Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet21/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Ishning maqsadi: uzumni tashish, qabul qilish, maydalash va qayta ishlash uskunalari o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari, uzum, plastik kontenyerlar.
Nazariy ma’lumotlar: Uzumni tashish, qabul qilish. Uzum hosilini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yig‘ishtirib olish uchun hosilni yig‘ishtirish rejasini tuzish kerak. Reja hosil miqdorini oldindan aniqlash, meva saqlagich idishlari, zarur bo‘ladigan transport vositalari, quritish maydonchalarini, mahsulotni qishda saqlash uchun omborlar tayyorlash va shu kabi bir qator ishlab chiqarish texnologik ishlarni o‘z ichiga oladi. Hosilni yig‘ishtirib olish vaqti uning pishganligi yoki ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish uzumning qandliligi va kislotaliligi bu maqsad uchun yaroqliligi bilan belgilanadi. Kishmish navlar qandliligi 24–25% ligida, mayizbop navlar – 22–23% ligida uzib olinadi. Oq musallas ishlab chiqarish uchun uzum qandliligi 17–18%, qizil musallas uchun 18–20 % ligida, xo‘raki navlar tarkibida qand miqdori 16–17% va undan yuqoriligida yig‘ishtirib olinadi.
Uzum quritish yoki joylarga yuborish uchun mo‘ljallangan tokzorlarni sug‘orish hosil yig‘ishtirib olishdan 2–3 hafta oldin to‘xtatilishi kerak. Uzumni havo quruq vaqtda uzish kerak. Xo‘raki navlar tanlab, faqat pishgan uzum boshlarigina uziladi. Uzum boshlari o‘tkir bog‘ qaychi yoki maxsus qaychilar bilan kesiladi, bunda uzum boshini bandidan ushlab turish kerak. Zararlangan yoki shikastlangan mevalar alohida joylanadi. Uzilgan uzum boshlari yashiklarga yoki sig‘imi 10–12 kg li savatlarga joylanadi. Navlarni aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uzumni qatorning o‘rtasidan boshlab uzish va qatorning ikki tomonidagi yo‘lga olib chiqish kerak.
Uzum maxsus shiypon yoki joyida yashiklarga joylanadi. Uzumni yashiklarga joylashtirishda bandlari pastga qaratib qo‘yiladi, yashikda bo‘sh joylar bo‘lmasligi kerak, bunday joylarga massasi 150 gr dan kam bo‘lgan uzum boshlari joylanadi.
Uzumni poezdlarda yoki samolyotda jo‘natishda yashik qopqog‘ining ikkita chetki taxtachalari qoqilgan bo‘lishi kerak. Yashiklarni taxlashda bu taxtachalar reyka-qistirmalar uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Uzum quritish uchun sig‘imi ko‘pi bilan 20 kg li yashiklarga yig‘iladi va quritish punktiga tashiladi, u yerda saralanadi va yaroqsizi chiqarib tashlanadi. Ezilgan va yaxshi pishmagan yirik uzum boshlari g‘ujumlarga bo‘linadi va keyingi jarayonga uzatiladi.
Uzum terish va tashishda ishlatiladigan anjom-uskunalar juda sodda va xo‘jalikda tayyorlanishi mumkin. Bularga narvon, savat, chelak, ilmoqlar va boshqalar kiradi. Anjom-uskunalar juda qisqa muddat ishlatiladi, lekin qolgan vaqtlarda ular ko‘zdan kechirilib, tuzatilib yetishmagani to‘ldirilib turiladi. Saralangan uzum mahsuloti albatta yashiklarga joylanadi. Yashiklar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, oborot yashiklar, ya’ni shu xo‘jalikda 2-3 marotaba ishlatiladigan, lekin boshqa joylarda konserva zavodi, uzoq muddat saqlashga, bozorga ishlatilmaydigan yashiklardir. Ikkinchisi, standart yashiklar.
Bu yashiklar hammasi nomerlangan va har biriga ma’lum miqdorda mahsulot joylanadi. Masalan, uzum 1-sonli standart yashiklarga joylanadi. Uzumni joylash uchun namligi 25% li yog‘och va taxtalar ishlatiladi. Buning sababi bu namlikdan pastroq bo‘lgan taxtalarni ishlatish man etiladi, chunki namligi past bo‘lgan yashiklar yangi uzilgan uzumni so‘litib qo‘yadi. Hamma yashiklar , yig‘im tugagandan keyin yoki saqlash vaqtidan o‘tgandan keyin yaxshilab ko‘zdan kechiriladi, ta’mirlanadi, qaynoq suvga botirilib olinadi yoki fumigatsiya qilinib, bostirma ostiga taxlanadi. Xo‘raki uzumlarni uzoq muddat saqlash yoki uzoq joylarga jo‘natish uchun asosan joylash materiallaridan qog‘oz ishlatiladi. Juda kamdan-kam xolatda yog‘och yoki taxta qipig‘i ishlatiladi.
Hamma turdagi mevalar, jumladan uzum uzish uchun ham eng yaxshi idish savatdir. Tagining kengligi 20sm, usti 30sm, balandligi 40sm keladigan chelaksimon cho‘ziq savat uzum terish uchun juda qulay hisoblanadi. Iste’mol va mayiz qilinadigan uzum hosilini terish uchun 10-12kg uzum sig‘adigan yassi va dumaloq savat eng yaxshi hisoblanadi. Bu savatda uzumlar ezilmaydi. Vinobop uzumlar uchun 15-20 kg sig‘adigan bo‘lishi kerak. Saqlashga qo‘yiladigan yoki uzoqqa yuboriladigan, iste’molga mo‘ljallangan uzumning xo‘raki navlarini saralash joylariga tashishda yengil zambillardan foydalaniladi.
Sharob ishlab chiqarish, sharbat tayyorlashga mo‘ljallangan uzumlar savatlardan olinib, bochkalar yoki katta yashiklarga to‘ldiriladi va qayta ishlash punktlariga jo‘natiladi. Bog‘i bo‘lgan har bir xo‘jalikda uzumlarni navlarga ajratish, yashik va boshqa idishlarga joylash hamda jo‘natguncha saqlab turish uchun maxsus binolar bo‘lishi, shuningdek, mahsulotni, idishlarni hamda ishchilarni oftob, chang va yomg‘irdan saqlaydigan inshootlar zarur. Buning uchun yotoqxona va hokazolar qurish mumkin. Bostirmaning to‘rt tomoni ochiq qolishi kerak. Buning uchun yog‘och, temir yoki g‘isht ustunlar ustiga ikki tomonga qiya qilib tom yopiladi. Bostirmada qo‘yidagilar bo‘lishi lozim; a) bog‘dan keltirilgan mahsulotni qabul qilinadigan maydoncha; b) uzumlarni navlarga ajratish, yashiklarga joylash va tamg‘alash bo‘limi; v) joylash materiallari saqlanadigan ombor; g) kichikgina idora. Bostirmaning bo‘yi eniga nisbatan 3 yoki 4 marta katta bo‘lishi kerak. Bostirma qurish imkoniyati bo‘lmaganda, uzumni navlarga ajratish va yashiklarga joylash uchun vaqtincha chayla quriladi yoki brezent chodir tikiladi. Bostirma tokzor maydonidan chetda bo‘lishi lozim. Bostirmaning ishga yaroqli maydoni 500 kv, metrdan kam bo‘lmasa, bu bostirmada har gektaridan 20 tonnadan hosil bergan 20-25 gektar tokzor hosiliga tovar ishlov berib joylash mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling