Qisqacha tarixi Maqsad va vazifalari


Download 29.82 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi29.82 Kb.
#212084
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islom taraqqiyot banki


Islom taraqqiyot banki

Reja:

  1. Qisqacha tarixi

  2. Maqsad va vazifalari

  3. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining islom taraqqiyoti va rivojlanish banki bilan hamkorlikni yaxshilash to`g`risidagi qarori.

  4. So`ngi yillardagi aloqalar va investitsion loyihalar.

  5. Qayerdan batafsil va foydali ma`lumotlar olsa bo`ladi.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.



Qisqacha tarixi

Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan.

ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.

ITBning asosiy vazifasi a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq  ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

ITBning qarashlari: 2020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi  taraqqiyot banki bo‘lish.

Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizom jamg‘armasi 6 mlrd.islomiy dinorni, a’zolari soni 22 tani tashkil etgan. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligi; bir islomiy dinor HVJning  bir   qarz olish maxsus huquqiga (CDR IMF) teng(HVJ tomonidan chiqariladigan  sun’iy zahira va to‘lov vositasi). Hozirgi vaqtda ITBga ishtirokchi a’zolar 56 ta davlat hisoblanadi. 2013 yili ITBning e’lon qilingan hissadorlik kapitali – 30 mlrd.islomiy dinorni, shu jumladan, obuna hissadorlik kapitali – 18 mlrd.islomiy dinorni tashkil etdi. Bankning asosiy hissadorlari Saudiya Arabistoni(23,6% aksiya), Liviya(9,5%), Eron(8,3%), Nigeriya(7,7%), BAA(7,5%), Qatar(7,2%), Misr(7,1%), Turkiya(6,5%) va Quvayt(5,5%) hisoblanadilar.

  2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan   50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning  moliyalashtirish mablag‘lariga  bo‘lgan katta ehtiyoji  bilan bog‘liq.

  So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror  kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi.

  2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy  bo‘yicha) nishonlandi.

  Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi.

  Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida  kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat  tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar.

  Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus  tashkilot va jamg‘armalarni  ta’sis etdi.

  ITB tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

  - Islom taraqqiyoti banki – ITB;

  - Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islomiy  korporatsiya  – IKRChS;

  - Eksportni kreditlash va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha islomiy korporatsiya – IKSIEK;

  -  Halqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi – ITfK;

  -  Islomiy tadqiqot va o‘quv muassasasi – IIIO.

  Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan:

  - a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish;

  - a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;

  - loyihaviy   moliyalashtirish(shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);

  - kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash(shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);

  - a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish;

  - eksportni kreditlari  va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;

  - a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;

  - a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda  yordam ko‘rsatish;

  - a’zo-mamlakatlarni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.

  ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

  ITB  a’zo-mamlakatlarga,  davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi  qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi.  Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli  ta’sir ko‘rsatadi.

  Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.

  ITB a’zo-mamlakatlarda taraqqiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun turli islomiy moliyaviy vositalardan foydalanadi. Ushbu vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Imtiyozli qarzlar. Kreditlar asosan uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida, qishloq xo‘jaligi va tayanch infratuzilmalarni  rivojlantirish uchun davlat kafolotiga ega  hukumatlar  yoki davlat muassasalariga beriladi.Bunday qarz berish shariatga ko‘ra  foizsiz  hisoblanadi.Bank o‘zining ma’muriy  xarajatlarini  xizmat ko‘rsatish uchun olingan to‘lov hisobiga qoplaydi.

  2. Texnik ko‘mak. Ushbu yordamning maqsadi aniq loyihalarni tayyorlash va  amalga oshirish, siyosatni shakllantirish,  xodimlar tayyorlash va inson resurslarini  rivojlantirish yoki muassasaviy  ko‘makni   ta’minlash maqsadida  texnik bilimlar   olishni moliyalashtirishdan iboratdir.

  3. Lizing. ITB  sanoatni  moliyalashtirish holatlarida ishlab chiqarish liniyalari uchun  zarur  bo‘lgan  mashina va asbob-uskunalar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, kemasozlik va boshqa shu kabi alohida  va bir toifadagi  tarkibiy qismlarni o‘zida ifodalaydigan aktivlarni sotib oladi va keyin ma’lum bir vaqt mobaynida  uni oluvchiga lizingga beradi.

  4. Bo‘lib to‘lashga sotish. ITB ma’lum bir loyiha uchun zarur mashina/uskunalarni sotib oladi, keyinchalik ularni benefitsiar(mijoz)ga  bank va benefitsiar  o‘rtasida  o‘zaro  kelishilgan  ustamani qo‘shgan holda,   qayta sotadi.

  5. Istisno’. Ushbu usul aksar infratuzilma loyihalarini  moliyalashtirishda qo‘llanadi.

  6. Moliyalashtirish liniyalari. ITB kichik va o‘rta, ayniqsa sanoat sektoridagi  korxonalarning  o‘sishiga ko‘maklashuvchi  milliy taraqqiyot moliya muassasalari(NDFI)  yoki islomiy banklar(IB)  uchun moliyalashtirish liniyalari taqdim etadi.

  7. Kapitalda ishtirok etish(equity). ITB  iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yashovchan hisoblangan qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi loyihalarining hissadorlik kapitalida ishtirok etadi.

  8. Murobaha. Ushbu usul tashqi savdoni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.Bank so‘ralayotgan tovarni sotib oladi va uni benefitsiarga qayta sotadi.Importni moliyalashtirish holatida moliyalashtirish davri 30 oygachani tashkil etadi: eksportni moliyalashtirish holatida esa ushbu davr 120 oygacha uzaytirilishi mumkin.

  9. Foydani taqsimlash(Profit Sharing). Foydani taqsimlash sherikchilik(mushoraka yoki muzoraba) shakllaridan biri hisoblanadi va loyihani moliyalashtirish uchun  ITB hamda hamkor tomonning mablag‘larini  birlashtirishni taqozo etadi; har bir sherik korxonadan kelib tushadigan sof foydadan foiz oladi ITB chet ellik  taraqqiyot moliyaviy muassasalari  bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.2011 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori  organlari halqaro tashkiloti, Butunjahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

  Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ITB  loyihalarini  moliyalashtirish  ITBga a’zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan Ming yillik rivojlanish maqsadlariga(Millennium Development Goals)  muvofiq  amalga oshirilmoqda.

  ITB o‘z faoliyatida davlat-xususiy sektor hamkorligi  mexanizmini faol ishlatib kelmoqda, bu esa ijtimoiy  ahamiyatga ega bo‘lgan  loyihalarni  qo‘llash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi.Misol tariqasida,  Malayziyaning Selangor shtatida tezkor avtomagistral qurish bo‘yicha Malayziya taraqqiyot banki bilan  davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi  tamoyili bo‘yicha ITB tomonidan amalga oshirilgan loyihani keltirish mumkin.

  ITB faoliyatining strategik muhim yo‘nalishi musulmon mamlakatlar aholisini malakaviy tayyorlash va o‘qimishliligi darajasini oshirish hisoblanadi.2012 yilgi faoliyat yakunlari bo‘yicha ITB  portfelidagi ijtimoiy ahamiyatga  ega  loyihalarda  eng katta ulushni  ta’lim sohasidagi loyihalar egalladilar.Yuqoridagi tashabbuslar ishsizlik darajasini pasaytirishga va ITB a’zo-mamlakatlar  mehnatga qobiliyatli aholisining  faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

 ITB a’zo-mamlakatlarda qashshoqlikni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratdi.Ushbu muammoni yechish maqsadida  mikromoliyalashtirishdan foydalanilmoqda.

  ITB shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi  loyihalarga ham yordam ko‘rsatmoqda, bunda atrof-muhit himoyasi tamoyili hisobga olinadi.Jahondagi eng yaxshi  taraqqiyot banklari amaliyotiga muvofiq, ITB investitsiyalarining sezilarli qismi infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

  2012 yilda ITB mablag‘larini iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha taqsimlanishi energetik sektor ulushining (28,1%)  yuqoriligi bilan ta’riflanadi, undan keyin suv bilan ta’minlash va shahar xizmati(18,7%), qishloq xo‘jaligi(16,9%), sog‘liqni saqlash(10,9%), transport(10,1%), ta’lim(6,5%), moliyalar(5,8%), sanoat va qazib olish(3%)  hamda boshqalar(0,02%) turadi.

  ITBga nafaqat moliyaviy vazifani amalga oshirish,  balki Mavritaniya,Maldiv, Qirg‘iziston, Jibuti va boshqa kam taraqqiy etgan a’zo-mamlakatlarga texnik ko‘mak berish yuklatilgan.

  Bundan tashqari ITB islomiy qimmatli qog‘ozlar – sukukni joylashtirish tashkilotchisi hisoblanadi.ITB shariat o‘rnatgan cheklovlar doirasida moliyaviy mablag‘larni jamlash uchun depozitlarni jalb qilish huquqiga ega.

  Kredit, bozor va amaliyot xatarlarini o‘z vaqtida pasaytirish va baholash maqsadida ITB o‘z faoliyatida xatarlarni boshqarish maxsus vositalaridan foydalanadi.A’zo-mamlakatlar va boshqa qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish  ITB  kredit xatarini samarali boshqarish imkonini beradi.

  Likvidlilik xatari va mustaqil xatarlarga alohida e’tibor qaratiladi.Buning uchun ITBda  xatar - menejmenti faoliyatining  samaradorligi ustidan ichki nazorat tizimi, yuqorida qayd etilgan xatarlar ahamiyati bo‘yicha limit va cheklovlar tizimi joriy etilgan.Xatarlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish maqsadida ishga  vaqti-vaqti bilan  tashqi maslahatchilar jalb etiladi.

  ITB boshqaruv organlari va tashkiliy  tuzilishi.

  ITB a’zo-mamlakatlari o‘zlarining vakillari orqali bankni boshqarishda,  rahbarlik organlari – Boshqaruvchilar kengashi va Ijrochi direktorlar kengashida  ishtirok etadilar.

  ITBni boshqaruv  yuqori  maslahat tashkiloti Boshqaruvchilar kengashi  hisoblanadi.Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishlari vaqtida yillik hisobotni baholash, foydani taqsimlash, grantlar berish, Direktorlar kengashi a’zolarini tayinlash va boshqa masalalar muhokama qilinadi.2003 yilning sentyabrida ITB Boshqaruvchilarining  yillik yig‘ilishi Olma-Ota shahrida  bo‘lib o‘tdi.

  Ijrochi direktorlar kengashi 18 ta a’zodan iborat.Ijrochi direktorlar kengashi tarkibining yarmi ITB kapitalida kattaroq ulushga ega a’zo-mamlakatlarning doimiy vakillaridan shakllantiriladi, qolgan yarmi esa Boshqaruvchilar kengashi tomonidan tayinlanadi.Qayd etish lozimki, 2011 yilda Ijrochi direktorlar kengashiga birinchi marta Qozog‘iston vakili saylandi.

  Direktorlar kengashi ishiga doimiy qo‘mitalar yordam beradi: Ma’muriy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Audit bo‘yicha qo‘mita, Moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Amaliy faoliyat bo‘yicha qo‘mita.

  ITBning tashkiliy tuzilishi 24 ta mustaqil faoliyatga ega tarkibiy bo‘linmalardan iborat.


Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling