Kashnich spirtli xushbo‘y suvi Kashnich spirtli xushbo‘y suvi (Aqua Coriandri spiutuosa) Fructuum Coriandri grosso modo pulveratorum 1 qism Aquae destillatae 10 qism Spiritus aethilici 1 qism Yirik maydalangan kashnich urug‘i og‘zi zich berkitiladigan idishda spirt va suv solib aralashtiriladi va 12 soatdan keyin xaydash asbobiga o‘tkaziladi va suv bug‘i bilan 10 qism preparat xosil bo‘lguncha xaydaladi. Tayyor mahsulot deyarli tiniq, kashnich hidi kelib turadigan suyuqlikdir. Zichligi 0,960—0,980. Dori moddalarning xidi va mazasini yaxshilovchi vosita sifatida foydalaniladi. Bu xushbo‘y suvni kash¬nich efir moyini spirt-suvda eritib tayyorlash xam mum¬kin. Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, zmulsiya xosil qilish va G. A. Vaysman usullari orqali amalga oshiriladi. Kuchli xidga ega bo‘lgan efir moylari (atir gul, pomerans moyi) dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi. UKROP XUSHBO‘Y SUVI (AQUA FOENICULI) Olei foeniculi 1 qism Talci 10 qism Aquae tepidae ad 1000 ml Upa darajasigacha maydalangan talk ukrop moyi bilan aralashtirib eziladi. Bunda moy mayda zarrachalarga bo‘linib, talk zarrachalari yuzasini yupqa qatlam bilan koplaydi, ya’ni dpspergirlanadi. So‘ng 50—60°S xaroratgacha isitilgan suv ko‘yilib, 15 daqiqa chayqatilada, namlangan qogoz suzgich orqali suziladi. Qogoz suzgich namlanib ishlatilmasa, suv qatlamiga o‘tmagan efir moyi zarralalari o‘tib ketadi. Boshka efir moylaridan ham xushbuy suvlar shu tarzda tayyorlanadi. Professor G.A.Vaysman efir moylarini qand yordamida dispergirlashni taklif etgan. Bu usul dorixona sharoitida oldindan konsentrat tayyorlab qo‘yish imkoniyatini beradi. Buning uchun xovonchada 9 qism yirik shakar olinib, ustiga 1 qism efir moyi qo‘shiladi. So‘ng dastak bilan bir xil massa hosil bo‘lguncha maydalab aralashtiriladi. Aralashma zich berkitiladigan jigar rang shisha idishlarga solib qo‘yiladi, 1 oy davomida ishlatish mumkin. Aralashmadan xushbuy suv tayyorlash uchun 1:100 nisbatda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |