Qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari
Korxona, uning faoliyat kursatish shartlari
Download 37.16 Kb.
|
QISHLOQ XO\'JALIK KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI
Korxona, uning faoliyat kursatish shartlariUzbekistan Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to`g`risida" gi konuniga binoan buxgalteriya hisobi yuridik shaxe hisoblangan mulkchilikning shaklidan qat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar pullaniladi. Korxona xalq ho`jaligining tarkibiy unsuri (elementa) hisoblanadi va tashkiliy jixatdan aloxida ajratilgan kismini anglatadi. Ho`jalik faoliyatining xususiyatiga kura sanoat, kishlok ho`jalik savdo va boshqalarga bulinadi. Ularning xar birida muayyan ho`jalik jarayoni amalga oshiriladi va tegishli mablag`lar mavjud buladi. Xar bir korxona u yoki bu mulkchilik shakli - davlat, yakkashaxs (shaxsiy), shirkat va tezkorga tegishli buladi. Davlat mulki - davlat shaxsidagi mulkdir. Mulkka yakkashaxsli ega bulishlik bir shaxs tomonidan yaratiladigan firma bulib u mulk egasiga shu firma ho`jalik faoliyati ustidan, uz shaxsiy manfaatlaridan qat`iy nazar, nazorat kilish imkonini beradi. Yuridik ma`noda mulkka yakka shaxsli ega bulishlik xam xususiy shaxs singari usha ho`jalik subyektidir. Uning uzi xamma foydani oladi yoki zarar ko`rish xamda barcha majburiyatlar buyicha shaxsiy mulki bilan javob beradi. Bunday firmalar Kushma shtatlardagi biznesning kupchiligini tashkil kiladi, lekin u, odatda mayda biznesdir. SHerikchilik (shirkatlar) uz kobiliyatlari va resurslarini birlashtiradigan ikki yoki undan kuprok mulk egalari tomonidan hosil kilingan firmadir. Bunda kompaniyachilar va shirkatning foydasi yoki zararini oldindan kelishilgan koidaga kura uzaro bulishadilar. Xar kanday katnashuvchi uzining xissasini boshqa tomonga topshirishi mumkin va zarur bulganda, xar birining shaxsiy mulki shirkatning majburiyatlarini" tulash uchuy olib kuyilishi mumkin. Ba`zi xollarda mulkchilarning biri yoki bir nechtasi uzlarining majburiyatlarini cheklashlari mumkin (masalan, firmaning ustav kapitaliga kilingan xissa badallarining xajmi bilan), lekin xech bulmaganda, ulardan biri shirkatning barcha majburiyatlari buyicha cheklanmagan javobgarlikni uz zimmalariga olishi kerak. Korporatsiya - xissalari aksiyadorlik kapitali ko`rinishida topshirgan mulk egalariga yuridik jixatdan buysinmaydigan firmadir. Aksiyadorlar korporatsiya operatsiyalarini to`g`ridan-to`g`ri nazorat kilaolmaydilar. Ular aksiyadorlar manfaati uchun foyda olish maqsadida korporatsiya ho`jalik faoliyatiga raxbarlik kiladigan direktorlar kengashini saylaydilar. Aksiyadorlar korporatsiyaning zararlari uchun fakat uzlarining badallari chegarasida javob beradilar. Agar aksiyador uz aksiyalarini sotsa, bu korporatsiyani tugatishga olib keladi. Yukorida kursatilgan korxonalarda ularning faoliyatiga raxbarlik kilishning xar xil usullari pullaniladi. Bu usullar asosan ular kaysi sohaga tegishli ekanliklariga borlik. Xozirgi paytda moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradigan kupchilik korxonalar odatda tijorat hisob-kitobiasosida faoliyat kursatishadi. Bunday korxonalar xususiylashtirilgan deb nomlanadi. Ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kupchilik kismida davlat (budjet)niki hisoblanadilar. Budjet tashkiloti va muassasalarining xususiyatlari asosan shundan iboratki, ular uzlariga xizmat kiladigan muassasalar yoki shaxslardan kilingan xarajatlarning kompensatsiyasini (tovon tulash) mutlako olaolmaydilar yoki juda kam kismini oladilar. Uz faoliyatlarini amalga oshirish uchun davlat korxonalari va tashkilotlari mablag`larni asosan davlat budjetidan oladilar. Korxonalarning ho`jalik alokalari shartnoma asosida amalga oshiriladi. xar bir korxona mol yetkazib beruvchilar bilan xam, xaridorlar bilan xam shartnoma tuzadilar. Bu narsa ularga uz ishlarida ratsional, tula va uz zimmasiga olgan majburiyatlarni vaqtida bajarishga yordam beradi. Bunda shartnomalar-kontraktlar korxonalar ho`jalik munosabatlarining asosi hisoblanadi. Korxonaning ishi barcha jamoa va aloxida xar bir xodimning ishini yaxshilashdagi manfaatdorligi asosida tashkil kilinadi. Moddiy manfaatdorlik bilan birgalikda tijorat hisob-kitobi korxonaning moddiy javobgarligi, uning raxbarlarining mulkchilar oldida resurslardan ratsional foydalanish, ho`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari uchun moddiy javobgarlikni nazarda tutadi. Xar bir korxona buxgalteriya hisobining tugallangin tizimiga egadir. Bu esa korxonaning barcha mablag`lari va uning barcha faoliyati buxgalteriya hisobi tomonidan tula va uzaro boglangan xolda kamrab olinar ekanligini anglatadi. Download 37.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling