Qishloq xo’jalik instituti


Tuproqning zichligi (hajm massasi)ni aniqlash


Download 334.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi334.85 Kb.
#1755662
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kitob 7579 uzsmart.uz

 
Tuproqning zichligi (hajm massasi)ni aniqlash. 
Tuproqning tabiiy holdagi tuzilishi hajmining massasi uning zichligi (hajm 
massasi) deb ataladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi 
shundaki, hajm massa tuproqning barcha massasi hajmini, ya’ni uning qattiq qismi 
va kovakliklarini o’z ichiga oladi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining 
zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan 1,8 g/sm
3
gacha o’zgarib turadi. Tuproq 
massasi hajmining qiymati uning kovakliklariga, qattiq qismining og’irligiga, 
tarkibidagi organik moddalar miqdoriga, tuproqning tuzilishi va boshqa omillarga 
bog’liq bo’ladi. 
Tuproqning zichligi ko’rsatkichi asosida tuproqdagi fizik shart-sharoitlar 
haqida ancha aniq tasavvur olish mumkin. Hajm massa tuproqning umumiy 
kovakligini, undagi oziq moddalar va nam miqdorini hisoblab topish uchun zarur. 
Tuproqning zichligi dala sharoitida, uning tabiiy tuzilishdagi buzilmagan holda 
maxsus metall silindrlar (N.A.Kachinskiy burg’ichasi singarilar) yordamida 
aniqlanadi (6-rasm). Silindrlar (kesuvchi halqalar) yog’och bolg’a bilan tuproqqa 
urib kirgiziladi va shu tarzda tuproq tuzilishini buzmagan holda kerakli hajmda 
namuna olinadi. Tuproq quritiladi, tarozida tortilib zichligi quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi:
V
m
d
V


bu yerda: d
V
-tuproqning zichligi, g/sm
3
: m-quruq tuproqning massasi, g: V-silindr 
(halqa) ning hajmi. 


6-rasm. Tuproqning hajmiy massasini aniqlash uchun
namunalarolishga mo’ljallangan, qopqog’i olinadigan silindr. 
Laboratoriya sharoitida tuproqning zichligi odatda tuzilishi buzilgan sochilma 
tuproq namunasidan aniqlanadi, bu esa yerga ishlov berilgandan keyingi haydalma 
qatlam tuproqning zichligiga taxminan mos keladi. 

Download 334.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling