Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Cho‘michli blanshirlash uskunalari


Download 1.82 Mb.
bet26/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Cho‘michli blanshirlash uskunalari. Cho‘michli blanshirlash uskunalari ham amalda keng qo‘llanilmoqda. Bu uskunalarda (BK) ko‘k no‘xat, karam, kartoshka, sabzi va boshqa mahsulotlar suv va bug‘da blanshirlanadi. Uning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: vanna (1), mahsulotni tashuvchi chumichlar (2) va (3) bug‘ uzatish barbatyori. Uskunaning ish quvvati xom ashyo turiga bog‘liq, masalan no‘xat uchun 0,56 kg/soniya, sabzi 0,32 kg/soniya, suv sarfi 0,05 l/soniya.
BK uskunasining ish quvvati (kg/soniya) quyidagi formuladan topiladi:
G=
Bu yerda: – kovsh markazlari orasidagi masofa, m;
g – bir kovshdagi mahsulot massasi, kg;

24-rasm. BK blanshirlash uskunasi.
1-vanna, 2-cho‘michlar, 3-barbater,
Blanshirlash uskunalarining issiqlik hisobi. Issiqlikni hisoblashda bug‘, sovutadigan suv sarflari va isitish sirti aniqlanadi. Uskunalarda suv barbotyorlar orqali qizdirilganda mahsulotni isitish uchun issiqlik sarfi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Q1=Gc (t2-t1)
Bu yerda:G – mahsulotning og‘irligi, kg/soniya;
s – mahsulotning issiqlik sig‘imi, Dj/kg K.
t1 va t2 – mahsulotning o‘rtacha boshlang‘ich va oxirgi harorati, 0S.
t2 isitish muhiti haroratidan 2-30S past qabul qilinadi.
Suv sirtidan namlikni bug‘latish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q2=Fbug‘·Kbug‘·(p1-p2)·r
Bu yerda:Fbug‘ – bug‘latish sirt maydoni, m2;
p1 – bug‘ning mo‘rtligi (bug‘lanish haroratida), N/m2;
p2 – bug‘ning mo‘rtligi (havo haroratida), N/m2;
 – havoning nisbiy namligi, = 0,7.
r – bug‘latish issiqligi, Dj/kg;
Kbug‘ – bug‘latish koeffitsenti, kg/(sek· m· N/m2)
Suvni issitish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q3=Wc(t4-t3)s
Bu yerda:Wc – qo‘shiladigan suv miqdori, kg/sek.
t3 va t4 - qo‘shiladigan suvning dastlabki va oxirgi harorati, 0C.
Transportyor tasmasini isitish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q4=Gt·St(t5-t6)
Bu yerda:Gt – tasmaning og‘irligi, kg
St – tasmaning issiqlik sig‘imi, Dj/(kg·grad).
t5 va t6 – tasmaning dastlabki va oxirgi temperaturalari, 0C.
Gt= Gl
Bu yerda:Gl – 1 m tasmaning og‘irligi, kg;
 – tasmaning harakatlanish tezligi, m/soniya.
Tashqi muhitga ajraladigan issiqlikni kompensatsiya qilish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q5=F0(tv-tx)
Bu yerda:F – vannaning sirt maydoni, m2;
0 – issiqlikni berish koeffitsenti, Vm/m2;
tb – vanna sirtining o‘rtacha harorati, 0C;
tx – havo harorati, 0C.
Umumiy issiqlik sarfi quyidagi ifodada topiladi:
Qum=Q1+Q2+Q3+Q4+Q5
Blanshirlash bug‘ muhitida o‘tkazilganda:
Q1um=Q11+Q12+Q13+Q14
Bu yerda:Q11 – mahsulotni isitish uchun issiqlik sarfi,
Q12 – transportyor tasmasini isitish uchun issiqlik sarfi,
Q13 – tashqi muhitga ajraladigan issiqlikni kompensatsiya qilish uchun issiqlik sarfi,
Q14 – bug‘ni yo‘qotilishi,
bunda Q4=
Bu yerda:quvurli blanshirlash uskunalari uchun =50-100%,
quvursiz blanshirlash uskunalari uchun =10-20%.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling