Qishloq xoʼjаlik korxonаlаridа ishlаb chiqаrish zаhirаlаri hisobi


Download 23.3 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1782787
Bog'liq
davron 98


QIShLOQ XOʼJАLIK KORXONАLАRIDА IShLАB
ChIQАRISh ZАHIRАLАRI HISOBI

1.Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining tasnifi, tavsifi va baholanishi
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari deganda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirishning moddiy negizini tashkil etuvchi xom-ashyo va materiallar tushuniladi. Xarakterlisi shundaki, qishloq xoʼjalik korxonalarining bir sohasidan olingan asosiy va qoʼshimcha mahsulotlar ularning boshqa sohasi uchun xom-ashyo va material boʼlib ham hisoblanadi. Chunonchi, dehqonchilik sohasida etishtirilgan boshoqli donlar, beda, makkapoya, turli xas va xashaklar chorvachilik uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari boʼlib hisoblanadi. Oʼz navbatida, chorvachilikdan olingan qoʼshimcha mahsulotlar, masalan, nuri dehqonchilikda mineral oʼgʼitlar sifatida ishlatiladi.
Qishloq xoʼjalik korxonalari buxgalteriyasiga ishlab chiqarish zahiralari hisobi boʼyicha quyidagi vazifalari bajarish yuklatiladi:
• ishlab chiqarish zahiralarini turli belgilari boʼyicha toʼgʼri tasniflash va tavsiflash;
• ularning kirim va chiqim qiymatlarini toʼgʼri shakllantirish;
• ishlab chiqarish zahiralarining holati va harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish;
• ishlab chiqarish zahiralari harakatiga doir operatsiyalarni toʼgʼri va oʼz vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
• ishlab chiqarish zahiralari boʼyicha moddiy javobgar shaxslar tomonidan material hisobotlarini belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etilishini taʼminlash;
• ishlab chiqarish zahiralari boʼyicha inventarizatsiyalarni belgilangan muddatlarda oʼtkazish hamda ular natijalarida oʼz vaqtida tegishli schyotlarda aks ettirish;
• ishlab chiqarish zahiralari sintetik va analitik hisobini yuritish;
• ishlab chiqarish zahiralari holati va harakati toʼgʼrisidagi axborotlarni foydalanuvchilarga oʼz vaqtida yetkazish.
Qishloq xoʼjalik korxonalari ishlab chiqarish zahiralarini turli belgilari boʼyicha tasniflash va tavsiflash mumkin.
Qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishida tutgan oʼrniga koʼra qishloq xoʼjalik korxonalarining ishlab chiqarish zahiralari asosiy va yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga boʼlinadi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida asosiy ishlab chiqarish zahiralariga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarni etishtirishda ishlatiladigan urugʼliklar, mineral oʼgʼitlar, yem-xashak, dori-darmonlar va shu kabi boshqa materiallar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish zahiralarisiz dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirib boʼlmaydi.
Yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga dehqonchilik va chorvachilikda ishlatiladigan turli xoʼjalik materiallari, ehtiyot qismlar, yoqilgʼi, moylash materiallari, idish va idishbop materiallar, plenkalar, oʼrov materiallari va shu kabilar kiradi.
Saqlash usuliga koʼra qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan
materiallarga boʼlinadi. Urugʼliklar, mineral oʼgʼitlar, dorilangan don, doridarmonlar maxsus joylarida va moslamalarda saqlanadi. Yontoq, karrak, somon, beda va shu kabi yem-xashaklar ochiq joylarda, usti yopiq ayvonlarda, shuningdek omborlarda saqlanadi.
Kelib tushish manbalariga koʼra qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari ularning oʼzlari tomonidan etishtirilgan hamda chetdan sotib olingan guruhlarga ajratiladi. Yordamchi ishlab chiqarish boʼlinmalari tomonidan oʼz maqsadlarida ishlab chiqilgan koʼk massa, makkapoya, somon, arpa, bugʼdoy, urugʼliklar oʼz ishlab chiqarishidan olingan materiallar hisoblanadi. Taʼminotchilardan, taʼsischilardan va boshqa tashqi manbalar kelib tushgan ishlab chiqarish zahiralari oʼzi ishlab chiqmagan materiallar hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan mamlakatiga koʼra dehqonchilik va chorvachilik sohalarida qoʼllaniladigan ishlab chiqarish zahiralari mahalliy va xorijdan keltirilgan ishlab chiqarish zahiralariga boʼlinadi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlatiladigan har bir ishlab chiqarish zahirasini nomi, navi, hosildorligi va boshqa jihatlari boʼyicha tasniflash hamda hisobga olish zarurati ham mavjud. Bu, chunonchi, urugʼlik va oʼgʼitlarga bevosita tegishli. Olinadigan mahsulotning hosildorligi ushbu ishlab chiqarish zahiralarining aniq navlariga, sepilgan mineral oʼgʼitlarning turiga bevosita bogʼliqdir. Masalan, gʼallachilikda ishlatiladigan urugʼlikning «Elita» navi boshqa navlarga nisbatan hosildorlikni koʼproq beradi. Kartoshkaning ayrim mahalliy navlari 60-70 sentnergacha hosil bersa, uning gollandiya navi respublikamizning iqlim sharoitida gektariga 400 sentnergacha hosil berishi mumkin. Xuddi shunday chigitning turli navlari paxtani tez yoki kech pishishiga, shuningdek har chanoqdan turlicha miqdorda hosil olinishiga olib keladi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralariga turli maqsadlarda ishlatiladigan xoʼjalik inventarlari va anjomlari ham kiradi. Bunday ishlab chiqarish zahiralari boʼlib, chunonchi dehqonchilik va chorvachilikda koʼp ishlatiladigan ketmon, kurak, panshaxa, tirnagichlar, xalatlar, qoʼlqoplar, fartuklar, samavar, qozon, oʼchoq, kosa va tovoqlar, bidonlar, flyagalar, xaltalar, ip, arqon, toʼl, brezent va shu kabi koʼplab boshqa turdagi xoʼjalik inventarlari va anjomlari hisoblanadi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining muhim turlaridan biri – bu oʼstirishdagi va boquvdagi mollardir. Chorvachilik ishlab chiqarishida ushbu ishlab chiqarish zahiralari, bir tomondan ishlab chiqarish natijasi, ikkinchi tomondan esa, bevosita uning maxsus yoʼnalishi hisoblanadi. Shu bois ham qishloq xoʼjalik korxonalarida oʼstirishdagi va boquvdagi mollar hisobining xususiyatlariga darslikning keyingi qismlarida alohida toʼxtalamiz.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri boʼlib ishlab chiqarish zahiralari qiymatini toʼgʼri baholash hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar»ga muvofiq ishlab chiqarish zahiralarining hisob bahosi boʼlib ularning tannarxi hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi ularning kelib tushish manbasiga koʼra turli elementlardan tashkil topadi. Chunonchi, sotib olingan ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi oʼz ichiga ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qoʼshimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxona toʼlovlari, sertikatlash, brokerlarning xizmat haqlari va boshqalar)ni oladi. Sotib olishda taʼminotchilarga toʼlangan qoʼshilgan qiymat soligʼi (QQS) summasi ham qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari qiymatiga qoʼshiladi. Chunki, ular etishtirilgan qishloq xoʼjalik mahsulotlarini sotish boʼyicha qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼlovchilari boʼlib hisoblanmaydilar. Oʼz ishlab chiqarishidan olingan ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi ularni ishlab chiqarish bilan bogʼliq barcha moddiy, mehnat va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralari bir birligining oʼrtacha tannarxi kalьkulyatsiya qilish yoʼli bilan topiladi.
Taʼsischilardan, shuningdek bepul olingan ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi ularning shartnomalarda koʼrsatilgan baholardagi qiymatidan tashkil topadi.
Turli manbalardan kelib tushgan ishlab chiqarish zahiralari qishloq xoʼjalik korxonalarida, boshqa tarmoq korxonalaridagidek, FIFO yoki АVEKO usullardan biri asosida hisoblangan qiymati (tannarxi) boʼyicha hisobdan chiqarib boriladi.
2.Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini taʼminotchilardan sotib olinishi, taʼsischilardan taʼsis badali sifatida kirim qilinishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul olinishi xalq xoʼjaligining boshqa tarmoq korxonalaridagidek schyot-fakturalar, shuningdek ularga ilova qilinadigan turli hujjatlar (TTN, vagon spetsifikatsiyasi, sifat sertifikati, oʼlchov-tahlil qaydnomalari, dalolatnomalar va boshqalar) bilan rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini aholidan naqd pulga sotib olinishi hisobdor shaxslarning boʼnak hisobotlariga kiritilgan turli kvitantsiyalar, dalolatnomalar, cheklar, bozorlar maʼmuriyatlari tomonidan berilgan maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini chiqimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
- schyot-faktura – ishlab chiqarish zahiralarining turli boshqa
korxonalarga va xodimlarga sotilishida;
- limit – zabor kartasi, talabnoma, nakladnoy – ishlab chiqarish zahiralarining sarflanishida.
- mineral, organik va bakteriologik oʼgʼitlar, zaxarli ximikatlar va gerbitsidlarni xisobdan chiqarish dalolatnomasi – mineral va boshqa oʼgʼitlar, zaxarli ximikatlar va gerbitsidlarning sarflanishida.
-tovar-transport nakladnoyi – oʼsimlikchilik mahsulotlari tayyorlov tashkilotiga junatish (sotish)da;
- nakladnoy – ishlab chiqarish zahiralarining ichki xoʼjalik ehtiyoji uchun foydalanishda;
- em-xashak sarflash qaydnomasi – chorva mollarini ozuqlantirish uchun yem-xashak sarflash vaqtida;
- urugʼlik va ekish materiallarini sarflash dalolatnomasi –urugʼlik va koʼchat materiallarini sarflashda.
Qishloq xoʼjaligi korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini taʼminlash uchun ombor xoʼjaligi tashkil etiladi. Omborlar umumiy va maxsus omborlarga boʼlinadi. Umumiy omborlarda korxona extiyoji uchun zarur boʼlgan inventarlar, qop-qanorlar, idishlar va boshqa material boyliklar saqlanadi. Maxsus omborlar maʼlum turdagi zahiralarni saklash uchun tashkil etiladi, masalan, yoqilgʼi ombori, ugʼitlar ombori va x.k.
Ombor xoʼjaligini tashkil etilishi, tegishli uskunalar bilan jihozlanishi uchun korxona rahbari masʼul hisoblanadi. Omborda saqlanadigan zahiralar uchun ombor mudiri moddiy-javobgar shaxs hisoblanadi. Ombor mudiri ombor xoʼjaligi hisobini yuritadi. Bunday hisob registrlari boʼlib “Ombor hisobi daftari” yoki “Ombor hisobi kartochkasi” hisoblanadi. Ushbu hisobotlar ishlab chiqarish zahiralari kirimi va chiqimini aks ettiruvchi hujjatlar asosida yuritiladi.
3. Ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimiga kiruvchi schyotlarda yuritiladi. Chunonchi:
-1010 “Xom-ashyo va materiallar” schyotida oʼz ishlab chiqarishida qayta ishlash uchun moʼljallangan qishlok xoʼjalik mahsulotlari hisobga olib boriladi;
-1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar” schyotida sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar hisobga olib boriladi;
-1030 “Yogʼilgi” schyotida qishloq xoʼjalik korxonasi transporti va texnikasi uchun zarur boʼlgan barcha turdagi (qattik va suyuq) yoqilgʼilar hisobga olib boriladi;
-1040 “Ehtiyot qismlar” schyotida qishloq xoʼjalik texnikasi uchun sotib olingan barcha turdagi ehtiyot qismlar hisobga olinadi;
-1050 “Qurilish materiallari” schyotida qishloq xoʼjaligi korxonasida turli maqsadlarda ishlatish uchun sotib olingan qurilish materiallari hisobga olinadi;
-1060 “Idish va idishbop materiallar” schyotida barcha turdagi idishlar va idish materiallari (qoplar, bochkalar va boshqalar) hisobga olinadi;
-1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida qayta ishlash uchun boshka tashkilotlarga berilgan materiallar hisobga olib boriladi;
-1080 “Inventar va xoʼjalik jihozlari” schyotida qishloq xoʼjaligi korxonasidagi inventar va xoʼjalik jihozlari xisobga olib boriladi;
-1090 “Boshqa materiallar” schyotida yem-xashaklar, urugʼlik, oʼgʼitlar, asosiy vositalarni tugatishdan olingan metallolom, eskirgan shinalar, qayta ishlangan moylar va boshqa materiallar hisobga olib boriladi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi boʼlib ularning sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, oʼrtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qishloq xoʼjalik korxonasi hisob siyosatida belgilanadi.
Qishloq xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari kirimining hisobi boshqa tashkilotlardagi singari bevosita va bilvosita usullardan biri boʼyicha olib boriladi. Chunonchi, bevosita usulda ularning barcha manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schyotlarining (1010-1090 schyotlar) debetida toʼgʼridan-toʼgʼri aks ettiriladi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini aks ettiruvchi schyotlar (6010, 4290, 5010, 4610 va boshqalar) kreditlanadi.
Bilvosita usulda qishloq xoʼjaligi korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining taʼminotchilardan, oʼzining ishlab chiqarishidan kirim qilinishi dastlab 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida aks ettiriladi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini ifodalovchi schyotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Materiallar boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schyotning kreditida va 10101090 schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati oʼrtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagicha hisobdan chiqariladi:
(1) kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past boʼlganda:
Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
(2) kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan yuqori boʼlganda:
Debet 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida toʼplangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati oʼrtasidagi farq summasi xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlarning (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430) debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib tarzda qoʼshimcha yozuv yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarish zahiralarining qishloq xoʼjalik ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga taʼsis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (11.1-jadval).
Qishlok xoʼjalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining analitik hisobi ularning alohida turlari, chunonchi urugʼlik va ekish materiallari, oʼgʼitlar, turli xil ximikatlar, dori-darmonlar va boshqalar boʼyicha alohida ochilgan analitik hisob registrlarida yuritiladi.
4. Oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi
Qishloq xoʼjalik korxonalarida oʼstirishdagi va boquvdagi mollar aylanma aktivlarning muhim turini tashkil etadi. Ularni boqish jarayonida jonli mehnat sarfi, yem-xashak va boshqa xarajatlar qilinadi. Maʼlum yoshga yetganidan soʼng, oʼstirishdagi mollar asosiy podaga oʼtkaziladi va, aksincha, asosiy podadan brak qilingan mollar boquvga qoʼyilib, aylanma aktivlarga oʼtkaziladi.
Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar quyidagicha baholanadi:
-sut yoʼnalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar reja tannarxida baholanadi;
-gusht yoʼnalishidagi koramolchilikdan olingan buzoqlar tirik vaznini tirik vaznning reja tannarxiga koʼpaytirilib baholanadi;
-choʼchqachilikdan olingan choʼchqa bolalari tirik vaznini tirik vaznning reja tannarxiga koʼpaytirilib baholanadi;
-ishchi hayvonlardan olingan nasl ishchi hayvonning 60 ozuqa-kuni reja tannarxiga tenglashtirilib olib baholanadi;
-tuyalardan olingan nasl 120 ozuqa-kuni reja tannarxida baholanadi;
-parranda bolalari inkubatsiyaning sutkalik parranda reja tannarxida baholanadi.
-yangi asalari uyalari reja tannarxida baholanadi;
-chetdan sotib olingan oʼstirishdagi va boquvdagi mollar sotib olish bahosiga, barcha sotib olish va tashib keltirishga ketgan xarajatlar qoʼshib baholanadi.
-asosiy podadan brak qilinib, boquvga qoʼyilgan mollar balans bahosida baholanadi.
-asosiy podaga oʼtkazilgan yosh mollar hakikiy tannarxida baholanadi.
Har oyda oʼstirishdagi va boquvdagi mollar vazni oʼlchanib, ularning oshgan vazni evaziga yangi qiymati topiladi. Yil oxirida oʼsgan vaznning haqiqiy tannarxi aniqlangandan soʼng, reja va haqiqiy tannarxi oʼrtasidagi farq topiladi, ushbu farq summasi tuzatish yozuvlari qilinib oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniklanadi.
Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar hisobining asosiy vazifalari boʼlib quyidagilar hisoblanadi:
1)oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning bosh soni oshishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish;
2)poda tarkibidagi oʼzgarishlarni oʼz vaqtida hisobga olib borish;
3)oʼstirishdagi va boquvdagi mollarni parvarishlash va boqish
natijalarini toʼgʼri aniklash;
4)oʼstirishdagi va boquvdagi mollar harakatini toʼgʼri hujjatli rasmiylashtirish va ular hisobini oʼz vaqtida belgilangan tartibda yuritish.
Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar harakati quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
1. Tugʼilgan hayvon naslini kirim qilish dalolatnomasi (95- shakl). Bu hujjat buzoq, choʼchqa, qoʼy va ishchi hayvonlarning bolalarini kirim qilishda ferma mudiri yoki zootexnik tomonidan ikki nusxada tuziladi. Hujjatda nasl bergan hayvon kimga birkitilganligi, uning laqabi, nomeri, tugʼilgan nasl soni, jinsi, berilgan tartib raqami, ajralib turadigan belgilari koʼrsatiladi.
2.Hayvonlarni guruhdan-guruhga oʼtkazish dalolatnomasi (97-shakl). Bu hujjat korxona rahbari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tuziladi. Unda bir guruhdan ikkinchi guruhga oʼtkazilgan hayvon turi, vazni, qaysi guruhdan qaysi guruhga oʼtkazilganligi, kimga birkitilganligi koʼrsatiladi.
3.Mollar vaznini tortish qaydnomasi (98-shakl). Ushbu hujjat har oy oxirida tuziladi va unda har bir hayvonning oy boshi va oy oxiridagi vazni asosida oʼsgan vazn aniqlanadi.
4.Mollar va parrandalarni joʼnatish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi (1-k/x(chor)). Bu xujjatga asosan xaridor va buyurtmachilarga sotilgan hayvonlar hisobga olinib, joʼnatilgan mollar bosh soni, tirik vazni va boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
5 Mollar va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (100-shakl). Ushbu hujjat mollar soʼyilganda, kasalligi tufayli nobud boʼlganda tuziladi, unda mollarning hisobdan chiqish sabablari koʼrsatiladi.
6. Schet-faktura. Bu hujjat oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning chetdan sotib olinishi va chetga sotilishida tuziladi. Nasldor boʼlgan yosh mollar boʼyicha schyot fakturalarga ularning «nasldorlik guvohnomasi” ilova qilinadi.
7.Sutkalik yosh parrandalarning chiqishi va saralash dalolatnomasi (106shakl). Ixtisoslashgan xoʼjaliklarda inkubatsiyadan chiqqan joʼja va boshqa parrandalarni hisobga olishda tuziladi.
Chorvalik fermalarida oʼstirishdagi va boquvdagi mollarni xisobga olish daftari (34-shakl) yuritiladi. Ushbu daftarda yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar asosida hayvon va parrandalar tarkibidagi oʼzgarishlar hisobi yuritiladi. Har oyning oxirida daftardagi maʼlumotlar jamlanadi ular asosda “Mollar va parrandalar harakati toʼgʼrisida hisobot” (102-shakl) tuziladi. Ushbu hisobot ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi fermada, ikkinchi nusxasi boshlangʼich hujjatlar ilova qilingan holda buxgalteriyaga topshiriladi.
Oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning, chunonchi qoramol, choʼchqa, ishchi hayvonlar, qoʼy va echkilarning bolalari, boquvga qoʼyilgan hayvonlar, asosiy podadan brak qilinib burdoqiga qoʼyilgan hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar, asalari oilalari va boshqa hayvonlarning hisobi 1110
«Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» schyotida olib boriladi. Ushbu hayvonlarning saqlash xarajatlari 2010 “Аsosiy ishlab chiqarish” schyotlar tizimining “Chorvachilik” schyotida hisobga olib boriladi.
1110 “Oʼstirishdagi va boquvdagi hayvonlar” schyotida ularning harakati quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
*mahsuldor hayvonlardan olingan nasl yokiularning oʼsgan vazni summasiga Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 2010 «Chorvachilik».
*ishchi hayvonlardan olingan nasl yoki ularning oʼusgan vazni summasiga Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
*oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning taʼminotchilardan sotib olinishiga
Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 6010 «Taʼminotchilarga toʼlanadigan schyotlar».
*mollarni bozorlardan berilgan hisobdor summa evaziga sotib olinishiga
Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 4290 «Xodimlarga berilgan boshqa boʼnaklar».
* asosiy podadan brak qilinib, boquvga qoʼuyilgan mollar summasiga Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 9210 «Аsosiy vositalarning chiqimlari».
*taʼsischilardan taʼsis badali sifatida olingan mollarga
Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar»
Kredit 4610 «Taʼsischilarning ustav kapitaliga badali boʼyicha qarzlari».
*mollarni tekinga olinishiga
Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 8530 «Begʼaraz olingan mulk».
*oʼstirishdagi mollarni boquvdagi mollar guruhiga oʼtkazilishiga
Debet 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» Kredit 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar» * yosh mollarning asosiy podaga utkazilishiga Debet 0840 «Аsosiy podani shaklantirilishi» Kredit 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar».
*sotilgan yosh va burdoqidagi mollar summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimlari».
Kredit 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar»
*inventarizatsiya natijasida kam chiqqan mollar summasiga
Debet 5910 «Kamomadlar»
Kredit 1110 «Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar»
1110 “Oʼstirishdagi va boquvdagi mollar” scheti boʼyicha analitik hisob oʼstirishdagi va boquvdagi mollarning turlari, yoshi, jinsi, guruhlari boʼyicha olib boriladi.
Dehqonchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi, chorvachilikni yem-xashak bilan ta'minlaydi va bu tarmoqning rivojlanishida zamin hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligidagi islohotlarga doir hukumat qarorlariga ko'ra dehqonchilikda yaqin kelajakda don ekinlarining hosildorligini oshirish hisobiga olinadigan donning yillik o'rtacha yalpi miqdorini jiddiy o'stirishni, qishloq xo'jalik mahsulotlari (paxta, kartoshka va sabzavot, shuningdek, meva, rezavor, uzum) ishlab chiqarishni oshirishni ta'minlash nazarda tutiladi.
Dehqonchilik tarmog'ining muhim vazifalaridan biri chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish va ozuqa ishlab chiqarishni ko'paytirishdir. Bu vazifalarni bajarish qishloq xo'jaligining moddiy texnika ta'minotini har tomonlama mustahkamlash, dehqonchilikni ximiyalashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo'li bilan intensifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali ta'minlanadi.
Bu vazifalarning hal etilishida dehqonchilik tarmoqlariga qilinadigan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlarni aniq hamda o'z vaqtida hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dehqonchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'ta o'ziga xos xususiyatlarga ega tarmog'idir. Dehqonchilik tarmog'ida mablag'larning aylanishiga ishlab chiqarishning mavsumiylik xususiyati, jumladan, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar olinishi o'rtasidagi uzilish jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Dehqonchilik sohasiga ishlab chiqarish xarajatlari uzoq vaqt davomida qilinadi va o'ta notekis tusda bo'ladi. Sarflangan mablag'larning qoplanishi mahsulotlarning chiqishi, pishib etilishining tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning barchasi, tabiiyki, ushbu sohada xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda nazarda tutilishi lozim.
Dehqonchilikda ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etishi hamda xarajatlar bir-biri bilan bog'langan ikki yil hosili uchun parallel qilinishi tufayli, buxgalteriya hisobida ular yillar bo'yicha aniq chegaralanishi lozim. Shuning uchun qishloq xo'jalik korxonalarining dehqonchilik xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki qismga: joriy yildagi hamda kelgusi Yil hosili uchun qilingan xarajatlarga bo'linadi.
Bundan tashqari, dehqonchilikda xarajatlar ayrim ishlab chiqarishlarda ko'pincha konkret ekinlarni o'stirish uchun ham amalga oshiriladi. Bu ham buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishi lozim. Shuning uchun boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarish turlari va tegishli ekinlarni parvarish qilish bo'yicha tashkil etiladi.
Dehqonchilikdagi ishlab chiqarish — bir vaqtda amalga oshiriladigan jarayon emas. Ishlab chiqarish jarayoni yilning turli fasllarida (kuz, qish, bahor va yozda) bajariladigan har xil turdagi ishlardan tarkib topadi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi asosiy ishlar majmuidan iborat: tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarish qilish, hosilni yig'ishtirish. Bu majmuilarning har biri ko'p sonli aniq ishlardan, masalan, tuproqni ekishga tayyorlash, haydash, boronalash, mola bostirish, g'altaklash, kultivatsiyalash va shunga o'xshashlardan iborat. Demak, qilinadigan xarajatlar buxgalteriya hisobida bajarilgan ish turlari bo'yicha chegaralanishi lozim.
Dehqonchilik ishlab chiqarishi jarayonida muayyan ishlarni bajarishda turli xarajatlar qilinadi: neft mahsulotlari, urug'lik, o'g'it sarflanadi, mashinalar va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari qisman eskiradi, xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi va to'lanadi va hokazolar.
Bunday xarajatlaming barchasi hisobda alohida-alohida to'planishi lozim. Demak, boshqaruv hisobida dehqonchilik xarajatlarining hisobi umumiy summa bilan emas, balki xarajat moddalari bo'yicha yuritilishi kerak.
Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining tarqoqligi tufayli bir turdagi ishlar va xarajatlar xo'jalikning turli bo'linmalarida bir vaqtda qilinishi mumkin. Boshqaruv buxgalteriya hisobi dehqonchilikdagi xarajatlarning mas'uliyat markazlari bo'yicha chegaralanishini ta'minlashi lozim.
Shunday qilib dehqonchilik tarmog'idagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga ko'ra hisobda xarajatlar va tegishli yakuniy ma'lumotlarning olinishi quyidagilar bo'yicha chegaralanishi lozim:
  • ishlab chiqarishning yondash yillari bo'yicha;


  • ishlab chiqarish va ekinlarning asosiy turlari bo'yicha; bajariladigan ishlarning asosiy turlari bo'yicha;


  • xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) bo'yicha; - mas'uliyat markazlari bo'yicha.



Birinchi belgiga ko'ra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari bo'yicha ma'lumotlarni alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik schotlarini ochish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan o'tgan xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qo'shiladi (nomenklatura hisobi muvofiq kelmagan hollarda ular alohida moddalar bo'yicha taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar alohida ajratiladi.

Xarajatlarni turlari bo'yicha chegaralash, ya'ni ularni moddalar bo'yicha hisobga olish schotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish hisobiga ta'minlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi ko'p grafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schot bo'yicha xarajatlaming har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi.


Xarajatlarni xo'jalik bo'linmalari bo'yicha chegaralash, odatda, analitik hisobni tegishli tarzda tashkil etish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki ularning o'rnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi.
Xarajatlaming ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari bo'yicha chegaralanishi, ularni hisobga olishning turli uslublarini qo'llash orqali ta'minlanishi mumkin. Dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud.
Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvarishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi bo'yicha analitik schotlar ochishdir.
Dehqonchilik tarmog'i bo'yicha boshqaruv hisobida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari bo'yicha to'g'ri hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi; xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urug'lik, o'g'it, yonilg'i, yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa ta’luqli boshqa xarajatlar bo'yicha kerakli ma'lumotlar olinishini ta'minlash; olinayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini o'z vaqtida hamda to'liq hisobga olish; mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo'lgan axborotlarni iqtisodiy asoslangan holda bir tizimga keltirish va umumlashtirish; xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadigan kelgusi qishloq xo'jalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo ajratib (kuzgi ekinlar, ko'p yillik o'tlar, shudgorlash va shu kabilarning xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash;
tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar haqida zarur axborot berishni ta'minlash.


Xulosa
Ixtisoslashtirish mehnat taqsimotining ifodasi sifatida qishloq xo`jaligini samarali tashkil etishni asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida ixtisoslashtirish moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagidan keskin farq kiladi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini ayrim mahsulotga, shu mahsulotning biror qismiga yoki texnologik jarayoniga to`la ixtisoslashtirib bo`lmaydi.
Korxonaning qulay tarmoq tarkibi deganda, uning mavjud tabiiy, iqtisodiy resurslaridan to`g`ri foydalanish orqali mahsulot birligiga kam sarf-xarajat qilgan holda maksimal foyda olishga imkon beradigan mahsulotlar turlarini ma’lum bir mutanosiblikda yetishtirish tushuniladi.
Katta hajmdagi talabga ega bo`lgan, yuqori darajada mexanizatsiyalashish imkonini beradigan (paxta, g`alla, go`sht va sut yo`nalishidagi qoramolchilik, qo`ychilik va boshqa) tarmoqlarga ixtisoslashgan korxonalar nisbatan yirik hajmda tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
Ishlab chiqarish texnologiyasi ko`p qo`l kuchini talab etadigan va kam mexanizatsiyalashgan (bog`dorchilik, sabzavotlar, kartoshka, tamaki va boshqa) tarmoqlarda nisbatan kichik hajmli korxonalar samarali hisoblanadi. Korxonaning resurslardan eng yuqori va to`la foydalanish imkonini beradigan hajmi maqsadga muvofiq hajm bo`ladi.

Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling