Qiyaliklar turg’unligini aniqlashga oid yechimlar
Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg‘unlik ko‘rsatkichlari
Download 31.39 Kb.
|
4 QIYALIKLAR TURG’UNLIGINI ANIQLASHGA OID YECHIMLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nisbiy kesish tezligi va nisbiy turg‘unlik ko‘rsatkichlari. z (yoki m) kattaliklarni doimiy deb hisoblab bo‘lmaydi. Ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida aniqlangan qonuniyatlar mavjud.
z kattalik kesish tezligi va haroratini kesuvchi asbobning yeyilishiga va turg‘unligiga taosir etish darajasini harakterlaydi. Agarda keskichning o‘tmaslanishi issiqlik omillarini taosirisiz faqat mexanik ishqalanish natijasida sodir bo‘lganda edi, u holda o‘tmaslanish mezoni sifatida qabul qilinuvchi doimiy yeyilishga ishqalanishning doimiy ishi (o‘tmaslanish davrigacha) muvofiq bo‘lar edi. Doimiy kesish kuchida ishqalanish ishi, kesish tezligi yo‘nalishida keskichni bosib o‘tgan L nisbiy yo‘liga proportsional bo‘ladi va doimiy o‘tmaslanish mezoniga ishqalanish yo‘lining doimiy qiymati javob berar edi. Yoki w=wkr=const bo‘lganda L=VT=const Bu yerdan SHunday qilib, yuqori haroratlarni taosirisiz, toza mexanik ishqalanishda Z ko‘rsatkich birga teng bo‘lar edi. Lekin kesuvchi asbobning ishchi qirralarini mexanik ishqalanishidan tashqari kesish jarayonida kesuvchi asbob kesuvchi qirrasining kontakt yuzalarida hamma vaqt haroratlarni oshish joyiga ega, bu kesish tezligini yeyilishiga taosirini kuchaytiradi. SHuning uchun amaliy jixatdan z kattalik ko‘p xollarda birdan ancha katta bo‘ladi. Kesuvchi asbobni yeyilishida kesish harorati qanchalik katta rol oynasa, z ko‘rsatkich shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqori haroratga kam taosir qiladigan mineralokeramik keskichlar bilan ishlashda (TSM 332 kesuvchanlik xususiyatlarini 1200S gacha saqlaydi) z ko‘rsatkich 2-4 chegaralarda joylashadi. Bunday yuqori haroratlarga bardosh bera olmaydigan qattiq qotishmalar (kesuvchanlik xususiyatlari 200 - 1000 S gacha saqlanadi) bilan yo‘nishda z ko‘rsatkich o‘rtacha 5 ga teng bo‘ladi. Biroq, pasaygan kesish tezligi bilan qobiq bo‘yicha cho‘yan va po‘lat quymalarni qattiq qotishmalar bilan shilishdi (obdirka) abraziv yeyilish ustun keladi va z qiymat ancha kamayadi (z = 2,5 - 3,5 ). Tezkesar keskichlar (R18) qattiq qotishmalarga nisbatan kam issiqbardoshlikka ega (560 - 580 S haroratgacha bardosh beradi) va ular uchun z qiymat ancha katta (z=8) bo‘ladi. Yuqori haroratga yanada taosir qiladigan kam legirlangan tezkesar po‘latlardan tayyorlangan keskichlar uchun z=10 bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y. 2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y. 3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - Toshkent, 1964 5. Tuzuvchi F.S.Mirzaxo’jaeva. «Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma:Asosiy tushunchalar va ta’riflar.» Toshkent,1990 y., 15-30-betlar. Download 31.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling