Qiyomlar Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi, Ularni tayyorlash texnologiyasi
Download 1.28 Mb.
|
ramazonova dilfuza qiyomlar
Xushbuy suvlar (Aquae aromaticae). Tarkibida suv yoki spirt-suvda erigan efir moyi bo‘lgan eritmalar xushbuy suvlar deb ataladi. Ular asosan tiniq yoki ba’zan xiraroq bo‘lib, tarkibiga kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo‘y suvlar tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simlik xom ashyosidan suv bug‘i yordamida haydash, efir moylarini suv yoki spirtda eritish va tarkibida efir moyi bo‘lgan eritmalarni (konsentratlarni) suyultirish yo‘li bilan olinadi. Ular ishlatilishi buyicha davolovchi hamda dori moddalarning hidi va mazasini yaxshilovchilarga bo‘linadi.
Achchiq bodom xushbuy suvi (Aquae Amygdalarum amararum). Achchiq bodom xushbo‘y suvi sovuq usulda moysizlantirilgan achchigq bodom magizi kunjarasidan olinadi: Semenum Amygdalarum amararum grosso modo pulveratorum sine oleo 12 g Aquae destillatae 20 g Spiritus aethilici 3 g 12 g xom ashyo jips berkitiladigan idishga solinadi, ustiga 20 qism xona haroratidagi suv quyib, aralashtirib, 12 soatga qoldiriladi. Bunda magizdagi emulsin fermenti amigdalin glikozidini benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalaydi. 12 soatdan keyin massa suv bug‘i bilan haydash asbobiga o‘tkaziladi. Bunda bug‘ bilan uchuvchan moddalar ajralib chikadi va sovutgich orqali o‘tib, uch qism etil spirti solingan qabul kilish idishida 12 qism bo‘lguncha yig‘iladi. Ikkinchi idishga yana 3 qism mahsulot xaydab olinadi. Keyin ikkala idishdagi mahsulot tarkibidagi vodorod sianid miqdori aniqlanadi. Tayyor mahsulotda sianid kislotasi 0/1%, etil spirti 20—22% bo‘lishi kerak. Agar maxsulotda ular me’yoridan ko‘p bo‘lsa, kuyidagi tenglama yordamida 20% li spirt bilan suyultiriladi: Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling