Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning bo’yicha prezident va vazirlar maxkamasining qarorlarini o’rganish


ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.04.2022


Download 36.46 Kb.
bet3/5
Sana23.02.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1223490
1   2   3   4   5
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING BO’YICHA PREZIDENT VA VAZIRLAR MAXKAMASINING QARORLARINI O’RGANISH

ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.04.2022
22-son www.academics.uz
Xususan, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash
boʼyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer
xoʼjaliklari va kichik biznes subʼektlarining kredit resurslari olishini hamda lizing
xizmatlaridan foydalanishini kengaytirishga qaratilgan loyihalarga imtiyozli
kreditlar 5 yildan kam boʼlmagan muddatga beriladi, shundan imtiyozli davr
kamida 18 oyni tashkil etadi.
Fermer xoʼjaliklari va kichik biznesning boshqa subʼektlariga mevasabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʼyicha minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun lizing xizmatlari
koʼrsatish muddati 7 yilgacha belgilangan.
Mazkur imtiyozli kreditlar va lizing boʼyicha foiz stavkalari bank bilan
fermer xoʼjaligi yoki kichik biznesning boshqa subʼekti oʼrtasidagi oʼzaro
kelishuvga koʼra, biroq Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi
qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʼlmagan miqdorda oʼrnatiladi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat
banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarga qishloq xoʼjaligi
mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʼgʼrisida»gi
Nizomida tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarga qishloq
xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, parrandachilik va asalarichilikni
rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun eng kam ish haqining
100 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar berish koʼrsatilgan.
Mazkur Nizomga muvofiq, shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarga:
mevali daraxtlar va uzum koʼchatlari sotib olish uchun bir yillik imtiyozli
davr bilan 3 yilgacha boʼlgan muddatga;
urugʼliklar, mineral oʼgʼitlar va oʼsimliklarni kimyoviy himoya qilish
vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va
asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha
boʼlgan muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling