Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


-rasm. Barabanli yuvish mashinasi


Download 1.82 Mb.
bet11/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

9-rasm. Barabanli yuvish mashinasi:
1 – karkas; 2 – vanna; 3, 12 – lotoklar; 4, 5, 6 – barabanlar; 7 – elektrodvigatel; 8 – lyuk; 9 – richag; 10 – umumiy val; 11 – ventil.
Cho‘tkali yuvish mashinasi. Cho‘tkali yuvish mashinasi (T1-KUM-Sh) bodring, kartoshka, qovoqcha, urug‘li mevalarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Mashinaning asosiy qismi metalldan tayyorlangan 4 ta tirgakga o‘rnatilgan vanna (1) bo‘ladi. Vannaning yuqorigi kismda beshta blok (11) o‘rnatiladi, bloklarda kapron va rezina barmoqli cho‘tkalar yig‘iladi.
Bloklar ostida beshta seksiyadan iborat bo‘lgan cho‘tkali taglik bo‘ladi. Har bir seksiya ketma-ket o‘rnatilgan plyonkalar va cho‘tkalardan iborat. Harakatlanmaydigan va aylanadigan cho‘tkalar orasidagi masofa ekssentriklar (12) yordamida o‘zgartiriladi.
Vannaning oldingi qismida begona qattiq narsalarni ajratish uchun metall panjara (13) o‘rnatiladi, oxirida esa kovshli (3) elevator (4) bo‘ladi. Elevatordan keyin rolikli transportyor o‘rnatiladi.
Elevator va rolikli transportyorga parallel qilib shprisli moslamalar (2) o‘rnatiladi. Suv quvurdan ventil (5) orqali keladi, ortiqcha suv cho‘ntak (14) orqali olib chiqiladi.
Xom ashyo vannadagi metall panjaraga tushib, cho‘tkali bloklar ostiga qarab harakatlanadi, bu yerda yuviladi va bloklar yordamida elevatorga qarab harakatlanadi. Elevator orqali xom ashyo rolikli transportyorga ko‘tariladi va chayqatiladi (10-rasm).

10-rasm. Cho‘tkali yuvish mashinasi:
1 – vanna; 2 – shprisli moslamalar; 3 – kovsh; 4 – elevator; 5 – ventil; 6 – porshen; 7 – harakatlantiruvchi zanjir; 8 – shestyorna; 9 – elektrodvigatel; 10 – cho‘tkalar; 11 – blok; 12 – ekssentrik; 13 – metall panjara; 14 - cho‘ntak
Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Jadvalni to‘ldiring

Mashina turi

Qaysi meva-sabzavotlarda qo‘llaniladi?

Cho‘tkali yuvish mashinasi




Barabanli yuvish mashinasi




Silkitib yuvish mashinasi







Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling