Qiyomlar Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi, Ularni tayyorlash texnologiyasi


Kashnich spirtli xushbo‘y suvi Kashnich spirtli xushbo‘y suvi


Download 1.28 Mb.
bet6/7
Sana25.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1231182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ramazonova dilfuza qiyomlar

Kashnich spirtli xushbo‘y suvi

Kashnich spirtli xushbo‘y suvi

(Aqua Coriandri spiutuosa)

Fructuum Coriandri grosso modo pulveratorum 1 qism

Aquae destillatae 10 qism

Spiritus aethilici 1 qism

Yirik maydalangan kashnich urug‘i og‘zi zich berkitiladigan idishda spirt va suv solib aralashtiriladi va 12 soatdan keyin xaydash asbobiga o‘tkaziladi va suv bug‘i bilan 10 qism preparat xosil bo‘lguncha xaydaladi. Tayyor mahsulot deyarli tiniq, kashnich hidi kelib turadigan suyuqlikdir. Zichligi 0,960—0,980.

Dori moddalarning xidi va mazasini yaxshilovchi vosita sifatida foydalaniladi. Bu xushbo‘y suvni kash¬nich efir moyini spirt-suvda eritib tayyorlash xam mum¬kin.

Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar

Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar

Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, zmulsiya xosil qilish va G. A. Vaysman usullari orqali amalga oshiriladi. Kuchli xidga ega bo‘lgan efir moylari (atir gul, pomerans moyi) dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi.

UKROP XUSHBO‘Y SUVI (AQUA FOENICULI)

Olei foeniculi 1 qism

Talci 10 qism

Aquae tepidae ad 1000 ml

Upa darajasigacha maydalangan talk ukrop moyi bilan aralashtirib eziladi. Bunda moy mayda zarrachalarga bo‘linib, talk zarrachalari yuzasini yupqa qatlam bilan koplaydi, ya’ni dpspergirlanadi. So‘ng 50—60°S xaroratgacha isitilgan suv ko‘yilib, 15 daqiqa chayqatilada, namlangan qogoz suzgich orqali suziladi. Qogoz suzgich namlanib ishlatilmasa, suv qatlamiga o‘tmagan efir moyi zarralalari o‘tib ketadi.

Boshka efir moylaridan ham xushbuy suvlar shu tarzda tayyorlanadi.

Professor G.A.Vaysman efir moylarini qand yordamida dispergirlashni taklif etgan. Bu usul dorixona sharoitida oldindan konsentrat tayyorlab qo‘yish imkoniyatini beradi. Buning uchun xovonchada 9 qism yirik shakar olinib, ustiga 1 qism efir moyi qo‘shiladi. So‘ng dastak bilan bir xil massa hosil bo‘lguncha maydalab aralashtiriladi. Aralashma zich berkitiladigan jigar rang shisha idishlarga solib qo‘yiladi, 1 oy davomida ishlatish mumkin. Aralashmadan xushbuy suv tayyorlash uchun 1:100 nisbatda foydalaniladi.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling