salohiyatini oshirish, buning uchun qishloq
xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga daxldor korxonalarning
moliyaviy barqarorligini taʼminlash koʼp jihatdan bank tizimi bilan oʼrnatilgan
oʼzaro hamkorlik munosabatlariga bogʼliqdir. Buning uchun banklar tomonidan
soha korxonalarini, ayniqsa, dehqon va fermer xoʼjaliklarini moliyaviy qoʼllabquvvatlash, ularni koʼp tarmoqli xoʼjalik subʼektlariga aylantirishda bank tizimi
tomonidan qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan.

Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling