Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


-rasm. A9-KIS maydalagich mashinasi


Download 1.82 Mb.
bet19/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

21-rasm. A9-KIS maydalagich mashinasi:
1 – bo‘nker, 2-karkas, 3-uzatma, 4-val
Pomidorni maydalash qurilmasi: T1-KOS-7,5 va T1-KOS-15 markali mashinalar pomidorlarni maydalash va urug‘larni ajratish uchun mo‘ljallangan. Mashinaning asosiy qismlari: ezish moslama, separator, qirg‘ich, rama, ezish moslamasi ikkita gorizontal parallel joylashgan barabanlardan iborat. Barabanlar sirtida uzun qirralar joylashgan, birinchi barabanning qirralari ikkinchi barabanning qirralari orasiga kiradi. Barabanlar duchma-duch aylanadi. Pomidorlar yuqoridan barabanlar orasiga tushadi va eziladi. Havo chiqarish uchun uskunasiga bug‘ yuboriladi.
Ezilgan pomidorlar separatorga tushadi. Separatorda xom ashyo shnek yordamida harakatlanib, ikkita fraksiyaga bo‘linadi. Sharbat va urug‘lar to‘rdan o‘tib qirg‘ichga yuboriladi. Pomidor mag‘zi va po‘stlari pichoq bilan maydalanadi va separatordan qirg‘ichga yuboriladi.
Qirg‘ich ichida to‘rli baraban, uning ichida esa val va uchta bich o‘rnatilgan. Bichlar yordamida separatordan chiqadigan mahsulot baraban ichida bir tekis taqsimlanadi. Baraban aylanganda markazdan qochma kuchlar ta’sirida mahsulot teshiklardan o‘tkaziladi. Baraban ichida qolgan urug‘lar alohida chiqariladi.
Qirg‘ich mashinalari. Qirg‘ich mashinalarida maydalangan yoki blanshirlangan mevalarni ikkita fraksiyaga: suyuq mevalar (mag‘zi bilan) va qattiq (urug‘lar, danaklar, meva bandlari) bo‘linadi.
Qirg‘ich mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi: mo‘ljallanganligiga ko‘ra urug‘li mevalar, danakli mevalar uchun (universal); ishlash tamoyiliga ko‘ra – bichli va bichsiz; barabanlarining shakliga ko‘ra – silindr yoki konussimon barabanli; shuningdek boshqarish usuli va ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha mashinalar farqlanadi.
Universal qirg‘ich. A9-KIT mashinasi universal bo‘lib quyidagi asosaiy qismlardan iborat: quvurli staninada (3) korpusi (1) o‘rnatiladi. Korpus qabul qilish bunkeri (5) va maydalangan massa uchun yig‘gichdan iborat. Yiggich (sbornik) nishabli lotok holda yasaladi. Qabul qilish bunkeri kojuxga qistiriladi. Bunker ichidan rotor vali o‘tkaziladi. Kojux qopqoq (2) bilan yopiladi (22-rasm).
Qirg‘ichning barabani karkas va to‘rdan tuzilgan. Karkas to‘rtta uzikdan iborat, uziklar orasida oltita yarim silindirli elak o‘rnatiladi. Baraban markazidan val o‘tadi, valga bichlar qistiriladi. Bichlar ikki xil bo‘ladi. Urug‘li mevalar uchun metall plastinali bichlar ishlatiladi. Danakli mevalar uchun metall qirrali va yassi bolg‘achalar holida ishlab chiqariladi.
Mashinaning ishlab chiqarish quvvati 1500 kg/soat ni tashkil etadi. Pomidor bo‘yicha, teshiklar diametri 1,5 mm (ishlab chiqarish quvvati 4000 kg/soat), urug‘li mevalar uchun teshiklar diametri 5 mm ni tashkil etadi.
Mahsulotni yaxshiroq maydalash uchun ular 2-3 marta qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Bunday hollarda ular ikki va uch barabanli, to‘rli qirg‘ichlarda maydalanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling