«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha
O‘rta Osiyo daryolarining tavsiflari
Download 130.63 Kb. Pdf ko'rish
|
90uFtPagZWxrzIWR7M6ucaK3KCS0ezu5xv6XmQVJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daryolarning suv bilan i ta’minlanish xarakteri.
O‘rta Osiyo daryolarining tavsiflari
Daryo havzasi Suv yig‘ish maydoni ming km 2 O‘rtacha suv sarfi, m 3 /s Yillik oqim km 3 Oqim moduli, 1 km ga l/s Haydashg a yaroqli yer maydoni, ming gektar Tabiiy sug‘orish moduli 1 km ga l/s 14 Amudaryo havzasi 227 2500 79,5 11,0 10700 23,3 Panj 107 1000 35,0 9,3 380 258 Vaxsh 34 670 21,2 19,4 140 480 Kofirnigon 8 180 5,7 22,3 170 115 Surxondaryo 8 120 3,8 14,6 390 33 Amudaryo 199 2000 62,7 10,0 4200 47,6 Qashqadaryo 4 38 1,3 9,5 1350 2,8 Zarafshon 18 165 5,2 9,2 1800 9,2 Kopetdog‘ daryolari 223 90 2,8 0,4 2930 3,1 Sirdaryo havzasi 150 1200 38,0 8,0 5200 23 Norin 58 417 13,2 7,1 170 245 Qoradaryo 23 120 3,8 5,2 400 30 Sirdaryo 142 500 16,0 3,5 2800 17,8 CHirchiq 11 219 7,0 20,0 420 52 CHu 25 130 4,1 5,2 720 18 Daryolarning suv bilan i ta’minlanish xarakteri. Daryolarni doimiy ta’minlash manbai yog‘in – sochinning bir qismi infiltratsiyasi hisobiga hosil bo‘ladigan yer osti suvlari tog‘ va tog‘oldi oblastlarining yuza suvlaridir. Qishda qor erimaganda yer osti suvlari daryo suvining asosiy manbaidir. O‘rta Osiyo daryolari ta’minlanish xarakteriga qarab to‘rt tipga bo‘linadi: muz- qorli, qor – muzli, qorli va qorli – yomg‘irli ta’minlanish. Muz – qorli ta’minlanish tipidagi daryolar suv sarfi rejimi va oqimining yuqori turg‘unligi bilan hamda iyul – avgustda bo‘ladigan kechki toshqinlar bilan ajralib turadi. Ularning ta’minlanishi baland tog‘larning doimiy qor va muzliklari hisobiga bo‘ladi. Ulardan eng tipigi Amudaryodir. Qor – yomg‘irli tipdagi daryolar ta’minlanishida baland tog‘lardagi qor qatnashmaydi, lekin yomg‘ir oqimi sezilarli rol o‘ynaydi. Bu tipdagi daryolar yil davomida oqimining ko‘p o‘zgaruvchanligi va erta toshishi (may) bilan farq qiladi. Suv yig‘ish havzasi 1500 m dan pastda joylashgan Ohangaron daryosi bunga misol bo‘la oladi. Qorli – muzli ta’minlanish O‘rta Osiyo daryolarining tabiiy rejimining o‘ziga xosligini belgilaydi: yozda davomli (3-4 oy) suv sathining yuqori bo‘lishi toshqinliligi sug‘orish uchun qulaydir. Tog‘ tizmalarining balandliklari turlicha bo‘lishi va vertikal termik gradiyent mavjudliligi tufayli tog‘larda musbat havo harorati va qor erishi iyul – avgustga, ya’ni tekisliklarda qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga talabi keskin oshgan davrga to‘g‘ri keladi. Qorli va qorli – muzli manbali daryolar ekinlarni suv bilan ta’minlashi kuzgi- qishki oqimni va bahorgi toshqinlarni tartibga solish uchun suv omborlarini qurish taqozo etiladi. Qor – yomg‘ir bilan ta’minlanadigan suv manbalarini qisqa vegetatsiya davriga ega va suvga talabi kam bo‘lgan donli ekinlarni sug‘orishga ishlatgan ma’qul. Ta’minlanish manbaiga qarab daryolar oqimining yil davomidagi taqsimlanishi toshqinlarning o‘tish vaqti va davomiyligi bilan farqlanadi. Qor bilan ta’minlanadigan daryolarda toshqinlar aprel – may oylarida, muzdan ta’minlanadiganlarida iyul –avgust oylarida o‘tadi. Aralash manbaga ega bo‘lgan daryolarda ko‘pincha ikki marta toshqin: 15 bahorgisi – aprelda, yozgisi –iyulda davomli bo‘ladi. Hamma daryolarda oraliq davr oktyabr – fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Download 130.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling