Qishloqlarni arxitektura va me‘moriy rejalashtirish talablariga ko‘ra loyihalashtirish va qayta qurish. Reja: kirish I bob. Qishloq aholi joylarining rekonstruksiyasi
Download 10.2 Kb.
|
1 2
Bog'liqkurs ishi shaxs jamiyat
Rejaviy tuzilma. Aholi joylashgan hududning kattaligi, aholi soni, oilaning o'rtacha kattaligi, tomorqa uehastkalarining maydoni, qishloq aholi punktining rejaviy tuzilmasi kattaligi va xususiyatlari, landshaft - iqlim sharoitlari turiga b o g iiq holda qabul qilinishi lozim. Dastlabki' hisob-kitoblar uchun aholi joylashgan hududning kattaligi qo‘llanilgan qurilish turlariga qarab 6-jadval bo'yicha aniqlanishi mumkin.
Aholi yashash joylari bajaradigan vazifasi va aholi soniga qarab, ikkita asosiy kategoriyaga ajratiladi - shahar va qishloq aholi yashash joylari.Bizning yurtim izda qishloq aholi joylashishi jamiyat va hududni xo‘jalik o‘zlashtirilishining tarixiy rivojianish jarayonida amalga oshdi. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri ostida amalga oshgan. Aholining mehnat faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq aholi joylari quyidagi guruhlarga ajratiladi: qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va xizmat vazifasiga ko‘ra. Qishloq aholi joylari kategoriyasiga kiruvchi manzilgohlar ichida qishloq xo'jaligiga yo‘nalganlari katta ahamiyatga ega. Uning hisobiga barcha qishloq manzilgohlarining 90 % i qishloq aholisining esa 96 % i to‘g‘ri keladi. Qishloq aholi joylarini loyihalash tuman rejalashtirish loyihalarida ko'rib chiqiladigan ishlab chiqaruvchi kuchlarni va aholini joylashtirishga mos holda olib boriladi. Qishloq joylarini rejalash va qurish loyihasining vazifasi - uning kelajakda rivojlanishini, rejaviy tuzilishini, hududni funksional va qurilish qismlariga ajratish, turar-joy, madaniy-maishiy va sanoat obyektlarini rejalashtirish lozim. Loyihalanadigan aholini joylashtirish sistemasida barcha qishloq aholi joylari bir xil ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmaydi. Shuning uchun aholi joylashishi va qishloq aholi punktlarini loyihalash bilan bog'liq bo‘lgan ko'pgina vazifalami hal qilish uchun qishloq joylarini quyidagi guruhlarga ajratiladi: • tuman markazlari, • to 'p markazlar, • qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy markazlari, • sanoat bo limlari markazlari. • tarmoq markazlar. Zamonaviy qishloq - turar-joy va ishlab chiqarish hududlarining funksional yaxlit majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. Qishloqning ishlab chiqarish hududi - shaharlardagi kabi ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari to‘plangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari (chorvachilik va parrandachilik, issiqxonalar majmuasi. qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, qishloq xo'jalik mashinalarini saqlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish muassasalari) joylashgan hududlar kiradi. Kommunal-ombor hududlari qishloq aholi yashash joylarida alohida bir hududiy bo‘linma sifatida shakllanmaydi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar (hammom, kir yuvish muassasalari, garajlar) qisman turar-joy hududida (omborxona xo'jaligi, o't o'chirish xizmati deposi) joylashishi mumkin. Markaz - aholi yashash hududi tarkibiga kiradi. Tumanning ma’muriy markazi hisoblangan qishloqlarda markaz alohida hududiy b o lin m a sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Qishloq aholi yashash jovlaridagi jam oat binolarining tarkibi va ulardagi o’rinlar soni nafaqat shu qishloq aholisining, balki, yaqin atrofdagi qishloqlar aholisining soniga ham bog‘liq bo‘ladi. Qishloqlaming tuzilishi va ulardagi xizmat ko‘rsatish tizimining tashkil etilishi qishloqning turiga, aholisining soniga, markazning qay darajada rivojlanishiga va aloludaligiga b ogiiq. Download 10.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling