Qishloqlarni arxitektura va me‘moriy rejalashtirish talablariga ko‘ra loyihalashtirish va qayta qurish. Reja: kirish I bob. Qishloq aholi joylarining rekonstruksiyasi


Download 10.2 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1443014
  1   2
Bog'liq
kurs ishi shaxs jamiyat


Qishloqlarni arxitektura va me‘moriy rejalashtirish talablariga ko‘ra loyihalashtirish va qayta qurish.
Reja:
KIRISh
I BOB. Qishloq aholi joylarining rekonstruksiyasi
1.1. Qishloq aholi yashash hududlarining rekonstruksiya maqsadi va vazifalari
1 2. Qishloq aholi joylarining markazi rekonstruksiyasi
II BOB. Qishloqlarni arxitektura va me‘moriy rejalashtirish talablariga ko‘ra loyihalashtirish va qayta qurish
2.1. Qishloq aholi yashash hududlarining arxitektura - rejaviy tuzilishi
2.2. Qishloqlarni loyihalashtirish va qayta qurish
XULOSA.

I BOB. Qishloq aholi joylarining rekonstruksiyasi
1.1. Qishloq aholi yashash hududlarining rekonstruksiya maqsadi va vazifalari
Yangilanishni talab etilayotgan qishloq rekonstruksiyasi quyidagilarni tashkil etadi:
-mavjud qishloq asosida xizmat ko'rsatish muassasalarining rivojlantirish va yangilarini qo'shish va qisman turar joy zaxirasini kengaytirish yo‘li bilan rejalashtirish loyihasiga va qurilmalarga o'zgartirishlar kiritish;
- mavjud qishloq yaqinidagi hududda yangi qishloqni rejalashtirish va qurish loyihasini tuzish.
Birinchi holda mavjud bo'lgan (tayanch) qurilma saqlanib qoladi va faqatgina turar joy binolari va jamoat binolarining kerakli soni bilan to'ldiriladi. Ikkinchi holda mavjud qurilma amortizatsiyagacha (to‘liq eskirguncha qadar) saqlanib qoladi va kompozitsiya jihatidan yangi qurilma bilan bog‘lanmaydi. Ikkala holda ham qishloq hududini funksional qurilish zonalarga ajratilishini saqlab qolish, amalga oshirish yoki rivojlantirish zarur.
Rekonstruksiya etilayotgan qishloq hududini funksional zonalarga bo‘lishda shuningdek, odatda, ikki zona ajratiladi: 1) seliteb (turar joy, jamoat markazi, park); 2) ishlab chiqarish (shu jumladan kommunal-ombor va xo'jalik hovlisi). Qishloq hududining chekkasida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarni joylashtirish mumkin.
Rekonstruksiya vaqtida qishloqning rejalash tarkibi - serqatnov markazini qolgan hududlar bilan funksional aloqasini ta ’minlovchi ko'chalar, transport yo‘llari, maydonlar va piyodalar yo‘lkalari o‘zgartirilishi mumkin. Asosiy serqatnov markazlar bu - jamoat-savdo markazlari, ishlab-chiqarish korxonalari. yo‘lovchilar va yuk tashish transportining inshootlari. Turar joy binolarining, transportning va ishlab chiqarish obyektlarimng to'plangan joylari (tarixiy sabablarga ko‘ra yoki arxitektorning rejasiga binoan) ko‘cha va maydonlar tizimini - kompozitsion asosini, skeletini belgilaydi. Asosiy (bosh) magistral ko‘chalar odatda kompozitsion o'qni tashkil etadi. Rekonstruksiya etilayotgan qishloq bosh loyihasining tarkibi mavjud shahar rejasini inobatga olishi lozim bo‘lib, kompakt, ixcham va (kamdankam hollarda) tarqoq bo‘lishi mumkin. O‘zining rejalash namunasiga binoan bu tarkiblaming har biri bir-biridan tartibli, erkin - landshaft, aralash turlari bilan ajratiladi. Joyning aniq relefiga qarab (tekislik, balandliklar va h k) bitta uslub qo‘llaniladi.

Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling