Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet12/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Nazorat savollari:

  1. Yuvish mashinalarining tasnifi.

  2. Qattiq meva va sabzavotlarni yuvish uchun mashinalar turlari.

  3. Yumshoq mevalarni yuvish uchun mashinalar turlari.

  4. Silkitib yuvadigan qurilmaning tuzilishi.

  5. Barabanli qurilmaning tuzilishi


4 – AMALIY MASHG‘ULOT
MEVA-SABZAVOTLARNI ARALASHMALARDAN TOZALASH, SARALASH, INSPEKSIYA VA KALIBRLASH USKUNALARINI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: Meva-sabzavotlarni aralashmalardan tozalash, saralash, inspeksiya va kalibrlash uskunalarining konstruksiyasi, ishlash prinsi va ularga oid hisoblash ishlarini o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: saralanmagan, tozolanmagan va inspeksiyalanmagan meva-sabzavotlardan namunalar, plakat va stendlar.
Nazariy ma’lumotlar: Meva va sabzavotlarni saralash qurilmalari. Saralash jarayonida mahsulotlar sifatiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Inspeksiya jarayonida chirigan, pishmagan, mexaniq shikastlangan mevalar ajratiladi. Kolibrlash jarayonining maqsadi – meva-sabzavotlarni o‘lchamiga ko‘ra saralash.
Saralash va inspeksion konveyerlari transport vositalari sifatida ishlitilishi mumkin va ulardan ishchi joylar hamda chiqindilarni olib chiqish moslamalari mavjudligi bilan farq qiladi.
Tasmali saralash konveyeri. Transportyor 1-korpusida ikkita 3-tortuvchi va 4- uzatuvchi barabanlar o‘rnatilgan. Baraban orasida to‘siqlar bilan 5 ta qismga bo‘lingan 2-rezinali tasma o‘rnatilgan. Yonbosh hajmlarga kelib tushadigan xom ashyoni ishchilar saralab o‘rtadagi qismga standart bo‘lmagan mevalarni qo‘yishadi.
Xom ashyo bunkerga yuklanadi va uchta lotok orqali chiqariladi. Transportyor elektrodvigatel yordamida ishlaydi.

13-rasm: Inspeksion rolikli konveyer:
1 – karkas; 2 – bunker; 3 – transportyor tasmasi; 4 – roliklar; 5 – uzatma barabani.

14-rasm. Saralash konveyeri:
1 – korpus; 2 – rezenali tasma, 3,4-barabanlar, 5-to‘siq
Transportyorning uzunligi 4, 5, 7, 8, 9, 10; tasmasining eni 500, 560 yoki 800 mm bo‘ladi. Tasmaning harakatlanish tezligi 0,067; 0,1; 0,133 m/soatgacha bo‘ladi. Tasmaning oxirida yuvish moslamasi o‘rnatilgan.
Bunday turdagi konveyerlar mayda o‘lchamli xom ashyo (no‘xat, gilos, olcha) uchun ishlatiladi
Pomidor, olma, shaftoli va boshqa mevalar uchun rolikli transportyorlar ham ishlatiladi. Bunday transportyorlarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: karakas (1), transportyor tasmasi (3), yuklash bunkeri (2), cho‘ntaklar, uzatma va dush moslamasi (5). Roliklar (4) harakatlanganda ular ustidagi mevalar aylanadi.
Mahsulot bunker orqali konveyerga tushadi, bu yerda boshqaradigan to‘siq o‘rnatilgan. Uning yordamida tushadigan mahsulot qavati nazorat qilinadi. Chiqindilar uchun konveyerning ikki tomonida maxsus cho‘ntaklar joylashgan.
Inspeksion transportyorlarni hisoblashda tasmaning kerak bo‘lgan uzunligi va eni aniqlanadi. Ishchilar transportyorning ikki tomonida joylashganda transportyorning uzunligi quyidagi tenglamadan hisoblanadi:
L= +l+p
Bu yerda:  – ishchi joyning eni, m;
G – xom ashyo miqdori, kg/soniya;
g – ishlash me’yori, kg/soniya;
l – transportyorning oxirida joylashgan yuvish qurilmasining uzunligi, m;
p – ishlatilmaydigan tasmaning uzunligi.
Transportyorning ishlab chiqarish quvvati saralanadigan mahsulotni tekshirish imkoniyatini e’tiborga olgan holda aniqlanadi. Amaliy tekshirishlar asosida tasma enining har bir 0,1 m qismiga ishlab chiqarish quvvati 0,28 kg/soniyani tashkil etishi aniqlangan.
Transportyorning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formuladan topiladi:
G=vk
Bu yerda: – tasmaning tezligi, =0,1-0,12 m/soniya;
v – tasmaning eni, v=0,6-0,9 m;
k – tasmaning har 1 m2 joyiga yuklanadigan xom ashyo miqdori, k=17-18 kg/m2
Kolibrlovchi uskunalar. Xom ashyoni o‘lchamlarga ko‘ra saralash uchun barabanli, trosli, valikli-tasmali, rolikli, shnekli va boshqa kalibrlovchi uskunalar qo‘llaniladi (14-rasm).
15-rasm. Kalibrlovchi uskunalar ishchi organlarining tuzilishi sxemalari:

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling